• Qoraqarag‘ay
  • Jo‘ka — yog‘ochi yumshoq, arralash oson, stameska, pichok bilan oson ishlanadi, chetlari uqalanmaydi
  • Tog‘terak — asosan mayda buyumlar yasashda foydalaniladi. Eg‘ochi yumshoq, anchagina engil. Eman
  • Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o




    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet79/114
    Sana21.06.2024
    Hajmi7,65 Mb.
    #264904
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   114
    Bog'liq
    bosh

    Yog’och bilan ishlash
    Yog‘och eng ko‘p tarqalgan materiallardan bo‘lib, ukuvchilar 
    mashg‘ulotlarda ko‘p tarqalgan daraxt turlari bilan tanishib chiqishlari 
    kerak. 
    Qaragay 
    — ko‘p tarqalgan va ishlov berilishi oson daraxtdir. U 
    unchalik qattiq emas, ammo pishiq, yorish, arralash oson, tolalari 
    bo‘ylab randalanadi. Qarag‘ay yogochning rangi bir oz qizg‘ish 
    ottenkali ochsariqdir. 
    Qoraqarag‘ay 
    — yaxshi ishlanadi, uning yog‘ochi ok rang, 
    ba’zan sarg‘ish ottenkali bo‘ladi. Qoraqarag‘ay strukturasiga ko‘ra 
    qarag‘aydan yumshoq va engil. Biroq, qoraqarag‘ayda butoqlar ko‘p, 
    qurigaida yorilib ketadi, bu uning nuqsonidir. 


    236 
    Kayin 
    — qarag‘ayga nisbatan pishiqroq va og‘irroq, biroq oson 
    arralanadi va randalanadi, qayin yoqimlp qizg‘ish tovlanuvchi och-
    sariq ottenkaga egadir. 
    Jo‘ka 
    — yog‘ochi yumshoq, arralash oson, stameska, pichok 
    bilan oson ishlanadi, chetlari uqalanmaydi,
     
    darz ketmaydi. Jo‘kani 
    yorish qiyin. Jo‘ka qarag‘ay va qoraqarag‘aydan engil, sarg‘ish 
    ottenkali ok rangga ega. 
    Tog‘terak 
    — asosan mayda buyumlar yasashda foydalaniladi. 
    Eg‘ochi yumshoq, anchagina engil. 
    Eman 
    — yog‘ochi qattiq, u pishiq va zich hamda og‘ir, chiroyli 
    jigar rangga ega. 
    Turli 
    materiallar 
    bilan 
    ishlash 
    darslarining 
    texnologik 
    xususiyatlari, qog’oz va karton bilan ishlash hamda gazlama va tolali 
    materiallar bilan ishlash darslaridan farq qiladi. Chunki qog’oz, karton 
    va gazlama hamda tolali materiallar tayyor mahsulot bo’lib, ulardan 
    turli o’yinchoqlar yasaladi, ularning chiqindilaridan ham tejamkorlik 
    bilan foydalanish o’rgatiladi. 
    Turli materiallar bilan ishlashda esa, eng avval, qaysi narsadan 
    nimalar yasash mumkinligini avvaldan rejalab, anchayin izlanib, tabiat 
    qo’ynidan axtarib topib, yig’ib olingandan so’ng, reja asosida turli 
    o’yinchoqlar, ertaklar asosida ko’rsatmali ko’rinishlarga boy 
    personajlar yasash mumkin. Turli multfilmlar asosida qahramonlar 
    qiyofalari, turli rangli manzaralar yasaladi. 
    Mehnat darslarida turli tabiiy materiallar- daraxt novdalari, 
    qamish, poxol, g’o’za chanoqlari, yong’oq, qum, loyning ishlatilishi 
    hamda plastic massalar: plastilin, rezina, sellofan, polietilin lentalar, 
    plyonkalar, gugurt qutilari, g’altak, iplar, turli chiqitlar; tuxum 
    po’chog’i, xandon pista po’chog’i, danak po’choqlari, bo’shagan 
    plastmassa idishlari ishlatiladiki, ana shunday tashlab yuborilishi 
    mumkin bo’lgan narsalardan chiroyli, go’zal o’yinchoqlar, ertak 
    qahramonlari, turli ko’rsatmali manzaralar yasah mumkinligi 
    tejamkorlik ruhida tarbiyalash imkoniyatlar ko’pligini ko’rsatadi. 
    Tashlandiq narsalardan ham kerakli buyumlar, estetik zavq olsa 
    bo’ladigan, ayniqsa, o’z ko’rinishi, mazmuni bilan bolalarni 
    tarbiyalashi mumkin bo’lgan narsalar yasalishi ular tarbiyasiga ijobiy 
    ta’sir qiladi. 


    237 
    Turli tabiiy materiallarni to’plash, saqlash yo’llarini, ularga ishlov 
    berish yo’llarini qo’llash bolalarga tabiatshunoslik darslarida olgan 
    bilimlarni mustahkamlash imkonini beradi. Turli tabiiy materiallardan 
    bilan ishlash mashg’ulotlarni rejalashtirish va materiallarni tanlashda, 
    albatta, mahalliy sharoitlardan kelib chiqish, o’lka iqlimi, tabiati, 
    ishlab chiqarish korxonalari, xalq badiiy ustaxonalari va shu kabilar 
    e’tiborga olish kerakligini unutmaslik lozim. Bunday mashg’ulotlar 
    bolalarning ijodiy qobiliyatlarini o’stiribgina qolmay, ularning 
    ijodkorligini o’stiradi, estetik hissiyotlarni shakllantiradi. 
    Turli materiallarning o’ziga xos texnologik xususiyatlari xilma-
    xilki, ulardan narsalar yasashda material sifatida ham, yasalgan 
    narsaga bezak berish materiali sifatida ham foydalanish mumkin.
    Tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, turli materiallar bialn ishlash 
    jarayonida bolalar quyidagi malaka va ko’nikmalarni egallaydilar. 
    1. Turli tabiiy materiallarni to’plash va saqlash qoidalari bilan 
    tanishish. Tevarak-atrofni muhofaza qilish. 
    2. Turli tabiiy materiallarga ishlov berish va rejalashtirish. 
    3. Turli tabiiy materiallarni tu’plash uchun atrof-muhitdan obyekt 
    tanlash. 
    4. Turli tabiiy materiallardan nimalar yasa olishni tahlil qilish 
    hamda ularga ishlov berish asboblarini tanlash. 
    5. Mustaqil fiklab, ijodkorligini namoyon qilish. Ijodkorlik 
    qobiliyatini o’stirish.
    6. Boshqa xil materiallar bilan tanishish (yog’och, yumshoq sim, 
    tunuka, turli chiqindilar to’plashlari). 
    7. Obrazlar, personajlar, o’yinchoqlarni yaratishda konstruktorlik 
    va ijodiy qobiliyatlarni o’stirish. 
    8. Yog’och va metallga ishlov berish asboblari bilan tanishish, 
    ya’ni pichoq, bolg’a, arra, parma, bigiz, qaychi, ombur, o’tkir tig’li 
    asbob kabi… 
    Bolalarda turli tabiiy materiallar bilan ishlash alohida qiziqish 
    uyg'otadi. Ayniqsa, o'quvchilar loy, plastilin va tabiiy materiallar, 
    jumladan, daraxtlarning shoxlari, chinor urug'lari, turli qurigan 
    barglar, daraxt po'kaklari, yelimlaridan foydalanib qushlar, jonivorlar, 
    ertak 
    ishtirokchilarining 
    shakllarini 
    qiziqib 
    yasaydilar. 
    O'z 
    tasavvurlaridagi personajlar bilan boyitadilar.


    238 
    O'quvchilar turli materiallar bilan ishlashda ishlash qoidasiga, 
    texnika xavfsizligi qoidalariga, gigiyena-sanitariya holatlariga rioya 
    qilibgina qolmay, telamkorlikka ham alohida e'tibor beradilar. Shuni 
    unutmaslik lozimki, ko'zga tashlanmagan qismlar, chiqindilar yig'ilib 
    kattalashadi. Demak, o'qituvchi tabiiy materiallardan turli narsalar 
    yasashni rejalar ekan, o'quvchilarga: 
    - turli tabiiy materiallarning xossasi va xususiyatini hisobga olgan 
    holda isrofgarchilikka yo'l qo'ymaslikni tushuntirishi; 
    - ularning shakli, ko'rinishlarini rejalab, aniq narsa yasash yo'li 
    bilan tejashni o'rgatishi; 
    - qanday asboblar ishlatish mumkinligi va asboblarni to'g'ri 
    ishlatish (sindirmaslik, buzmaslik) yo'lini uqtirishni bilishi; 
    - asboblarni ishlayotganda juda egilib, chang-to'zon yutishdan, ish 
    joyini tartibsiz qilishdan saqlanishni ta'kidlashi; 
    - ish mazmunini sodda, murakkabligiga qarab, bosqichma-
    bosqich sinflarga moslashyo'li bilan tejamkorlik tuyg'usini singdirishi 
    talab etiladi.
    Yuqoridagi tartib va qoidalar sinf o'quvchilarda tejamkorlik, 
    tadbirkorlik sifatlarini tarbiyalash, mehnat darslari samaradorligini 
    oshiradi. 
    Asosan 1-sinflarda bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olib 
    sanchmaydigan, qirqmaydigan, kesmaydigan asboblardan foydalangan 
    holda po'kak, turli bo'sh qutilar, qutichalar, daraxtning urug'lari, 
    qurigan barglaridan yelimlab yopishtirib, plastilin yordamida 
    yopishtirish yo'li bilan turli shakldagi o'yinchoqlar yasash o'rgatiladi 
    va o'rganish jarayonida bolalarda yig'ilgan tabiiy materiallarni o'rni 
    bilan ishlatishga, turar joyini asrab-avaylashga, tabiatni muhofaza 
    qilishga o'rgatish bilan tejamkorlik hissini rivojlantira boriladi. 
    Ayniqsa 
    o'quvchida 
    turli 
    materiallardan 
    foydalanib 
    narsalar 
    yasayotganda ish joyini saranjom-sarishta tutush, plastilinyordamida 
    yopishtirish 
    kerak 
    bo'lganda, 
    plastilinni 
    Download 7,65 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   114




    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o

    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish