• Mavzuga oid tayanch tushunchalar
  • «Applikatsiya
  • Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet61/114
    Sana21.06.2024
    Hajmi7,65 Mb.
    #264904
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   114
    Bog'liq
    bosh

    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
    1. Mehnat tarbiyasining mazmunini ayting. 
    2. Mehnat ta’limi turlarini ayting va ularni ta’riflang. 
    3. Mehnat tarbiyasining o‘quvchilarni kasbga yo‘llashdagi 
    ahamiyatini 
    ayting. 
    4. Mehnat faoliyatini tashkil etishga qo‘yiladigan pedagogik 
    talablar 
    nimadan iborat? 
     


    176 
    2-MODUL. TEXNOLOGIYA DARSLARINI TASHKIL 
    ETISH METODIKASI 
    19-MAVZU. APPLIKATSIYA VA MOZAIKA BILAN ISHLASH 
    DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI 
    1.Applikatsiya va mozaika san’ati haqida tushuncha.
    2
    .
    Applikatsiya va mozaika bilan ishlash texnologiyasi.
    3.Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini to‘g‘ri tashkil 
    etish talablari.
    4.Applikatsiya va mozaika ishlarining o‘quvchilar tarbiyasidagi 
    ahamiyati.
    5.Texnika xavsizligi qoidalari.
    Mavzuga oid tayanch tushunchalar: 
    Applikatsiya, mozaika, applikatsiya va mozaika
    bilan ishlash 
    texnologiyasi, 
     a
    pplikatsiya va mozaika 
    tarbiyaviy ahamiyat. 
    Tasvirlash texnikasining turli shakllari mavjud bo’lib ulardan bir 
    – applikatsiyadir. Applikatsiya - rang-barang qog’oz yoki mato 
    parchalarini biror narsaga yopishtirib yoki tikib naqsh, gul hosil qilish 
    usuli bo’lib, shu usulda hosil qilingan naqsh, gulga aytiladi. 
    Shuningdek, applikatsiya tasvirlash texnikasining turli shakllarini 
    qirqish va ularni fon(suratni orqa planida ko’rinib turadigan qismi) 
    tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga mustahkamlashga 
    asoslanuvchi turidir. 
    «Applikatsiya
    » tushunchasi xususiyatlari va uslublariga ko’ra 
    xilma-xil bo’lgan, lekin ishning bajarilish usulining o’xshashligi bilan 
    birlashgan badiiy asarlarni yaratish usullarini o’z ichiga oladi. Har bir 
    material applikastiyasi bajarish ish usuliga jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi 
    xususiyatlarga ega, masalan, qog’oz, limon, daraxtlar po’stloqlari 
    fonga turli yelimlar bilan yopishtiriladi. 
    Applikatsiya tayyorlash jarayonida eng sodda va oson hisoblanib 
    unga tabiiy buyumlar bialn ishlov berish mumkin. Asosiy material 
    qog’oz bo’lishiga qaramay, dazmollangan va kraxmallangan gazlama 
    bo’lakchalaridan ham foydalanish mumkin. Bu material bilan bir 
    qatorda quritilgan o’simliklar urug’i- danak, barglardan ham keng 
    foydalaniladi. Qog’ozning yaltiraydigan marmar, bosma gul 
    tushurilgan-barxat, kumush va bronza, rasm solish va chizmachilik 


    177 
    kabi bir qator qog’oz navlari applikatsiya uchun foydalansa 
    applikatsiya ishini sifatli qiladi. Applikatsiya ustida ishlash jarayoni 
    ma’lum izchillikda olib boriladi. Avval eskiz chizilib, so’ngra kerakli 
    detallar o’lchami va miqdori aniqlanadi, tayyor detallar ma’lum 
    tartibda joylashtirilib yopishtiriladi. 
    Hozirgi kunda applikatsiya har bir xalq san’atida juda keng 
    tarqalgandir. Applikatsiya eng yosh turi flaristikadir. 1960-yilda 
    dnyoda birinchi florist rassomlar jamiyati tashkil etiladi. 
    Dekorativ applikatsiya u naqsh, gullardan tashkil topib, alohida-
    alohida tasvirlardan tarkib topuvchi predmetli hodisa, harakatlar 
    uyg’unligini aks ettiruvchi syujetdan iborat bo’lishi mumkin. Eng 
    oddiy applikatsiyalar bu-geometrik figuralardan qilingan ornamental 
    applikatsiyalardir.
    Applikastiya san’atida kartina, pano, naqshlarni yaratish 
    shuningdek, ko’rgazmali qurollar, turli o’yinlar uchun qo’llanmalar, 
    o’yinchoqlar, bayroqlar, suvenirlar, devoriy gazetalar, stendlar, 
    ko’rgazmalar va kostyumlarni tayyorlash va bezash maqsadlarida
    ham keng foydalaniladi.
    Applikastiya san’atining manzarali bezash(dekorativ) turi naqsh, 
    gullardan tashkil topib, alohida-alohida tasvirlar (barg, shox, 
    qo’ziqorin, qush, mashina, odam, uy va shu kabilar) dan tarkib 
    topuvchi predmetli, hodisa, harakatlar uyg’unligini aks ettiruvhi 
    syujetdan iborat bo’lishi mumkin.Dekorativ applikastiya o’zining 
    naqshinligi, shaklining umumlashganligi, rangi bilan ajralib turuvchi 
    tasvirlardir. Qog’ozdan qilinadigan dekorativ apshshkatsiya keng 
    qo’llaniladi. Applikatsiyaning bu turi bilan tabrik telegrammalari, 
    taklifnomalar, 
    albom 
    va 
    shu 
    kabilar 
    bezatiladi. 
    Gazlama 
    applikatsiyasidan esa mato parchalarini fon xizmatini o’tovchi 
    materialga tikib naqsh yaratilshda foydalaniladi. Ayrim xalylar 
    gazlamadan yasalgan applikastiya bilan kiyim-bosh, uy-ro’zg’or 
    predmetlarini bezatadilar.Qog’ozdan naqsh qirqish applikastiyasi 
    san’at turi sifatida Ukraina va Belorussiyada naqshli parda-firanklar 
    qirqishgan. Qog’ozdan kartinalar yaratib, oynalarga yopishtirilgan. 
    Polshada bezak sifatida qirqilgan naqshlar yangi oqlangan devor va 
    shiplarga yopishtirilgan, bu ijod xalqda – visinanki 
     
    deb ataladi. 
    Applikatsiya 
    bilan 
    shug’ullanish o’quvchilarni garmonik 
    rivojlantirishda 
    katta 
    ahamiyatga 
    ega. 
    Applikatsiya 
    ijodini 


    178 
    rivojlantirishda 
    katta 
    yordam 
    beradi, 
    tasavvurni 
    boyitadi, 
    kuzatuvchanlik va diqqatni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, 
    chamalash 
    va 
    rangni 
    sezishni 
    o’stiradi. Boshlang’ich sinf 
    o’quvchilarini ijodkorligini oshirishda applikatsiya ishlaridan 
    foydalanishda turli metod va usullardan unumli foydalansagina dars 
    samaradorligini oshirishiga imkon yaratilgan bo’ladi. 

    Download 7,65 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   114




    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish