• Mavzuga oid tayanch tushunchalar
  • Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet98/114
    Sana21.06.2024
    Hajmi7,65 Mb.
    #264904
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   114
    Bog'liq
    bosh

    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
    1.Plastillinning xususiyatilari haqida nimalarni bilasiz?
    2. Plastillinning tarkibi haqida nimalarni bilasiz?
    3.Plastillindan qachon, qayerda va nima maqsadda foydalaniladi?
    4. Plastillin ishlatish usullari haqida ma’lumot bering. 
    5.Loy qanday xususiyatlarga ega?
     
    24-MAVZU. GAZLAMA BILAN ISHLASH DARSLARINI 
    TASHKIL ETISH METODIKASI 
    Reja: 
     
    1.Gazlama va ip turlari.
    2.Gazlamaning xususiyatlari.
    3.Gazlamaning sanoatda ishlab chiqarilishi.
    4.Gazlama bilan ishlash metodikasi.
    5.Gazlamaga ishlov berish (o‘lchash, andoza olish va qirqish) 
    metodikasi.
    6.Gazlama bilan ishlashda ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish talablari. 
    Mavzuga oid tayanch tushunchalar 
    Gazlama va ip turlari, gazlamaning xususiyatlari, gazlamaga 
    ishlov berish metodikasi, andoza olish, o`lchash va qirqish, gazlama 
    ishlab chiqarish. 
    Bolalar birinchi sinfga o’qishga kelgunga qadar qanday 
    gazlamalar va iplar bo`lishi, ulardan inson qayerda va qanday 
    foydalanishi, ular qanday foyda keltirishi to`g`risida ba‘zi 
    tasavvurlarga ega bo`ladilar. Ulardagi bu tasavvurlar aniq va to’liq 
    bo’lmaydi, shu sababli ham bir tizimga solinmagan bo`ladi. Qizlar va 
    o`g`illarda bu tasavvurlar hajmi, to`liqligi va sifati bo`yicha turlicha 
    bo`ladi. Gazlamalar va trikotaj mahsulotlardan foydalanishda bolalar 
    ko`pincha ongsiz, noto`g`ri ish tutadilar, natijada matqriallarning 
    buzilishiga yoki xizmat muddatlarining qisqarishiga olib keladi. 


    276 
    Birinchi sinfdagi gazlama va tolali materiallar bilan ishlash 
    bo’limi, asosan suhbatlar va chok tikish ilk mashklari o’tkaziladi. 
    Gazlama va tolali materiallarning tayyorlanishi; Paxta kanop tolalari, 
    junning qayerlarda yetishtirilishi; Dehqonlar va chorvadorlar mehnati 
    haqida tushuncha beriladi. Paxtani qanday etishtirish toladan tashqari 
    hayotga kerakli yana qanday narsalar olishni tushuntiriladi.
    Gazlamaning 
    turlari 
    haqida 
    gapirib 
    gazlamalar 
    namunalari 
    ko’rsatiladi. 
    Birinchi sinf mehnat darslarida o’quvchilarga mato turlari, 
    iplarning turlari, kelib chgiqishi, tabiiy va kimyoviy tolalar haqida 
    rasmlar va ko’rgazmali vositalar yordamida to’liq ma’lumot berish 
    lozim. 
    Birinchi sinfda kashta tikish turlari bilan tanishtirilgandan 
    boshlab, milliy maktab kiyimi uchun yoqa, manjet tikish, nonushta 
    xaltachasi tishkish, kiyim kechaklarni tartibga solish mavzularida ish 
    olib boradilar. Biz birinchi sinfda gazlamaning turlari xossasi, 
    ishlatish o’rnini suhbat asosida o’quvchiga tushuntirar ekanmiz, xom-
    ashyo, gazlama bo’lib kelgunga qadar mehnatkashlarning qo’lidan 
    o’tishi, ularning ko’p mehnati singanligi, shuning uchun 
    gazlamlardan bo’lgan kiyim-kechagimizni asrab avaylashimiz, 
    qadrlashimiz, bu bilan ota-onalarimiz mehnatini ham qadrlagan 
    bo’lishimizni uqtiramiz. Ikkinchi sinfda esa birinchi sinfdagi mehnat 
    malakasi davom ettiriladi. O’qituvchi ip gazlama bilan tanishtirish, 
    gazlama turlarini tanlash, shakl uchun yoqa va manjet tikish,
    gazlama bilan ishlashda asboblardan foydalanish ko’nikmasini hosil 
    qilish, oddiy chok va operatsiyalarni qo’llab tikishning asosiy usullari, 
    oralatib tikish, bahya chok kabilar bilan tanishtirish, nonushta 
    xaltachasi tikish, kashta bilan bezashni, kiyimlarni yamash, 
    tugmalarni qadashni o’rgatadi.
    Uchinchi sinfda asosan uchinchi chorakda gazlama va tolali 
    matolar bilan ishlash darslari o’tiladi. Bunda to’r tukish, ro’molcha 
    solinadigan xaltacha tayyorlash, fartuk tikish, ularni naqshli kashtalar 
    bilan bezash mavzulari o’tiladi. Endi o’quvchilarni tikish malakalari 
    ancha rivojlangan, bemalol igna bilan ishlay oladilar. To’rtinchi 
    sinfda endi birinchi chorakning boshidanoq ish fartuklari, salfektkalar 
    tikish, sanitar sumkachasi tikish, to’r xalta tikish ishlarini bajaradilar. 
    Endi o’qituvchi o’quvchilardan bu mehnatni o’zlari mustakil


    277 
    bajarishlarini talab qilishi kerak. O’quvchi bu harakatlarni o’zi
    bajarishi unda o’lchov bo’yicha bichish,"andoza"ga qarab, 
    gazlamalarni rejalash, qismlarini bir biriga choklab birlashtirib olish, 
    tepchima choklar bilan tikish, ayri choklar bilan bezash, gazlamlar 
    ipini so’gurish usullarini bilish, chizmaga qarab mustaqil rejalash,
    aplikatsiya usuli bilan chetlarini merjka choki bilan bezash
    malakalarini hosil qilgan bo’ladilar. To’rtinchi sinf o'quvchilarini 
    mahalliy seleksionerlar mehnat faoliyati bilan tanishtirish, kichik 
    ekskursiyalar uyushtirish maqsadga muvofiq. Gazlama- arqoq va 
    tanda iplarining o’rilishidan hosil bo’ladigan pardozlangan va 
    ishlatishga tayyor mato. O’lchab – gazlab sotilgani uchun shunday 
    nomlangan. Gazlama qadimda daraxt po’stloqlaridan qo’lda, 
    keyinchalik tolalardan yog’och dastgohlarda, to’quv dastgohlarida 
    to’qilgan, hozirda avtomat stanoklarda to’qiladi. IV sinf Texnologiya 
    darsligida “Gazlamadan gul pannosi yasash” mavzusi o’tiladi.
    Gazlamalar va tolali materiallar bilan ishlash darslarini 
    samaradorligini oshirish uchun quyidagilarga e`tibor berishli lozim 
    buladi: 
    1. 
    Gazlama va tolali materiallar haqida o’quvchilarga 
    unumli tushuncha berish, ularning turlaridan namunalar ko’rsatish;
    2. 
    Gazlamalarning 
    asosan 
    nimalarga 
    muljallanganligini 
    o’quvchilar bilishi va u bilan ularni tanishtirish, kiyim-kechak,
    turmushda buyumlardan namunalar ko’rsatish; 
    3. Buyumlarni tayyorlashda, bajarishda foydalaniladigan
    asbob uskunalardan qanday foydalanish kerakligini o’quvchilarga 
    amaliy ko’rsatish bilan birga texnika xavfsizligiga rioya qilishni 
    tushuntirish; 


    278 
    4. Tayyor mahsulotni andozalar yordamida bichish, kiyib 
    olish va tikish usullarini o’qtirish; 
    5. Tayyor bichilgan qismlarni tikib biriktirish, chok usullarini 
    amaliy ko’rsatish; 
    6. O’quvchilar gazlamlar bilan ishlash , bichish, tikish tartib 
    va uslublarini puxta o’rganganlaridan so’gina amaliy bajarishga 
    o’tish. 
    Mehnat ta`limi darslarida sanchiluvchi, qirkuvchi asbob-
    uskuna borligini, hisobga olib, albatta, mehnat xaltasi tashkil qilishi 
    kerakligini unutmaslik kerak. Chunki, birinchidan, mehnat xaltasiga 
    maxsus cho’ntakchalarni, ignadonni, qaychidonni, turli iplar, 
    gazlamalarni solib qo’yish imkoniyati bo’ladi. Ikkinchidan, mehnat
    darsiga kerak bo’ladigan narsalar har joga sochilmay , bir joyda, 
    o’qituvchi shkafida saqlanadi. Uchinchidan, o’quvchi mehnat
    darsiga to’la qatnashish imkoniga ega bo’ladi. Ba`zilari ko’tarib 
    kelishgandan chuchibmi, unutib qoldirishi mumkin bo’lgan holatlarni 
    oldini oladi.
    Ma’lumki, birinchi sinf o`quvchilari o`qituvchi rahbarligida 
    o`z hayot tajribalarini ishga solib, gazlamalardan ichki kiyim, 
    ko`ylaklar, palto va kostyumlar, turli bosh kiyimlari, dasturxon va 
    yostiqlar, pardalar, sochiqlar va dastro`mollar, parashyutlar, divan, 
    stullar uchun qoplamalar, poyabzal astarlari, bayroqlar, sumkalar 
    tikilishini aniqlaydilar. 
    Boshlang’ich sinf o’quvchilari o`qituvchining eng oddiy tajriba 
    ishlaridan 
    asta-sekin 
    ravishda 
    to`qimachilik 
    tolalari, 
    undan 
    tayyorlanuvchi iplar va gazlamalar, turli gazlamalarning tayyorlanish 
    xususiyatlari to`g`risida ko`p yangi va foydali ma‘lumotlarni 
    o’rganadilar. Shu tariqa o’quvchilarda to`qimachilik materiallari, 
    ularning asosiy xususiyatlari va ishlov berish usullari to`g`risidagi 
    bilimlar sayqal topa boshlaydi. Bular o’z navbatida esa bolalarda 
    materiallarni bir-biridan farqlash, ulardan to`g`ri foydalanish va ishlov 
    berish malakalari shakllanib boradi. 
    II sinfning dastlabki texnologiya darslaridan e’tiboran bolalarda 
    gazlamalarning 
    tuzilishi 
    va 
    tayyorlash 
    usullari 
    bo`yicha 
    ma’lumotlarga asta-sekin ega bo’lib boorish ehtiyojlari sezila 
    boshlanadi. Eng oddiy mahsulotlarda gazlamalar va iplardan 
    foydalanishning elementar masalalarni amaliy hal etishdayoq 


    279 
    to`qimachilik tolalari va gazlamalar, ularning texnika, ishlab chiqarish 
    va ayniqsa turmushda, kundalik hayotda qo`llanishi to`g`risida 
    bo`lgan bilimlarni aniqlash va umumlashtirish zarurati paydo bo`ladi. 
    O`quv dasturi o’quvchilarning xotirasini ikkinchi darajali 
    ma‘lumotlar bilan to`ldirish emas, balki, ularga tolali materiallardan 
    tayyorlangan 
    gazlamalar 
    to`g`risidagi 
    bilimni 
    to`ldirish 
    va 
    tizimlashtirish ishlarini amalga oshirib borish kerak. Bunda 
    to`qimachilik materiallari (tolalar, iplar, gazlamalar va trikotaj), 
    ulardan foydalanish to`g`risidagi ba‘zi ma‘lumotlarni, o`quvchilar 
    uyda olishini hisobga olish va esda tutish kerak. Qiz bolalar 
    boshlang’ich ta’limdan keyingi sinflarda ham to`qimachilik 
    materiallari bilan nazariy va amaliy tanishuvni davom ettirishi, 
    o`g`illar esa bu materiallar bilan ishlashni III sinfda tugatishni aytish 
    o’rinlidir.
    O’quvchilar to`qimachilik materiallari namunalarini ko`rib, 
    ularning sifat xususiyatlari va ishlov berish hamda pardozlashning 
    o`ziga xosligini aniqlashi muhim. Shuning uchun ham oddiy 
    kuzatishlar va tajribalarni tashkil etilish maqsadli bo’ladi. Qaysiki 
    bunday kuzatishlar va tajribalar o`quvchilarni bu materiallarni qog`oz, 
    karton, fanera, metallik folga, plastmassa plyonkalar bilan 
    taqqoslashga yo`naltirish uchun foydali bo’ladi. O`quvchilar e`tiborini 
    u yoki bu materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning 
    qo`llanish sohasi va sharoitlariga qaratish lozim.Birinchi sinf 
    o`quvchilariga kiyim tayyorlash uchun materiallarni tanlash misolida 
    gazlamalarning alohida xususiyatlariga asosiy talablardagi farqlarni 
    ko`rsatish mumkin. Bu kiyimlarning, mavsumiy (yozgi, qishki va 
    mavsumaro), uy kiyimi, ustki va ichki, sport kiyimi va hokazo 
    bo`lishi, har bir gazlamalarni issiqlik himoyalash xususiyatlari, 
    qalinligi, mustahkamligi, rangi va, albatta, narxi bo`yicha tanlay olish 
    kerakligi o’quvchilarga tushuntirilishi lozim. Yozgi ko`ylak uchun 
    engil mato, qishki palto uchun qalin va mustahkam mato talab etilishi, 
    ichki kiyim uchun esa yengil va arzon oq ip-gazlama mato, ko’cha, 
    ish, to’y-tomoshalar, bayramlarga kiyiladigan kiyimlar uchun ancha 
    qimmat va chiroyli, ipak yoki jun mato olishi kerakligi aytilishi 
    lozim.Tikish bo`yicha amaliy ishlarni boshlashda o`qituvchi 
    o`quvchilar bilan ip, gazlama, trikotaj, to`qilgan mahsulotlarning 
    tayyorlanishida foydalaniladigan tolali materiallar to`g`risida qisqacha 


    280 
    suhbat o`tkazadi. Bolalarga tipik, yaxshi tanish bo`lgan narsalarni 
    ko`rsatib, ularning bu mahsulotlar o`rtasidagi umumiy, ularni 
    birlashtiruvchi narsani tushunishlariga harakat qiladi: ularning 
    hammasi tolalardan tuzilgan, tolali tuzilishga ega materiallardan 
    tayyorlangan, deb aytadi.
    Materiallarning tolalardan tuzilganligini: kir osadigan arqonni 
    ochib ko’rsatish, gazlama bo`lagidan tortib chiqarilgan ipni yoki eski 
    qo`lqopdan tortib chiqarilgan ipni yoki g’altakda o’ralgan tikuvchilik 
    ipini misol tariqasida bolalarga ko`rsatish mumkin. O`quvchilarga bu 
    tolalar turli narsalardan olinishi mumkinligini ko`rsatish ham muhim. 
    II-sinf o’quvchilariga to`qimachilik tolalari haqida to’liq 
    ma’lumot berish, ularning tabiiy, sun`iy, sintetik va mineral turlarga 
    ajratilishini ko`rsatishning hojati yo`q. II-sinfda tikuvchilik bo`yicha 
    o`z amaliy ishlarida o`simlikdan olinuvchi tolali gazlamalardan 
    foydalanishlarini aytish kifoya. 
    O`simlikdan olinuvchi eng ko`p tarqalgan tolali materiallar – 
    paxta (hech bo`lmaganda oddiy momiq), zig`irtola, paklyani 
    o’quvchilarga ko’rsatish darkor. O’qituvchi paxta yoki paklya 
    bo`lagidan yakka tolalarni qanday tortib olishni, bu tolalarni oddiy 
    o`rganilishini – ko`rish, ushlab ko`rish, uzunligini, egiluvchanligini, 
    mustahkamligini, rangini qanday aniqlashni ko`rsatib berishi 
    maqsadga muvofiq. 

    Download 7,65 Mb.
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   114




    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish