18-MAVZU. TEXNOLOGIYA FANI VA TARBIYASINING




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   114
Bog'liq
bosh

 


170 
18-MAVZU. TEXNOLOGIYA FANI VA TARBIYASINING 
UZVIYLIGI 
Reja: 
 
1.Mehnatga munosabat.
2.Texnologiya fani va tarbiyasining uzviyligi va ularning o’ziga 
xos jihatlari.
3.Integratsiyalashgan tarbiyaviy tadbirlarning samaradorligini 
oshirish omillari. 
 
Mavzuga doir tayanch tushunchalar: texnologiya fani va 
tarbiyasi, 
texnologiya 
fanining 
o’ziga 
xos 
jihatlari, 
integratsiyalashgan tarbiyaviy tadbir turlari 
Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi, texnologiya 
fanining xarakteri va mazmuniga, insonni hayotga tayyorlashga 
yuksak talablar qo‘yadi. Shunga ko‘ra har bir kishini hayotga 
tarbiyalashda aniq o‘zgarishlar qilishi lozim. Har bir o‘quvchida 
zamonaviy ishchi shaxsining sifatlarini shakllantirish uchun 
maktabning boshlang‘ich sinflarida va hatto ilgariroq maktabgacha 
muassasalarda, keyinroq maktabdan yuqori sinflardagi ta’lim va 
tarbiyani rivojlantirish, o‘z bilimlarini davom ettirishlari lozim. Butun 
kuch va qobiliyatlarini siyosiy bilim doiralarini kengaytirish, 
zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish va mehnatni har tomonlama 
uyg‘unlashtira olishga o‘rgatishdan iboratdir. О’quvchilarni mehnatga 
tarbiyalash va kasbga tayyorlash vazifalari 
boshlang‘ich sinflarda butun ta’lim va tarbiya tizimida hamda 
barcha o'quv predmetlari yordamida hal etiladi. Bu o‘rinda mehnat 
darslari yetakchi rol o‘ynaydi. Boshlang'ich sinflarda mehnat 
ta’limining ilk tushunchalari, malaka va ko‘nikmalari mehnat 
darslarida shakllantiriladi. Boshlang’ ich maktabdagi mehnat ta’ 
limining asosiy vazifalari mehnatga axloqiy, ruhiy tayyorlash va 
amaliy tayyorlash, о‘quvchilarni boshlang’ich politexnik bilimlar 
bilan qurollantirishdan iboratdir. Mehnatga axloqiy tayyorlash - o‘zaro 
do‘stona yordamni berishni, ijodiy tashabbuskorlik, tashkilotchilik 
qobiliyatlarini namoyish qilishni, mehnat kishilari va mehnat 


171 
natijalarini hurmat qilishni o‘rgatishdan iboratdir. Mehnat ta’limi va 
tarbiyasini tashkil etishda jamoa asosidagi mehnatni uyushtirish 
muhim masalalardan biridir. Zero, jamoa ishtirokida o‘tkazilayotgan 
mehnat jarayonida o‘quvchilarda do‘stlik, o‘rtoqlik, 
o‘zaro yordam va hamkorlik, jamoa mehnat samaralaridan quvonish 
kabi xislatlar tarbiyalanib boradi.Shuningdek, ularda tashabbuskorlik, 
tashkilotchilik, mehnatga ijodiy yondashish, jamoa manfaatini shaxsiy 
manfaatdan ustun qo‘yish singari axloqiy sifatlaming shakllanishiga 
poydevor qo‘yiladi. Mehnat jarayonida o‘quvchilarda mehnat 
madaniyatining unsurlarini hosil qilib borish muhim talablardan biri 
sanaladi. Ta'lim bilan birgalikda tarbiyani har bir xil rivojlantirish 
faqatgina ta'lim samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi metod va 
usullarni yaratibgina qolmay, tarbiya berish jarayonida ham yangicha 
yondashuv, yangivha metod va usullar yaratilishi har tomonlama 
barkamol shaxs tarbiyalashiga zamin yaratadi. Ta'lim tizimiga 
qaratilgan islohotlarning ham tub zamirida shu maqsadlar 
mujassamlashtirilgan. 
Ayniqsa, texnologiya fanlari bu tarbiyaning ilk bo'g'ini hisoblanadi, 
ularning uzviyligi-mehnat jarayonida tarbiya, tarbiya atrofida mehnat 
unib chiqishi va buni o'quvchilarga dars jarayonida yetkaza olish 
demakdir. Tarbiya boshlang'ich sinflardagina bo'lib qolmay, 
maktabgacha ta'lim muassasalaridan tortib yuqori sinflargacha tatbiq 
etiladi va takomillashtirilib boriladi. Toki, mehnat bor joyda tarbiyaga 
zamin yaratiladi va uning o'chog'i shu joydan boshlanadi, mehnatni 
tushuna olgan, uni amaliy shakllantirgan har qanday shaxs axloqiy, 
ruhiy, estetik tarbiyani ham o'zlashtira oladi.
Mehnat madaniyati - bajarilayotgan ishga ongli munosabatda bo‘lish, 
uni ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishi (puxta rejalashtirish, vaqtdan 
unumli foydalanish), ish o‘rnini ozoda tutish, mehnat (ish) qurollariga 
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, boshlangan ishni natijalash, uning 
samarali bo‘lishiga erishishga yo‘naltirilgan faoliyat ko‘rsatkichidir. 
Mehnat madaniyati tushunchasi o‘zida yana o‘quvchining mustaqil 
harakat olib borishini, mehnat qilishi va dam olishini to‘g‘ri tashkil eta 
olishni ham aks ettiradi. Mehnatga ongli munosabatni tarbiyalashning 
yana bir talabi o‘quvchilami ilm-fan, madaniyat, texnika va 
texnologiya borasidagi yangiliklardan boxabar etish, ularda mehnatga 
nisbatan qiziqishni hosil qilish, bu boradagi layoqat, qobiliyat va 


172 
iqtidorlarini oshirib borishdan iborat. Mehnatga 
ruhiy 
tayyorlash - 
o'quvchilaming yoshiga mos keluvchi ongli va ijobiy xususiyatlami 
tarkib toptirish, o‘quvchilaming mehnat malaka va ko‘nikmalarini 
egallashga qiziqishini shakllantirishdan iboratdir. O'qituvchining 
vazifasi o‘quvchilarga yoshligidan boshlab mehnat malaka va 
ko‘nikmalarini shakllantirish bilan birga o‘quvchilaming mehnatga 
qobiliyatini shakllantirish, jamiyat rivojlanishi uchun ishlab 
chiqarishda qatnashish zarurligini tushuntirish 
juda muhimdir. Mehnatga ruhiy tayyorlash o‘quvchilardagi turli 
psixologik jarayonlarni rivojlantirishni va takomillashtirishni nazarda 
tutadi. Bular: sezib-anglash, psixomotor, emotsional-idrok, diqqat, 
xotira, 
tafakkur- 
mehnatning 
psixologik 
komponentlaridir. 
O‘quvchilami mehnatga o'rgatishda uning ruhiy imkoniyatlarini 
nazarda tutib, hissiy bilish jarayonini takomillashtirish zarur. Bundan 
tashqari bolaning xotirasini o‘stirish ham alohida ahamiyatga ega. 
Chunki, mehnat faniga oid materiallarni eslab qolish va amaliy 
ishlarni bajarish boshqa predmetlarga nisbatan o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega. Barcha yangi asboblar, materiallarni, amaliy 
ishlaming nomini boshlang‘ich sinf o‘quvchilari predmetni ko‘rib 
idrok etish bilan fikran biriktirib, tinglab o‘rganadilar, tushunib 
oladilar. O‘qituvchi mehnat darslarida amaliy ishlami tushuntiribgina 
qolmay, balki asosiy materiallar va buyumlar namunasini, asboblami 
materialga ishlov berish usullarini, ish bosqichlarining izchilligini 
ko‘rsatadi. Shu bois mehnat ta’limida eshitish, ko‘rish xotirasi va 
harakatlanuvchi xotira muhim ro‘l o‘ynaydi. O‘quvchilarda mehnat 
darsidan mehnat darsigacha yangidan-yangi bilim va ko‘nikmalar 
mujassamlashib boradi, ularni esa anglash va xotirada saqlab qolish 
kerak. 
Mehnat 
ta’limini to‘g‘ri tashkil etish о'quvchilarni 
qiyinchiliklarni yengishga, qo‘yilgan maqsadga erishish yo'lida 
qat’iyat bilan mehnat qilish, boshlangan ishni chalatashlabketmay, 
balki oxirigayetkazishga o‘rgatish lozim. Bu o‘rinda o‘quvchilarda 
ijobiy natijalar: mehnatdan quvonish, lazzatlanish va qoniqish 
hissiyotlarining namoyon bo’lishi juda muhimdir. О‘quvchilami 
mehnatga amaliy tayyorlash. Boshlang’ich sinf mehnat ta’limida keng 
ma’nodagi mehnatning ilmiy asoslari haqida emas, mehnat ta’limning 
elementlari to‘g‘risida gap boradi. Bu o‘quvchilarda mehnatning 
yutuqlariga nisbatan qiziqish uyg‘onishiga yordam beradi. Politexnik 


173 
bilimga ega bo‘lish qo‘yilgan mehnat vazifalarini bajarishda yordam 
beradi. Shuningdek, bu bilim kerakli amaliy ish bosqichlarini qanday 
va qaysi izchillikda amalga oshirish, qanday asboblami qo’llash va 
uning sabablarini anglashga ko‘maklashadi. O’quvchilarni mehnatga 
amaliy tayyorlash mehnat ta’limining muhim omillaridan biridir. U 
o‘zaro bog‘langan bir nechta elementlardan: oddiy asbob va 
moslamalardan foydalana bilish, u yoki bu materialga ma’lum 
izchillikda ishlov bera olish, yo‘l qo‘yilgan xatoni o‘z vaqtida aniqlash 
va to‘g‘irlay olish kabilardan tarkib topadi. Mehnatga amaliy 
tayyorlashni faqat kerakli bilimlar bazasida amalga oshirish 
mumkin.U boshlang'ich sinflarda boshlang’ich politexnik bilimlarga 
asoslanadi. Mehnat ta’limining mazmuniga muvofiq o‘quvchilar 
mazkur yosh uchun qulay bo‘lgan materiallarga ishlov berish, 
qo’llaniladigan oddiy asbob va moslamalardan foydalanish malaka va 
ko‘nikmalarini egallaydilar. Oddiy asbob va moslamalar maxsus 
asbob va moslamalarning bosh asosi hisoblanadi. O’quvchilar ta’lim 
jarayonida va darsdan tashqari sharoitlarda mehnatning ijtimoiy 
jamiyatda tutgan o‘rni va rolini, inson kamolotini ta’minlash omili 
ekanligini, shaxsning qobiliyati va iqtidorini mehnat jarayonida 
takomillashib borishini hayotiy misollar yordamida bilib olishlari 
lozim. Mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etishda bugungi kunda 
an’anaviy va noan’anaviy shakllardan foydalanilmoqda. Xususan, 
mehnat bayramlari, ishlab chiqarish ko‘rgazmalari, hashar, “Mohir 
qo‘llar” tanlovi, “Quvnoq shahar ustaxonasi”, “Yosh radiotexniklar 
to‘garagi” va ijodiy markazlar faoliyati, shuningdek, ustozshogird 
an’analari asosida faoliyat olib boruvchi yakka tartibdagi kasb-hunar 
ta’limi va boshqalar. Mehnat tarbiyasi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan ta’lim 
muassasalarida o‘quvchilar maktabga kelgan dastlabki kunlardanoq 
o‘zlarining yosh va psixologik xusnsiyatlariga mos mehnat faoliyatiga 
jalb qilinadilar. Bunda ular o‘z-o‘ziga xizmat qilish borasidagi eng 
oddiy yumushlarni bajaradilar (chunonchi, sinf xonasi ozodaligini 
saqlash, o‘quv qurollarini ta’mirlash, kitoblarni yelimlash, o‘quv 
anjomlarini darsga tayyorlash va hokazolar). 
Mehnatga ruhiy, axloqiy va amaliy tayyorlash jarayonida 
o‘quvchilarda mehnatsevarlik, mehnatni tashkil etish jarayonida 
intizomga bo‘ysunish, maqsadni amalga oshirish yo’lida shijoat, 
qat’iyat ko‘rsatish, axloqiy-irodaviy xususiyatlar tarbiyalanib boradi. 


174 
Mehnat ta’limi vazifalari haqida gapirilganda, o‘quvchilarda 
mehnatsevarlik, mas’uliyat, intizomlilik, burch hissi, jamoatchilik 
hissini tarbiyalashni tilga olmaslik mumkin emas. Shu bilan birgalikda 
mehnat odamlar tirikchiligining moddiy va ma’naviy ta’minotining 
vositasi, jamiyat taraqqiyotining eng muhim omilidir. O’quvchilarni 
barkamol shaxs bo’lib voyaga yetishida mehnat ta’limining roli ko‘p 
qirralidir. Mehnat o‘quvchilaming bilim olishiga intilishlarini 
qo‘zg‘atuvchi vositagina emas, balki uning manbayi hamdir. Mehnat 
ta’limi jarayonida o‘quvchilami aqliy jihatdan o‘stirishda jismoniy va 
aqliy mehnatni almashtirib turish muhim ahamiyatga egadir. Biroq har 
qanday 
mehnat 
ham 
aqliy 
o‘sishga yordam bermasligini 
unulmasligimiz kerak. Mehnat ta’limi shaxsning eng muhim iroda va 
axloqiy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Mehnat ta’limida 
mehnatga psixologik tayyorgarlik, mehnat faoliyatining to‘g‘ri 
motivlari tarbiyalanadi, shaxsning har bir ongli mehnatkash uchun 
zarur bo‘lgan sifatlari shakllanadi. Darslarning jihozlanganligi o‘z 
mehnati 
uchun 
shaxsiy 
mas’uliyatni, 
mehnat 
madaniyatini 
tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Agarda bolalar yomon 
jihozlangan sinfda, qo‘pol, og‘ir va yoshlariga nomunosib asboblar 
bilan shug‘ullansalar ish natijalari ko‘ngildagidek bo‘lmaydi.Agarda 
bola har bir qadamda tartiblilikka, aniqlikka rioya qilish lozimligiga 
ishonch hosil qilmasa, bolalarni tarbiyalashda muvaffaqiyatga erishish 
haqida gapirish qiyin. Mehnat malaka va ko‘nikmalari u yoki bu 
mehnat jarayonida belgilangan tartibga va harakat izchilligiga rioya 
qilish kerakligini muntazam tushuntirib borish bilan birga bo‘ladigan 
ko‘p mashq qilishlar natijasida tarkib topadi. O'quvchilar o‘rtasida 
yo'lga qo‘yilgan o‘zaro yordam esa, ularda do‘stlik, birodarlik, 
umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlami tarbiyalaydi. Ta’lim 
muassasalarida mehnat ta’limi va tarbiyasini olib borish maxsus dastur 
asosida amalga oshiriladi. Mehnat ta’limi dasturi namunali 
xususiyatga ega. Unda maktab, o‘qituvchi va o‘quvchilar mehnat 
faoliyatini baholash bo‘yicha ta’lim va tarbiya natijalariga nisbatan 
davlatning minimum (eng kuchli) talablar aks etadi. Mehnat tarbiyasi 
jarayonida bu boradagi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish 
maqsadning o‘zigina va pedagogik faoliyatning yakuniy mahsuli 
emas, balki eng muhim insoniy layoqat —mehnat qilish layoqatini 
rivojlantirish uchun vosita hisoblanadi. Shu bois bugungi kunning 


175 
talabi mehnat ta’limini tashkil etishda reproduktiv metodlar rolini 
kamaytirib, yuksak darajadagi mantiqiy fikrlash hamda yaratuvchanlik 
asosini hosil qiluvchi faol tadqiqot metodlaridan foydalanish 
hisoblanadi. Mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkiliy shakllarini 
o‘qituvchilar yosh, psixologik xususiyatlari, mahalliy shart-
sharoitlardan kelib chiqqan holda tanlaydigan. Mehnat tarbiyasini 
yo‘lga qo‘yishga shunday shakl va metodlardan foydalanish lozimki, 
natijada mehnat insonning eng sevimli mashg‘ulotiga aylansin, shaxs 
mehnati samarasi, yutug‘i va quvonchi bilan yashay olsin. 

Download 7,65 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  18-MAVZU. TEXNOLOGIYA FANI VA TARBIYASINING

Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish