IV sinfda  o`qituvchi o`quvchilarga




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   114
Bog'liq
bosh

IV sinfda 
o`qituvchi o`quvchilarga
 
qog`oz va kartonning tolali 
tuzilishi to`g`risida ma’lumot berib, karton detallarini qog`oz bilan 
yelimlab chiqishda qirilishi sabablarini aniqlash maqsadida dasturda 
ko`zda tutilgan tajribalarni o`tkazish bilan bog`liq tagribada eslatib 
o`tadi. Qog`oz va kartonning tolali tuzilishi xususiyatlari to`g`risida 
qog`oz va karton ishlab chiqarish haqida suhbat o`tkazish chog`ida 
ham fikr yuritiladi.
O`qituvchi IV sinf o`quvchilariga qog`oz va karton tayyorlash 
uchun asosiy material yog`och ekanligi haqida gapirib beradi (uning 
turlaridan biri yog`och karton deb ataladi). Odatda archa yog`ochidan 
foydalaniladi, unda smolali moddalar nisbatan kam bo`lib, shu tufayli 
u tez qaynaydi va bo`tqasimon massaga aylanadi. Bu massa qog`oz va 
karton ishlab chiqarish uchun boshlang`ich material bo`lib xizmat 
qiladi. Qarag`ayning smolali yog`ochi buning uchun kamyaroqli va 
kamroq ishlatiladi. Qog`oz va karton ishlab chiqarishda keyingi 
yillarda bargli daraxtlarning kam qimmatli yog`ochlaridan foydalana 
boshlashdi, masalan, osina, qayin, terak daraxtlari, shuningdek, 
bug`doy poxoli va qamishning o`tli qismi. Bu qog`ozni ancha 
arzonlashtiradi va xvoyali daraxtlarning qimmatli yog`ochini tejashga, 
undan mebel, viskoz, qurilish materiallari va boshqa mahsulotlar 
ishlab chiqarishni oshirish uchun samarali foydalanishga imkon 
beradi. 
Qog`oz va karton ishlab chiqarishda yog`ochni tejash uchun 
makulatura - qog`oz va kartonning sanoat va turmushdagi 
chiqindilaridan foydalanish katta ahamiyatga ega. Xuddi shu 
maqsadda to`qimachilik sanoati chiqindilari hamda uy xo`jaligi 
chiqindilarini tashkil etuvchi turli lattalar ham qo`llanadi. Makulatura 
yig`ish va topshirish orqali maktab o`quvchilari qog`oz ishlab 
chiqarishni kengaytirish – bunda minglab gektar o`rmonni saqlab 
qolish, juda ko`p suv, yelim, oq loy va boshqa materiallarni, yoqilg`i 
va elektr energiyasini tejashga yordam beradi. O`rmon ishchilari, 
transport xodimlari, qog`oz, kimyo, mashina, qurilish va boshqa 
sanoat tarmoqlari xodimlari mehnatining tejalishi ham, albatta, katta 
xalq xo`jaligi ahamiyatiga ega. 


204 
Qog`oz, karton varag`ida tolalarning joylashuvi.
 
Turli buyumlar 
tayyorlash uchun material sifatida qog`oz va karton bilan 
tanishishning birinchi qadamlaridanoq o`quvchilar maxsus kuzatish va 
tajribalar 
o`tkazib, 
bu 
materiallardan 
texnologiya 
darslarida 
foydalanib, qog`oz va karton bir-biri bilan tartibsiz chirmashgan, 
presslangan va yelimlangan son-sanoqsiz mayda tolalardan iborat 
ekanligini bilib oladilar. Bu tolalarning joylashuvida bitta qonuniyat 
mavjud bo`lib, uni turli buyumlar yasash uchun qog`oz va kartondan 
foydalanuvchi hamda bunda ishning yuqori sifatiga erishmoqchi 
bo`lgan har bir kishi bilishi va hisobga olishi kerak. Gap shundaki, 
qog`oz tayyorlash mashinalarida qog`oz quyishda ko`pchilik 
tolalarning quyish yo`nalishida tortilishi yuz beradi (bu yo`nalish 
ko`pincha bo`ylama deb ataladi). Natijada qog`oz turli yo`nalishlarda 
– bo`ylama va ko`ndalang – turlicha xususiyatlarga ega bo`ladi. 
Yirtishda 
mustahkamlik, 
qattiqlik, 
namlanishida 
cho`zilish 
(o`lchamlarning kattalashuvi) farqlanadi. Ishda nuqson bo`lmasligi, 
buyumlarning yuqori sifatiga erishish uchun bularning hammasini 
bilish va hisobga olish kerak. 
Quyida keltirilgan kuzatishlar qatori va bajarilish texnikasi 
bo`yicha oddiy tajribalar o`qituvchi tomonidan kichik maktab 
o`quvchilarini tushunarli, ko`rgazmali va qiziqarli tarzda asta-sekin, 
darsdan darsga bu materiallardan amaliy foydalanish jarayonida 
qog`oz va kartonning tolali tuzilishi xususiyatlarini qanday hisobga 
olish kerakligi bilan tanishtirib borish maqsadini ko`zlaydi. Ushbu 
kuzatishlar 
va 
tajribalarni 
o`tkazish 
jarayonida 
o`quvchilar 
egallaydigan bilim va malakalar boshqa barcha materiallar bilan ishni 
to`g`ri bajarish uchun katta ahamiyat kasb etishi haqida gapirish 
ortiqchadir. 
O`qituvchi ko`rsatib berish va o`quvchilar tomonidan kuzatish va 
tajribalarning mustaqil bajarilishini tashkil etib, ko`rgazmali va amaliy 
ishlarning turli variantlarida bolalarga qog`oz varag`ida tolalar asosiy 
massasi yo`nalishi (mashinada qog`oz quyish bo`ylama yo`nalishi) 
qog`oz varaqlari bo`ylama tomonlari yo`nalishi bilan hamma vaqt 
ham mos kelmasligini ko`rsatib beradi. Shuning uchun ham 
o`quvchilar mustaqil tajriba yo`li bilan qog`oz varag`ida tolalar 
qanday joylashganini bila olishlari kerak. 


205 
Yirtilish chiziqlari shakli bo`yicha qog`oz varag`ida 
bo`ylama va ko`ndalang yo`nalishlarni aniqlash.
 
Oddiy tajriba 
o`quvchilarga qog`oz varag`ining yirtilish chizig`i uning bo`ylama 
yoki ko`ndalang yo`nalishda o`tishiga qarab turlicha bo`lishini 
ko`rsatadi. Demak, qog`ozning yirtilish chizig`i shakli bo`yicha 
qog`oz varag`i bo`ylama yo`nalishini aniqlash mumkin. 
5-rasm. Yirtilish chizig`i shakli bo`yicha qog`oz varag`ida 
bo`ylama va ko`ndalang yo`nalishlarni aniqlash: 1 – bo`ylama (to`g`ri 
chiziqli uzilish chizig`i); 2 – ko`ndalang (uzilish chizig`i egri yo`lli); 3 
– ikki qog`oz varag`ini bir vaqtda yirtish.Katta qog`oz varag`idan, 
yaxshisi yozuv yoki bosmalash qog`ozidan o`quvchilar o`lcham va 
shakli bo`yicha ikkita bir xil varaqcha kesib oladilar, undan oldin 
ularning asosiy varaqdagi holatini belgilaydilar. Bir varaqchani ustki 
burchaklaridan ushlab bir yo`nalishda, ikkinchisini perpendikulyar 
yo`nalishda yirtadilar (5-rasm). Har bir varaqchada yirtilish chizig`i 
boshida dastlab kichik (2-3 mm) yirtiq hosil qilish maqsadga muvofiq. 
Yirtilgan qog`ozni ko`rib chiqib, o`quvchilar ularda yirtilish chiziqlari 
turli shaklda bo`lganini qayd etishadi, lekin bir varaqda yirtilish 
chizig`i to`g`ri yo`lli, boshqasida esa egri yo`lli ekanligini aytishadi. 
O`qituvchi bu holat sabablarini tushuntirib beradi: qog`oz tayyorlash 
mashinasida qog`ozni quyishda qog`oz massasi tolalarining bo`ylama 
yo`nalishda tortilishi yuz beradi. Qog`ozni bo`ylama yo`nalishda 
yirtishda yirtilish chizig`i tolalar asosiy massasiga, ularni buzib emas, 


206 
ajratib, parallel boradi. Bunda yirtilish chizig`i to`g`riga yaqin bo`ladi. 
Qog`oz varag`ini ko`ndalang yo`nalishda yirtishda ko`proq kuch 
sarflanadi, chunki bunda ancha ko`p tolalar uziladi. Bu tolalar uzilish 
chizig`i yo`lini to`sadi va u qog`oz varag`i yirtilayotgan to`g`ri 
chiziqli yo`nalishdan suriladi, og`adi. Yirtilish yo`li egri chiziqli 
bo`ladi (5.2-rasm). 
Qog`oz varag`ida tolalar asosiy yo`nalishlarini aniqlash tajribasini 
quyidagicha o`tkazish mumkin: 
O`qituvchi ikkita bir xil g`ijimlanmagan qog`oz varag`ini oladi. 
Ularni biri bo`ylama tomoni gorizontal, ikkinchisining bo`ylama 
tomoni vertikal qilib ustma-ust qo`yadi, varaqlarning ustki chetlarini 
tekislab, o`rtasida sal yirtilish chizig`i boshini belgilaydi (5.3-rasm). 
Keyin o`qituvchi ikkala varaqni shu nuqtadan teng masofada ustki 
chetlaridan olib, qog`ozni turli tomonga tortadi. Ikkala qog`oz varag`i 
bir vaqtda yirtiladi, bunda yirtilish chiziqlari turlicha bo`ladi: bir 
varaqning yirtilish yo`li – to`g`ri chiziqli, ikkinchisining yo`li – 
murakkab, chetga ketuvchi shaklda bo`ladi. 
O`quvchilar bu tajribani mustaqil takrorlab, ikki qog`oz varag`i 
yirtilish yo`lining farqi sabablarini birga aniqlaydilar. 
Bo`ylama yo`nalishda qog`ozni yirtishda yirtilish yo`li asosan 
tolalar orasidan boradi, qog`ozni ko`ndalang yo`nalishda yirtishda 
ko`proq tolalarni tortish va uzishga to`g`ri keladi, bunda odatda 
yirtilish chizig`i chetga og`adi. 
O`quvchilar oldin qilgan xulosalarini takrorlaydilar: qog`ozning 
yirtilish chizig`iga qarab uning varag`ida tolalar qanday joylashgani 
to`g`risida fikr yuritish mumkin, ya‘ni ko`ndalang va bo`ylama 
yo`nalishlar holatini aniqlash mumkin. 
Qog`oz yo`llarining egilishiga qarab bo`ylama va ko`ndalang
yo`nalishlarni aniqlash.
 
O`qituvchi o`quvchilarning ko`zi oldida 
o`lchamlari bir xil (taxminan 10x150 mm) qog`oz yo`llarini 
tayyorlaydi, lekin ularni o`zaro perpendikulyar qog`oz varag`i chetlari 
bo`ylab kesib oladi, 6-rasmda ko`rsatilganidek ustma-ust qo`yib, 
pastki chetlaridan ushlaydi.


207 
6-rasm. Qog`oz varag`idan o`zaro perpendikulyar chetlardan 
qirqib olingan yo`llar egilishi bo`yicha bo`ylama va ko`ndalang 
yo`nalishlarni aniqlash: 
1 – tolalar asosiy massasi bo`ylama yo`nalishli; 2 – ko`ndalang 
yo`nalishda kesib olingan yo`l 
O`qituvchi qog`oz yo`llarni avval o`ngga, keyin chapga egib, 
ularni muvofiq tomonlarga egilishga majbur qiladi.
O`qituvchi o`quvchilar diqqatini qog`oz yo`llaridan birining 
ko`proq ikkinchisining esa kamroq egilishiga qaratadi. O`quvchilar 
o`qituvchi bilan birgalikda buning sababini aniqlashadi. Bu qog`oz 
yo`llar varaqdan turli yo`nalishlar: biri qog`oz bo`yiga, ikkinchisi 
ko`ndalang kesib olingani bilan bog`liq. Demak, qog`oz yo`llaridan 
biri bo`ylama yo`nalishda, ikkinchisi esa – ko`ndalang yo`nalishda 
kesib olingan. Xuddi shu qog`oz varag`i bilan ularga ma‘lum bo`lgan 
ikki yo`nalishda qog`ozni yirtish tajribasini o`tkazib o`quvchilar 
bo`ylama va ko`ndalang yo`nalishlarni aniqlaydilar. Bu ularga 
bo`ylama yo`nalishda kesib olingan qog`oz yo`l kamroq ko`ndalang 
yo`nalishda kesib olingani esa ko`proq egilishini aniqlash imkonini 
beradi. 
Yuqorida qayd etilganlar asosida o`quvchilar xulosa chiqaradilar: 
to`g`ri burchak ostida qog`oz varag`idan kesib olingan ikki qog`oz 
yo`lining egilishida qarab qog`oz varag`idagi bo`ylama va ko`ndalang 
yo`nalishlarni aniqlash mumkin. 
Yirtish orqali qog`oz mustahkamligini aniqlash. (III sinf)
 
Uchinchi sinf o`quvchilarining qog`oz xususiyatlari to`g`risidagi 
tasavvurlarini kengaytirishda qog`ozning yirtilishda chidamliligi 
bo`ylama yo`nalishda ko`ndalangga nisbatan yuqoriroq ekanligini 
ko`rsatuvchi foydali va qiziqarli ko`rsatish, tajriba va eng oddiy tajriba 
ishlari o`tkaziladi. Qog`ozning bu xususiyatini bilish o`quvchilarga 


208 
ba‘zi amaliy masalalarni to`g`ri hal etish, hamda yuqoriroq sifatli 
buyumlar yasashga yordam beradi. 
Bir qog`oz varag`idan, masalan, yozuv yoki rangli, shakli va 
o`lchami bir xil bo`lgan yo`llar bir-biriga nisbatan to`g`ri burchak 
ostida, ya‘ni qog`oz chetiga o`zaro perpendikulyar qilib kesib olinadi. 
O`zlariga ma‘lum istalgan yo`l bilan bolalar bu qog`oz yo`llarning 
tolalari qaysisida bo`ylama, qaysisida ko`ndalang joylashganini 
aniqlaydilar. Bu yo`nalishlarning yo`llari chetiga B va K harflari 
(bo`ylama 
va 
ko`ndalang) 
yoki 
7-rasmda 
ko`rsatilgandek 
ko`rsatkichlar bilan belgilab qo`yadilar. 
7-rasm. Bo`ylama yo`nalishda qog`ozning uzishga chidamliligi 
ko`ndalangiga nisbatan yuqoriroq: 
1 - qog`oz varag`idan o`zaro perpendikulyar chetlardan kesib 
olingan ikki qog`oz yo`l; 2 – uzunligi bo`yicha yopishtirilgan yo`llar; 
3 – cho`zishda eng bo`sh joydan AB uchastkada uziladi. 
III sinf o’quvchilari qog`ozni bukish chizig`i bo`yicha yirtishni 
ham o’rganadilar.
 
Qog`oz varag`ini to`g`ri chiziq bo`ylab yirtish zarur 
bo`lganda, uni dastlab bukadilar va bukish chizig`i bo`yicha barmoq 
bilan yoki maxsus silagich (faltsovka) bilan tekislab chiqadilar. 
O`quvchilar kichik tajriba o`tkazib, bu nima uchun qilinishini 
tushunib olishlari foydalidir. 


209 
8-rasm. Qog`oz varag`ini qismlarga yirtish: 
1 – tajriba uchun bir xil o`lchamli yo`llar tayyorlanmasi; 2 – A 
yo`lni yirtishda yirtish yo`li chetga og`adi; 3 – bukish chizig`i 
bo`yicha qog`ozni tekislash; 4 - qog`ozni bukish chizig`i bo`ylab 
yirtish 
O`quvchilar katta bo`lmagan qog`oz varag`ini bukib, bukish 
chizig`ini barmoq bilan, qalam o`chirg`ichi yoki maxsus silagich bilan 
tekislab chiqadilar (8.3-rasm). Qog`oz varag`ini qarama-qarshi 
tomonlarga tortadilar, uni yirtib, yirtilish chizig`i bukish chizig`i bilan 
mos kelishiga ishonch hosil qiladilar (8.4-rasm). Keyin o`quvchilar 
o`sha yo`nalishda qog`ozni dastlab bukmasdan va bukilish chizig`ini 
tekislamasdan yirtishga harakat qiladilar. Yirtish chizig`i tekis 
bo`lmaydi, u chetga og`adi. Bu o`quvchilarga asoslangan xulosa 
chiqarishga imkon beradi: qog`ozni bukish yirtish chizig`ini aniq 
belgilashga imkon beradi, bu chiziqni dastlabki tekislanishi esa ishni 
ancha osonlashtiradi va tezlashtiradi. 
O`qituvchi taklif qiladi: – O`ylab ko`rib javob bering, nima uchun 
bukish chizig`ini tekislashdan keyin qog`oz shu chiziq bo`ylab oson 
va tekis yirtiladi? (chunki bukish joyini tekislashda biz tolalarni 
buzamiz va belgilangan yo`l bo`ylab qog`oz mustahkamligini 
kamaytiramiz). 
III sinf o’quvchilari g’`ijimlangan qog`oz o`z mustahkamligining 
bir qismini yo`qotaishi haqidagi ma’lumotlarni o’rganadilar: 


210 
 
Qog`oz varag`idan o`quvchilar 200-220 mm uzunlik va 25-30 
mm kenglikdagi qog`oz yo`lni kesib oladilar. Uning taxminan yarmini 
bolalar g`ijimlab, keyin tekislaydilar. Uni ikki uchidan ushlab turli 
tomonga tortadilar, bunda kuchlanish asta-sekin oshirilib boriladi. 
Qog`oz yo`l dastlab g`ijimlangan qismida yirtiladi (9-rasm). 
9-rasm. 
G`ijimlangan 
qog`ozda 
yirtilishga 
mustahkamlik 
g`ijimlanmagan qog`ozga nisbatan past: 
1 – tajriba o`tkazishga tayyorlangan qog`oz yo`l; 2 – bu qog`oz 
yo`lning yarmi g`ijimlangan; 3 – qog`ozni tortishda g`ijimlangan 
joydan yirtiladi 
– Bu tajribadan qanday xulosalar chiqarish mumkin? – so`raydi 
o`qituvchi (Buyumlar mustahkam bo`lishi va uzoq xizmat qilishini 
istasak, qog`ozni g`ijimlamaslikka harakat qilish kerak. Buyum 
tayyorlash uchun ishlatiluvchi qog`ozni jildlarda saqlash kerak, kitob 
varaqlarini bukmaslik kerak, eski kitoblarda o`z vaqtida g`ijimlangan 
betlarni yelimlash kerak). 
Qog`oz yo`l mustahkamligi to`g`risidagi bilimlarga asoslanib, 
o`qituvchi keyinchalik o`quvchilarni boshqa materiallar – iplar, 
gazlama, karton, plastmassa plyonka mustahkamligi bilan tanishtiradi. 
O`quvchilar turli materiallar mustahkamligini qiyoslash, taqqoslashga 
o`rgatiladi. 

Download 7,65 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish