Tolali materiallar, iplar va gazlamalar to`plamini tuzish va




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   114
Bog'liq
bosh

Tolali materiallar, iplar va gazlamalar to`plamini tuzish va 
o`rnatish.
O`quvchilar to`qimachilik tolalari va materiallari to`g`risida 
dastlabki tasavvurlarga ega bo’lishlari uchun shu materiallardan 
foydalanib amaliy ishlarni bajarish kerak. O`quvchilarga darslarda va 
sinfdan tashqari mashg`ulotlar davomida texsanoat korxonalari 
tomonidan chiqariluvchi materiallar to`plami, ularga qo`lda ishlov 
berish usullarini ko`rsatuvchi asosiy jarayonlarni ko`rgazmali tarza 
ko`rsatilishi ahamiyatli bo’ladi. Shuningdek, materiallar va ularning 
muhim xususiyatlarini o`rganish uchun qo`lbola ko`rgazmalarni 
tayyorlash bo`yicha o`quvchilarning mustaqil amaliy ishi alohida 
ahami ham bo’ladi. 
O`quvchilarning materiallar to`plash va to`plam tuzish ishini I 
sinfdan boshlab, keyin III va IV sinflarda materiallarning yangi 
turlarini o`rganib borib davom ettirishlarini hisobga olish zarur. 


281 
Birinchi sinf o`quvchilari o`simlikdan olinuvchi tolalar to`g`risida 
bilimlarni o`zlashtirib borishlari uchun tolalardan tayyorlangan iplar 
va gazlamalar bilan amaliy tanishib borishi kerak.
Boshlang`ich sinflarda o’quvchilar, odatda, to`plamlar uchun 
materiallarni tanlashda elementar, ya’ni to`plangan materiallar 
namunalarini ongli tasniflashga yo’naltirilgan izlanishlarni o`tkazish 
ishlariga bog`liq bo’ladi. Bunday izlanishlar o’quvchilarga mavjud 
to`plamni, yoki oldindan tanlangan va mantiqan asoslangan tasnifiy 
belgi bo`yicha to`ldirishga imkon beradi. Bu maqsadda o`quvchilar 
materiallar sifat xususiyatlarini aniqlashning oddiy izlanishlarini 
amalga oshiradilar, to`plam namunalari joylashuvi sxemasini 
tuzadilar, ular usti va ostidagi yozuvlar mazmuni va ifodalanishini 
belgilaydilar, bezatish masalasini hal etadilar.
O`quv maqsadlarida o`quvchilar to`plamlaridan foydalanish qulay 
bo`lishi uchun ular daftarlarida gazlama namunalarini shunday 
o`rnatadilarki, har bir namunani nafaqat o`ng, balki teskari tomonidan 
ham ko`rib, taqqoslab bo`lsin, ularni ushlab ko`rish, gazlama qalinligi, 
rangi, yuzasining silliqligini va hokazo aniqlab bo`lsin.
II-sinfda bolalar amaliy ishlari jarayonida o`zlari foydalanadigan 
eng ko`p tarqalgan ip-gazlama matolarni tanlaydilar, o`rganadilar, 
to`plamlariga o`rnatadilar. O`simlik tolalaridan tayyorlanuvchi iplar – 
tikuvchilik, yamoqchilik, kashtachilik iplarining kichik to`plamini 
o`quvchilar alohida joylashtiradilar. Shu to`plamning o`zida turli 
qalinlik, turli ranglar bilan farqlanuvchi iplar namunasini ham 
ko`rsatadilar. 
Brinchi sinf o`quvchilarining iplar va gazlamalar namunalarini 
to`plash, to`plamlarni tuzish va joylashtirish ishlari bo’yicha oladigan 
bilimlari o`quv dasturida ko`zda tutilgan «Qanday gazlamalarni 
bilamiz», «Gazlamadan nimalar tayyorlanadi», «Qanday iplarni 
bilamiz» mavzularidagi suhbatlarni o`tkazish uchun asos, ko`rgazmali 
material bo`lib xizmat qilishi lozim. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilari

Download 7,65 Mb.
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tolali materiallar, iplar va gazlamalar to`plamini tuzish va

Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish