Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   114
Bog'liq
bosh

III va IV sinflarda
o`quv buyumlari konstruktsiyasi, ularni 
tayyorlash 
usullari 
murakkablashtiriladi 
va 
shunga 
muvofiq 
texnologiya darslari da qo`llaniladigan qog`oz va karton turlari 
assortimenti ham kengayadi. Har safar o`quvchilar o`z buyumlari 
uchun yangi turdagi qog`oz yoki karton tanlashida o`qituvchi 
materialning o`ziga xos xususiyatlari bilan bolalarni tanishtirish va bu 
xususiyatlar aniq bir buyum yoki uning detalini tayyorlash uchun 


198 
qanchalik mos kelishini ko`rsatib o`tish imkoniyatini qo`ldan 
chiqarmaydi. Masalan, darsda samolyot yoki planerning qog`oz 
modelini tayyorlashda bu buyum uchun qalin va tarang qog`oz olish 
zarurligini qayd etadi. Turli qalinlik, zichlik va taranglikdagi bir xil 
o`lchamdagi qog`oz ishlanmalarini ko`rsatib, o`qituvchi amalda ushbu 
modelni tayyorlash uchun chizma va karton qog`ozi yaxshiroq mos 
kelishini ko`rsatib beradi. Qog`ozning xuddi shu turlari turli inshootlar 
maketi, geometrik jismlar modellarini tayyorlash uchun ham mos. 
Bolalar tomonidan ishlov beriluvchi materiallar assortimentining 
yangi yoki o`ziga xos xususiyatlarga ega turlari bilan asta-sekin 
to`ldirilib borilishi kichik maktab o`quvchilariga bu xususiyatlarni 
yaxshiroq o`rganish va olingan bilimlarini amaliy faoliyatlarida ongli 
qo`llashga ko`maklashadi. 
Bu bilimlar tizimlashtirilsa, o`quvchilarning material xususiyatlari 
va ularga ishlov berish usullari to`g`risidagi bilim sifati yaxshilanadi. 
Bunday tizimlashtirishning ajoyib vositasi – bu o`quvchilar tomonidan 
material majmuasining tanlanishi va tayyorlanishidir. Shuning uchun 
o`quvchilarni qog`oz va kartonning yangi turlari bilan o`quvchilarni 
amaliy tanishtirib borib, o`qituvchi ular oldiga majmualarini yangi 
namunalar bilan to`ldirib borish vazifasini qo`yadi. 
Masalan, III va IV sinf o`quvchilarining o`quv majmualarida 
o`rash qog`ozi, gul qog`oz va gofrilangan qog`oz, kalka, 
metallashtirilgan va parafinlashtirilgan qog`oz, fotoqog`oz va hokazo 
namunasi paydo bo`ladi. 
III va IV sinf o`quvchilari o`z majmualariga yangi qog`oz 
turlarini oddiy qo`shish va namunalar ostiga u yoki bu turdagi qog`oz 
nomlarini yozib qo`yish bilan cheklanib qolmaydilar. Ular o`zlarining 
qog`oz va karton majmualari uchun namunalar tanlab, bu namunalarni 
eng muhim belgilari: vazifasi, pardoz turi, sifati bo`yicha 
guruhlaydilar. 
Namuna ostiga qisqa yozuv yoziladi, shu yozuv asosida material 
nomi, uning vazifasi, qo`llanish sohasi bo`yicha ma‘lumotga ega 
bo`lish mumkin. Masalan, «Bosmalash qog`ozlari» degan umumiy 
sarlavha ostiga kitob-jurnallar uchun, gazeta uchun, muqovalash 
uchun, afisha uchun, hujjatlar uchun degan yozuvlar ostiga namunalar 
joylashtirilishi mumkin. 


199 
Albatta, III va IV sinf o`quvchilari tomonidan texnologiya 
darslari va sinfdan tashqari mashg`ulotlarda qog`oz va kartonning 
aynan qaysi turlari amaliy qo`llanishini oldindan bilish qiyin. Bu 
amaliy ishlar mavzusi va materiallar borligiga bog`liq. Lekin barcha 
hollarda majmualar tuzish va tayyorlash bo`yicha ishlarning muhim 
ahamiyatini tan olish zarur. 

Download 7,65 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o

Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish