Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   114
Bog'liq
bosh


partaga 
ishqab 
yumshatmaslik, maxsus taxtachada yoki klyonka, sintetik qog'ozcha 
ustida yumshatish, kiyimlariga surtmaslik uqtiriladi. Chunki partani 
plastilin ishqab qo'ysa, kitob-daftarlari yopishadi, sifati buziladi, 
yirtiladi, parta ham xunuk bo'ladi. Qolaversa, kiyimlariga yuqadi, iflos 
bo'ladi. Ifloslangan partani hadeganda tozalab bo'lmaydi. Partani toza 
tutish bilan maktab mulkini asragan bo'ladi hamda hozirgi iqtisodiy 


239 
taqchillik davrida maktab mulkini tejaydi. Shuningdek, plastilin ham 
tejaladi. Yuqoridagi omillarni bosqichma-bosqich o'stirib, rivojlantirib 
borilishi o'quvchilarda tejamkorlik sifatlarining shakllanishiga olib 
keladi. 
O'quvchi 2-sinfga o'tgach, endi turli tabiiy materiallar bilan 
ishlash asta murakkablashib boradi. 2-sinf o'quvchisi xilma-xil 
materiallar, yog'och, metall, loy, qum kabilardan narsa-buyumlar 
tayyorlashni o'rganadilar. Endi o'quvchilar ayrim asboblardan 
foydalanishni, asboblar bialn ishlashda texnika xavfsizligi qoidasiga 
rioya qilishni va bu bilan o'zlarining sog'liqlariga zarar keltirmagan 
holda asboblarni ham asrab-avaylashni o'rganadilar. Shu yo'nalishda 
o'quvchilarda o'yinchoqlar yasash va turli materiallarni ishlatishda 
tejamkorlik hissiyoti chuqurlashtirilib, singdirib boriladi. 3-sinfga 
o'tganda bu holat yana ham kengroq shakllantiriladi. Bunday ijobiy 
fazilatlarni o'quvchilarning turli materiallardan maketlar, texnik 
o'yinchoqlar, yog'och va fanerdan gul tuvaklarini (guli bilan) qo'yish 
uchun naqshli tokchalar, stellyajlar; yumshoq simlar yordamida turli 
shaklli o'yinchoqlar yasashlarida ko'ramiz. 
Turli materiallar bilan ishlash turidan tashqari texnik modellash, 
ya'ni konstruktorlar bilan ishlash, qishloq xo'jalik mehnati hamda o'z-
o'ziga xizmat turlari borki, bu mehnat turlarini o'quvchilarga 
singdirishda ham tejamkorlikka alohida e'tibor beriladi. 
Konstruktor to'plamlari bilan ishlashda bolalar texnik modellar 
yasaydilar, shu tariqa ularda qurish-yasash, konstruktorlik qobiliyatlari 
o'sib boradi. Mehnat darslarida texnik modellar-samolyot, mashina, 
parovoz, paroxodlar haqida tushuncha berib borish bilan birga shu 
texnika vositalari inson mehnatini osonlashtirgani haqida to'xtalib, ana 
shu texnikani asrab, uzoq vaqt ishlatish bilan hayotimizda 
tejamkorlikka erishayotganligimizni, hayotimiz farovon bo'lib 
borayotganligini 
tushuntiradi. 
4-sinfda 
o'tar 
ekanmiz, 
elektr 
energiyasini tejash kerakligini, u inson hayotida nafaqat yoritish 
vazifasini bajarishi, balki sanoat va qishloq xo'jaligida, oziq-ovqatlar 
ishlab chiqarishda dvigatellarni, katta zavodlarni yurgizishi haqida 
tushuncha beramiz. 
Mehnatning boshqa turlarida ham tejamkorlikning zarurligi 
haqida fikr yuritilsa, suhbatlar o'tkazilsa, ko'zlangan natijaga erishishi 
mumkin.


240 

Download 7,65 Mb.
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o

Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish