Tabiiy narsalar bilan ishlash metodikasi




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   114
Bog'liq
bosh

Tabiiy narsalar bilan ishlash metodikasi.
Tabiiy material bilan 
ishlashda darsni tashkil etish va o‘tkazish metodikasi qolgan turlardan 
darsdan oldin tabiiy materialni to‘plash tashkil etilishi bilan farqlanadi. 
I sinfda odatda tabiiy material o‘qituvchi rahbarligida ekskursiyalarda 
to‘planadi. 
Dars temasi: «Quritilgan barglardan kapalak applikatsiyasi». 
I sinfda ekskursiya uyushtirishdan oldin bolalarga bo‘lajak ish 
namunasi ko‘rsatiladi. Bolalar uni diqqat bilan ko‘rib, unda ishlatilgan 
barg plastinkalarining shaklini, daraxt navlarini aniqlaydilar. Shundan 
so‘ng uyushtiriladigan ekskursiya plani tuziladi. Ekskursiya marshruti, 
alohida e’tibor beriladigan ob’ekt (eman, zarang, akatsiya daraxtlari, 
hasharotlar, ninachi)lar aniqlanadi. O’quvchilarning e’tiborlari va 
aqliy faoliyatlarini kuzatilayotgan ob’ektdan mehnat darslarida 
ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan asosiy muhim belgilari, 
elementlari va xususiyatlarini ajratishga, to‘planayotgan materialni 
to‘g‘ri baholashga yo‘llaydigan savollar ro‘yxati tuziladi. 
Daraxtzorga kelganda bolalar kayfiyati ko‘tarilib, ular har narsaga 
qiziqish bilan qaraydilar, barglar, ularning ranglari bolalarni 
ajablantiradi. Ular kuzning butun go‘zalligini, uning ranglarini, 
to‘kilgan barglar hidi va ular o‘zining elastiklik xususiyatini 
yo‘qotganligini, qattiqlashib, sinuvchan bo‘lib qolganligini ko‘radilar. 
Bolalarning atrof-tabiat bilan zavqlanishlari kamayib borishiga qarab, 
ularning e’tibori barglarning shakli, daraxtlar navlariga karatiladi. Ana 
shu vaqtda o‘simliklarda sodir bo‘layotgan ichki jarayonlar qisqa va 
tushunarli formada bayon etib beriladi: o‘simlik yangi sharoitlarga 
moslashib, qishga tayyorgarlik ko‘ryapti. Barglarni to‘kish bu o‘ziga 
xos himoya turidir, chunki barglar suvni ko‘p buglantiradi, qishda esa 
tuproqdan namlik juda kam miqdorda keladi. 
SHundan keyin bolalarning e’tibori atrofda uchib yurgan kapalak, 
ninachilarga, ularning asosiy belgilariga jalb qilinadi. Uchib yurgan 
hasharotlar, ularning tuzilish formalari mehnat darslarida hasharotlar 


184 
applikatsiyasini tayyorlash uchun obraz, to‘plangan barglar material 
xizmatini o‘tashi kerak. 
Bolalar barglarni to‘plar ekanlar, ularning ranglari, shakllarini 
qiyoslashni o‘rganadilar, bu ular-ning kuzatuvchanligi va e’tiborligini 
o‘stirishga yordam beradi. To‘plangan barglar oldindan tayyorlab 
quyilgan daftar varaqlari orasiga qo‘yiladi. SHundan keyin 
o‘quvchilarga barglarning mehnat darslarigacha rangini yo‘qotmasligi, 
buralib ketmasligi uchun qanday ishlov berish kerakligi tushuntiriladi. 
Har bir ekskursiyada o‘quvchilarning e’tibori insonning yaratuvchilik 
mehnatiga aloatta jalb etilishi kerak. Ekskursiya oxirida unga yakun 
yasaladi, ekskursiyada egallangan bilimlar umumlashtiriladi. Bundan 
tashqari, o‘kuvchilarga uylarida kapalak va ninachilar tasviri 
tushirilgan rasmlarni ko‘rish, ularning tanasi va qanotlarining shakli, 
rangi qandayligiga alohida e’tibor berish topshiriladi. 
Bunday uyushtirilgan ekskursiyadan keyingi darsda bolalar 
applikatsiyalarni zo‘r ishtiyoq bilan namoyish qiladilar, agarda 
applikatsiyani o‘z istaklariga ko‘ra, o‘zlari to‘plagan materiallardan 
mustaqil yasash topshirilsa, qiziqishlari yanada ortadi. Bunday dars 
kuyidagi sxemaga ega bo‘lishi mumkin: 
1.Dars temasi va maqsadini aytish. 
2.Utkazilgan ekskursiya bo‘yicha suhbat: 
a) ekskursiyada qaerda bo‘ldik? 
b) qanday daraxtlarni ko‘rdik, ularning nomi qanday? 
v) ularning barglarining shakli bir xilmi? 
g) qanday xasharotlarni ko‘rdnk? 
3. Namuna razbori: 
a) kapalak qanday qismlardan tashkil topgan? 
b) uning qismlari qanday joylashgan? 
v) uni tasvirlashda qaysi daraxtlar barglaridan foydalanilgan? 
4. Ishni bajarish tartibini aniklash: 
a) 
kapalakning 
ayrim 
qismlarn 
(tanasi, 
qanotlari)ning 
joylashishinn grafik tasvirlash; 
b) kapalakning tanasi va kanoatlari uchun shakli hamda 
o‘lchamlari bir xil bo‘lgan barglarni topish; 
v) ularni kog‘ozda joylashtirish; 
g) ishni amaliy bajarish. 


185 
5. O‘qituvchining ishni bajarish usullari haqidagi tushuntirishlari. 
6. Applikatsiyani bajarish bo‘yicha mustaqil ish: 
a) kapalakning ayrim qismlarini kog‘ozda to‘g‘ri tasvirlash; 
b) shakl, o‘lcham va bo‘yoqlarni to‘g‘ri tanlash; 
v) elimlash ishlarini tartibli bajarish; 
g) kapalakning ko‘z va mo‘ylarini to‘g‘ri tasvirlash; 
d) ish bajarilgan qog‘ozning orqasida barglaridan foydalanilgan 
daraxtlarning nomlarini yozish; 
7. Ishni baholash. 
Ijodiy xarakterdagi ishlar: Masalan: «Baliqlardan kompozitsiya 
tuzish». O‘qituvchi umumiy vazifa be-radi, o‘quvchilar esa o‘qituvchi 
namunasi asosida o‘z variantlarini izlaydilar. 
Uqituvchi kelgusi darsda baliqlardan apshshkatsiya qilinishini 
aytib, uyda baliqlarning rasmlarini ko‘rish va kerakli materiallar (barg, 
urug‘, gul tojibarglari va shu kabilar)ni to‘lab olib kelishni topshiradi. 
Darsning sxemasi oldingisi bilan bir xil. Doksaga baliq rasmi 
tasvirlangan plakatni osib qo‘yib, bolalar bilan birgalikda baliq tanasi, 
baliqning boshi, kanotlari, dumining shakli razbor qilinadi. Baliq 
turiga ko‘ra baliqning tanasi, qanot va dumlari xar xil bo‘lishi 
mumkinligi aniqlanadi, shuning uchun bu nshda turli tabiiy 
materiallardan foydalanish mumkin bo‘ladi. 
SHundan so‘ng ishni bajarish tartibi aniqlanadi. 
Avval baliq qismlari uchun material tanlash, uning umumiy 
konturini chizish kerak. SHundan keyin kaysi detalning qanday 
tartibda elimlanishini, detallarning joylarini aniqlash va so‘ngra ishga 
kirishish lozim. Bunday yumushlar bajarilayotgan ishga ijodiy 
yondoshishni o‘stirishga yordam beradi. Darsga yakun yasash va 
bajarilgan ishni baholashda o‘qituvchi foydalanilgan materiallar 
nomini so‘raydi. 
Bu tabiiy materiallar bilan ishlash darsining taxminiy tuzilishidir. 
Har bir dars kompozitsiyalar tuzish, tanlash, material, o‘quvchilarning 
mustaqil ishlashlariga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. 


186 

Download 7,65 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish