• Mavzuga oid tayanch tushunchalar
  • Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet81/114
    Sana21.06.2024
    Hajmi7,65 Mb.
    #264904
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   114
    Bog'liq
    bosh

    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
    1.Turli xil materiallar turlarini ayting.
    2. Yog’ochning qanday turlarini bilasiz? 
    3.Turli xil materiallar bilan ishlashda qanday texnika xavfsizligi 
    qoidalari mavjud? 
     
    22-MAVZU. TABIIY MATERIALLAR BILAN ISHLASH 
    DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI 
    Reja: 
     
    1.Tabiiy materiallarni to‘plash va ishga tayyorlash. 
    2.Tabiiy materiallardan (barglar, somon qalamchalari, yong‘oq 
    po‘choqlari, patlar, o‘simlik urug‘lari va boshqa materiallar) 
    applikatsiyalar va o‘yinchoqlar yasash texnologiyasi.
    3.Tabiiy materiallar bilan ishlashga oid ish joyini tashkil etish 
    talablari. 
    Mavzuga oid tayanch tushunchalar: 
    Tabiiy materiallar turlari, somon qalamchalar, applikatsiyalar, 
    o’yinchoq yasash texnologiyasi. 
    Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar quyidagi tabiiy materiallardan: 
    qum, tuproq, shag’al, suv, qor, daraxt va o’simliklarning barglari, 
    shox-shabbalari, ildizlari, sabzavot va mevalarning urug’lari, tuxum 
    po’choqlari, somon va shu kabilardan foydalanadilar. Tabiiy 
    materiallarning haqiqiy shakllaridan kerakli o’rinlarda foydalanish 
    mumkin. Bunda bolalar tabiiy materialda ifodalangan biror-bir 
    obrazning o’xshashlik tomonlarini yanada bo’rttirish, qo’shimcha 
    ishlov berish orqali haqiqiysiga yaqinlashtirish hamda bunda asbob-
    uskunalardan foydalanishni o’rganadilar. Tabiiy materiallar bilan 
    ishlash o’quvchilarning tasavvurini, ijodiy qobiliyatini o’stirish bilan 
    birga, u yoki bu tabiiy shakllarni o’zaro biriktirish orqali o’ziga xos 
    bo’lgan qiziqarli o’yinchoqlar va shu kabilarni tuza olish malakasini 
    ham rivojlantiradi. Tabiiy materiallardan qurish-yasash jarayonida 
    o’quvchilar turli bo’laklarni o’zaro biriktirish, ulash, qo’zg’aluvchan 
    yoki qo’zg’almas qilib o’rnatish, qumqog’oz, egov, pichoq va shu 


    241 
    kabilar bilan ishlov berish usullarini ham bekamu ko’st o’zlashtirib 
    oladilar. Ayrim hollarda tabiiy materiallardan yasaladigan shakllar, 
    o’yinchoqlarning ifodaliligini, ta’sirchanligini oshirishda tashlandiq 
    materiallar ham ishlatiladi. O’qituvchi o’quvchilarga kerakli 
    tushunchalarni berishda masalaning ana shu jihatiga ham e’tibor 
    berishlari lozim. 
    Mashg’ulot uchun kerak bo’ladigan tabiiy materiallar mavsumga 
    ko’ra yig’ib boriladi va kerakli turlarga ajratib qo’yiladi. Bu ishlarni 
    o’quvchilar bilan tabiat qo’yniga sayohatga chiqqan paytda amalga 
    oshirish maqul. Syohat jarayonida o’qituvchi bolalarga har bir tabiiy 
    material haqida kerakli tushunchalar va ularni yig’ish, qanday saqlash 
    borasida zarur bo’lgan ko’rsatmalarni beradi. Mazkur ishlarning o’z 
    vaqtida 
    bajarilishi, 
    tabiiy 
    materiallardan 
    qurish-yasash 
    mashg’ulotlarining samarali o’tishida katta ahamiyatga egadir. Bu o’z 
    navbatida o’qituvchidan va o’quvchilardan katta mas’uliyatni talab 
    qiladigan jarayondir. Mashg’ulot uchun kerakli bo’lgan tabiiy 
    materiallar qanchalik ko’p g’amlansa, o’quvchilar tomonidan 
    bajariladigan o’quv topshiriqlarining mazmuni ham shunchalik turli-
    tuman bo’ladi. 
    Boshlang’ich sinf o’quvchilari texnologiya darslari va sinfdan 
    tashqari mashg`ulotlar jarayonida turli xil maneriallarni to’plash va 
    ularga ishlov berish lchlarini o’rganadilar. Turli va tabiiy
    matriallarga misol tariqasida qog`oz, karton va gazlamalardan tashqari 
    o`simliklarning turli qismlari (shoxi, barglari, gullari, ildizi, po`sti, 
    urug`i, mevasi); foydali qazilmalar (kvarts qumi, loy, minerallar); 
    yog`och (archa, sosna, qayin, lipa, ryabina); metallar (temir, mis, 
    alyuminiy); plastmassa (polietilen, tekstolit, kapron) va boshqa 
    materiallarni aytish mumkin.
    Bu materiallarning ayrimlari, masalan o`simlik qismlarini 
    o`quvchilar tabiatga sayr qilish paytida teradilar, fanera, turli metallar, 
    plastmassalarni 
    esa 
    tayyor 
    holdagisi 
    yoki 
    yarimfabrikatlar 
    shaklidagisini oladilar. 
    O`qituvchi o’quv yili boshidan o`quvchilarga tabiiy materiallarni 
    to`plash haqida ma’lumotlar berib boradi, ularga ishlov berish sir-
    asrorlarini o’rgatadi, saqlash texnologiyalarini yaxshilab 
    tushuntiradi. Bolalarga o`simliklar shoxi, barglari, gullari, po`stlog`i, 
    mevasini terib borishni vazifa sifatida topshiradi; kvarts qumi va loy 


    242 
    tayyorlash hamda undan narsalar tayorlash usullari bilan tanishtirib 
    boradi. Tushuntirish ishida o`qituvchi mamlakatimizda tabiatni 
    qo`riqlash to`g`risida qonun mavjudligi, shu qonunda belgilangan 
    talablarni albatta bajarish shartligi va shunga ko’ra tabiiy boyliklarga 
    ehtiyotkorona munosabatda bo`lishni talab etishini aytib o`tishi 
    ahamiyatlidir. 
    O`qituvchi bu qonunning asosiy qoidalarini qayd etib, daraxt 
    barglari va o’simliklardan faqat yerga tushgan materiallarnigina terish 
    kerakligini eslatadi. Qonunga ko’ra daraxt va butalarni sindirish, 
    tabiatni ifloslashtirish, o`simlik shoxlari, po`stlog`i, barglarini kesish 
    mumkin emasligini uqtiradi. Dastlab tabiiy materiallar bilan 
    tanishtirish 1-sinfdan boshlanadi. Quyida 1-sinf Texnologiya darsini 
    ko’rishimiz mumkin: 
    O`qituvchi 
    tabiiy 
    materiallarni 
    qanday 
    to`plash 
    haqida 
    maslahatlar beradi. Masalan, kvarts qumini daryo va suv havzalari 
    sohillarida quruq holda, loyni esa tabiiy holida yig`ish kerakligi; 
    barglar va gullarni ho’l holda yig’ib botanik pressda quritish lozimligi 
    shular jumasidandir. O`qituvchi o`simliklar va ularning qismlarini 
    botanik pressda qanday quritishni mumkinligini ko`rsatib berishi o’ta 
    ahamiyatli. 
    Tajriba ko`rsatishicha, boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun 
    ta‘limning birinchi bosqichida eng oddiy va qiziqarlisi tabiiy 
    materiallardan 
    dekorativ 
    tayorlash 
    ishlaridir. 
    Bolalar 
    tabiiy 
    materiallardan turli o`yinchoqlarni tayyorlash ishini katta intilish bilan 


    243 
    bajaradilar. Birinchi sinf o`quvchilarida tabiiy materiallar bilan 
    ishlashga qiziqish uyg`otish uchun ularga xalq o`yinchoqlari 
    namunalarini ko`rsatish juda foydali. O`quvchilarni tosh, loy, 
    yog`ochdan 
    bajarilgan 
    xalq 
    o`yinchoqlari 
    namunalari 
    bilan 
    tanishtirish, ayniqsa ahamiyatli. (1-rasm). Bu ishning yong`oqlar, 
    yong`oq po`stlog`i, loy, shoxlardan o`yinchoqlar tayyorlashdan oldin 
    o’quvchilarga ko’rsatilishi faoliytni mazmunli va samarali o’tishini 
    ta’minlashi mumkin. 
    1-rasm. Xalq ustalari mahsulotlari: 
    O`qituvchi xalq ustalari nafaqat tosh, loy va yog`ochdan turli 
    o`yinchoqlarni tayyorlashi, balki rangli toshlardan ayiqchalar, itlar, 
    bug`ular, otlar figurachalarini yaratichi, ural o`ymakorlik sohasida 
    ham mashhur bolib, loydan o`yinchoq - hushtakchalar tayyorlovchi 
    ustalar bilan bemalol bellasa olishini aytib beradi. Loydan otlar, 
    bug`ular, qushlar, ertak qahramonlari figuralarini yasab, olovda 
    quritib, bo`yaydigan dimkovlik ustalar shuhrati uzoqlarga ketganligini 
    ma’lum qiladi.
    Kuzatishlar jarayonida bolalarga xalq o`yinchoqlari namunalarini 
    diqqat bilan qarab chiqish va savollarga javob berish topshirig`i 
    beriladi: 1-rasmda tasvirlangan o`yinchoqlar qanday nomlanadi? Har 
    bir o`yinchoq qanday materialdan tayyorlangan? Tosh, loy va 
    yog`ochdan o`yinchoqlar qanday tayyorlanadi? Qaysi o`yinchoqlar 


    244 
    ayniqsa yoqadi va nima uchun? Bolalar qaysi o`yinchoqlarni yasashni 
    istar edilar? 
    Bolalarning kuzatishlarini umumlashtirib, o`qituvchi xalq 
    o`yinchoqlarida xalq ertaklaridagidek ko`p kulgili quvnoq detallar, 
    aqlli ifodalangan kuzatishlar borligiga o`quvchilar e`tiborini qaratadi. 
    O’qituvchi o`yinchoqlar hamma vaqt ham haqiqiy insonlarga va 
    hayvonlarga o`xshayvermasligi, biroq hamma vaqt juda ifodali va 
    dabdabali bo’lishini tushuntirib beradi.. Har bir o`yinchoq o`ziga xos 
    ko’rinishga ega ekani va takrorlanmasligi, biroq yaratiluvchi 
    o`yinchoqlarning turli-tumanligiga qaramay xalq ustalarini bir narsa 
    yaqinlashtirishi, ya’ni ularning hammasi juda kuzatuvchan va ishlov 
    beriluvchi material xususiyatlarini yaxshi bilishi, uning go`zalligini 
    ochib bera olishida ekanligini ta’kidlab o’tadi. Ilgari xalq ustalari 
    tomonidan tayyorlanuvchi buyumlarning ko`pchiligi ajoyib o`yinchoq 
    bo`lgan bo`lsa, hozirgi vaqtda ular kichik dekorativ haykalchalar 
    bo`lib, xonadonlarni bezatib turganligini aytadi.
    Bunday haykalchalarning har biri katta qiymatga ega, chunki u 
    usta qo`li bilan yagona nusxada yaratiladi. Xalq ustalarining tasviriy 
    vositalari sodda, quvnoq, ochiq, ular ko`p asrlar davomida xalq 
    tomonidan tanlab olingan va sinalgandir. Shu sababli har bir xalq 
    o`yinchog`i biz uchun taqlid qilishga namuna bo`lib xizmat qila oladi. 
    O`quvchilar 
    tabiiy 
    materiallardan 
    narsalar 
    tayorlashga 
    kirishishdan oldin ularga ba’zi laboratoriya ishlarini bajartirish 
    maqsadga muvofiq. Masalan, qurigan loy, yog`och parchasi, kichik 
    toshchalar bilan ishlash uchun quyidagi laboratoriya ishlarini 
    bajartirish mumkin: O `qituvchi navbatchilar bilan birgalikda har bir 
    Download 7,65 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   114




    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish