III sinfda qog`oz qalinligini baholash ishlari amalga




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   114
Bog'liq
bosh

III sinfda qog`oz qalinligini baholash ishlari amalga 
oshiriladi. 
O’quvchilar qog`ozning taxminiy qalinligini ushlab ko`rib 


202 
aniqlash mumkin. O`quvchilar o`z buyumlari uchun u yoki bu 
qog`ozni ishlatar ekanlar uni tanlashga o`rganadilar. Boshlang`ich sinf 
o`quvchilari qog`oz, karton va boshqa varaqli materiallarning 
qalinligini to`g`ri aniqlay olmaydilar. Ular bunday o`lchovlar uchun 
mo`ljallangan asbob – mikrometr va mos o`lchov birliklari – 
mikronlardan foydalana olmaydilar, o`nlik kasrlarda o`lchovlarni 
bajara olmaydilar. 
Biroq III sinf o`quvchilari matematika darslarida sonlarning 
ayirmasi va karrali taqqoslanishini o`rganadilar va bir son ikkinchisiga 
nisbatan qanchaga katta yoki kichikligini aniqlay oladilar. Shuning 
uchun texnologiya darslari da o`quvchilar oldiga, masalan, shunday 
savol qo`yish mumkin: “Papiros qog`ozi yozuv qog`oziga nisbatan 
necha marta yupqaroq yoki yozuv qog`ozi rasm qog`oziga nisbatan 
necha marta yupqaroq?”. O`quvchilar tomonidan bunday masalaning 
laboratoriya 
ishi shaklida yechilishi bolalarni turli varaqli 
materiallarni taqqoslay olishga o`rgatib, amaliy ahamiyat kasb etadi. 
Masalani hal etish uchun kerakli turdagi bir xil qalinlikdagi 
qog`oz o`ramlarini olish, har bir o`ramdagi varaqlar sonini hisoblash 
va bu sonlar nisbatini aniqlash, ya‘ni katta sonni kichikka bo`lish 
kifoya. Bu maqsad uchun 1 sm qalinlikdagi o`ramlarni olish qulay. 
Shunda, o`quvchilar bir santimetr qalinlikdagi o`ramlarda, masalan, 
60 varaq yozuv qog`ozi va 120 varaq gazeta qog`ozi borligini aniqlab, 
gazeta qog`ozi yozuv qog`oziga qaraganda ikki marta yupqaligini ayta 
oladi. Shunday qalinlikdagi o`ramlarda ular 85 va 90 varaq qog`ozni 
sanashsa, bu o`ramlardagi qog`ozlar qalinligi deyarli bir xil deb 
aytishlari mumkin. 
III sinfda
o`qituvchi tolali tuzilishga ega materiallar sifatida 
qog`oz va karton ta’rifiga bir necha marta qaytadi. Busiz o`quvchilar 
tomonidan bu materiallarning muhim texnologik xususiyatlarini 
o`zlashtirilishi qiyinlashib, ishlov berishda – detallarni belgilash va 
yelimlashda – ularni hisobga olmay bo`lmaydi. Hayvonlardan 
olinadigan tolali materiallar – tabiiy jun va ipak to`g`risida 
texnologiya 
darslari 
da 
dastlabki 
ma‘lumotlarni 
berishda 
o`quvchilarga o`simlikdan olinuvchi tolali materiallar to`g`risida 
eslatish foydali. Bunda o`qituvchi hayvonlardan olinadigan tolali 
materiallar: tabiiy jun parchasi, jun iplar o`rami, jun qo`lqop, namat 


203 
parchasi, tabiiy ipak o`rami va ipak mato parchasini ko`rsatishi 
mumkin. 

Download 7,65 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III sinfda qog`oz qalinligini baholash ishlari amalga

Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish