Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   114
Bog'liq
bosh

Plastilin – 
narsalar yasashda qo’llaniladigan materialdir. U sun`iy 
plastik massa bo’lib, loydan hech qachon qurimasligi va doimo 
ishlatishga tayyorligi bilan farqlanadi. Plastilinning har xil – oddiy va 
murakkab turlari bo’lib uni tayyorlashni bir nechta usullari bor. 
Birinchi variant – toza quyuq loyga glitserin qo’shib bir turli 
massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Glitserin tayyorlanadigan 
massa qo’lga yopishmaydigan holatga kelguncha qo’shiladi.
Ikkinchi variant – quritilgan toza loy mayda qilib tuyuladi va 
unga vazelin qo’shib, qo’lga yopishmaydigan quyuq massa hosil 
bo’lgancha aralashtiriladi. Plastilinga kerakli rangdagi quruq bo’yoq 
massasini qo’shib va puxta aralashtirib bo’yash mumkin. 
Uchinchi variant - 1 qism tuprog’iga 1/5 qism ilitilgan mum 
hamda plastilin qo’lga yopishmaydigan darajaga yetguncha glitserin 
qo’shib 
aralashtiriladi. 
Loy va plastilin ham turli narsalar yasash uchun juda qulay 
bo’lib, ayrim xususiyatlariga ko’ra, bir-biridan ajralib turadi. Masalan 
plastilin rang-barangligi va doimo ishga tayyor holda ekanligi bilan 


270 
ajralib turadi. Lekin asosiy kamchilik shundaki, plastilin issiqda tez 
erib ketadi va o’zining qayishqoqlik xususiyatini yo’qotadi. Bundan 
tashqari plastilindan ishlangan haykalchalarni ochiq joyda saqlash 
juda qiyin. Undan asosan kichik modellarni yasashda foydalaniladi. U 
sun’iy plastik massa bo’lib, loydan hech qachon qurimasligi bilan 
farqlanadi.
Texnologiya darslarida loy, plastilin, mum kabi materiallardan 
foydalanib, ulardan turli o`yinchoqlar, jonivorlar, qushlar, ertak 
qaxromonlari yasaladi. O`yinchoq – dekorativ sa’natning eng qadimiy 
turlaridan biri bo’lib, qadim asarlarda loydan yasalgan narsalar 
bizgacha yetib kelgan. Mamlakatimizda sanoat va madaniyatning 
rivojlanib borishiga ko’ra o`yinchoqlarni assortimenti, ularning 
obrazlari yildan-yilga boyib bormoqda. O`yinchoqlar yasaladigan 
materiallar xilma-xildir. Biroq afzallik loyga beriladi. Loy narsalar 
yasashda asosiy material hisoblanadi.

Download 7,65 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o

Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish