Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   114
Bog'liq
bosh

Plastmassalar 
Plastmassa sun’iy olingan modda bo‘lib, unda molekulalar sintez 
yo‘li bilan oldindan belgilangan tuzilishga olib kelinadi. Sun’iy 
yaratilgan moddalar 
sintetik 
ham deyiladi. 
Sanoatimiz plastmassadan turli predmetlarni va kapron, neylon, 
organik oyna, paralon, polietilen va shu kabi xilma-xil to‘qimalarni 


233 
ishlab chiqaradi. Zamonaviy ximiya sanoati shunday materiallarni 
yaratganki, ulardagi xususiyatlar tabiiy materiallarda uchramaydi. 
Sintetik materiallar — plastmassalar o‘sha qimmatli sifatlari bilan 
ajralib turadi. Plastmassalar juda engil va shu bilan birga bukiluvchan 
va elastikdir. Ayrim plastmassalar. o‘ta mustaxkam bo‘lyb, issiqliq va 
elektrni 
yaxshi 
izolyasiya 
qiladi, 
kislotalarga 
bardoshlidir. 
Plastmassaning kimmatli xususiyatlaridan biri ulardan yuksak 
unumdor usulda: quyish, presslash va shu kabi usullarda mahsulot 
ishlab chiqarishning mumkinligidir. 
Plastmassaga 
ishlov 
berish 
jarayonnda 
deyarli 
chiqindi 
bo‘lmaydi, mahsulot darhol tayyor holda chikadi, ya’ni ularga 
qo‘shimcha ishlov berilmaydi. Plastmassalar boshqa qimmatli 
xususiyatlarga ham egadir-ki, bu ulardan qurilish, texnika va 
turmushda yanada kengroq foydalanish imkonini beradi.Plastmassa yo 
sof tarzdagi polimerdan, yo polimerning to‘ldirgichlar bilan 
birikmasidan iborat bo‘lishi mumkin. Yog’och qirindilari, ip-gazlama, 
oyna tolasi, qog‘oz va boshqa materiallar to‘ldirgich bo‘lishi mumkin. 
To‘ldirgichlar pishiqlikni, qattiqlikni, o‘tga bardoshlilikni oshirish va 
shu kabilarga xizmat qiladi. Ba’zan plastmassalar tarkibiga ularning 
plastikligini oshirsh uchun plastifikatorlar, tashqi ta’sirlardan 
saqlovchi bo‘yovchi kabilar kiritiladi. 
1-sinf Texnologiya darsligida “Tabiiy va turli materiallardan 
hayvonlar yasash” mavzusida plastmassa bilan ishlash keltirilgan. 
Keyingi yillarda aviatsiya sanoati, avtomobilsozlik, asbobsozlik, 
stanoksozlik, meditsina va turmushda keng qo‘llanilayotgan xilma-xil 
plastmassa turlari yaratildi. 
Amaliy mashg‘ulotlarda topilishi oson bo‘lgan plastmassalardan 
va ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalaniladi. Bular: organik 
shisha, paralon, penoplast, linoleum, ebonit, kapron, tekstolitdir. 
Organik shisha, Keyingi yillarda yangi ajoyib material — organik 
shisha yoki pleksiglis keng tarqaldi. Bu odatda oddiy shisha singari 
shaffof, ammo sinmaydigan sun’iy plastmassadir. Organik shishani 
arralash, egish va elimlash mumkin. U turli ranglarga bo‘yaladi. 
Organik shishadan harflarni (stend sarlavhalari uchun), turli emblema 
va bezaklarni, ayniqsa asboblar, kolleksiyalar uchun quticha va 
g‘iloflar, texnik modellash uchun turli detallarni qirqish mumkin 


234 
Organik shisha 2—10 mm qalinlikda ishlab chiqariladi. U bilan 
qalinligi 3 mm gacha bo‘lgan yupqa taxtachalarga ishlov beriladi. 
Organik shishani arra va lobzik bilan arralanadi, uni egish uchun bir 
oz isitish kerak, uning kichikroq parchalarini suvda qaynatib 
yumshatish mumkin. 
Organik shisha o‘zidan tayyorlangan elim bilan yaxshi yopishadi. 
Organik shishani yopishtiradigan elimlarning soni ko‘p, biroq. o‘quv 
ustaxonalarida BF-2 dan foydalangan ma’qul. BF-2 bilan elimlangan 
narsa 3—4 sutka davomida biriktirilgan holatda saqlanishi kerak. 
Atseton va amilatsetatda organik shishadan tayyorlangan elim yaxshi 
va tez yopishtiradi, biroq uiing xidi juda yomon bo‘lganligi uchun 
ustaxonani yaxshilab shamollatishga to‘g‘ri keladi. 
Paralon sun’iy yo‘l bilan olingan material bo‘lib, g‘ovak 
strukturaga ega, usti yumshoq, juda engil, yaxshi bo‘yaladi, suv ta’sir 
etmaydi. Paralonni gazlamaga, qog‘ozga va ko‘pgina boshqa 
materiallarga yopishtirish mumkin. Paralon xalq xo‘jaligida, 
jumladan, mebel sanoatida: divan matratslari, stul, kreslo o‘tirgichlari 
uchun foydalaniladi. Tikuvchilik sanoatida paralondan vatin, paxta, 
mo‘yna o‘rnida foydalaniladi. U juda engil hamda ajoyib issiqlikni 
izolyasiya qilish xususiyatiga ega bo‘lib, qo‘g‘irchoq fabrikalarida 
keng ko‘llanadi, undan turli xil o‘yinchoqlar tayyorlanadi, chiqindilari 


235 
o‘yinchoqlar g‘ovagini to‘ldiradi. Paraloidan o‘yinchoqlar, turli 
narsalarni yasashdan oldin bo‘lajak buyumning chizmasini yoki 
tasvirini chizish lozim. Ana shu chizma yoki tasvir asosida kartondan 
andaza qirqiladi. Andazani paralonning ustiga qo‘yib, oddiy qalam 
bilan chizib chiqiladi, so‘ngra detallar yoki to‘liq mahsulot qaychi 
bilan qirqib olinadi. Paralonni oz-ozdan qirqish kerak, chunki paralon 
siqiladi, shuning uchun uzun qirqilgan joylar notekis chiqishi mumkin. 
Detallarni mahsulotga biriktirishning boshqa usuli ham mavjud. 
Unda detallar sim bilan biriktiriladi. Bunda o‘quvchilar o‘z 
fantaziyalarini namoyish qilishlari, figuralar qomatini turlicha 
ko‘rsatishlari mumkin. 
Penoplast anchagina pishik, juda engil, oq rangdagi material. 
Undan kemasozlik, samolyotsozlik, qurilish va elektronika hamda 
boshqalarda foydalaniladi. 
Uquv ustaxonalarida maxsus asboblarsiz turli o‘yinchoqlar, 
postanovkalar uchun butofariyalar, texnik modellash bo‘yicha suvda 
suzadigan modellar va shu kabilarni yasash mumkin. Penoplastni 
qirqish, qchrish va turli materiallarga elimlash oson, uni topssh qiyin 
emas, ishlab chiqarish chiqindilaridan ham foydalanish mumkin. 
Penoplastdan narsalar yasash jarayoni juda oddiy. Rasm yoki 
chizmani penoplastning tekis sathiga qalam bilan chiziladi va u mayda 
tishli arra, lobzik bilan qirqib olinadi. Arralashda paydo bo‘lgan kirdi-
chiqdi, notekis joylar egovlab tekislanishi mumkin. Tayyorlangan 
materiallar turli elimlar vositasida montaj qilinadi. 

Download 7,65 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o

Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish