Keys yuzasidan savollar:
25.10.1999 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan O.ning psixologik holati aniqlansin, uning psixologik holati me’yorida-mi?
U psixologik holatiga ko‘ra o‘zi bilan bo‘ladigan harakatlarni xususiyati va ahamiyatini, shuningdek yuqoridagi voqea tafsilotini, unga nisbatan sodir bo‘lgan shahvoniy harakatlar mohiyati va ahamiyatini tushunadimi?
U hozirgi psixologik holatiga ko‘ra to‘g‘ri ko‘rsatuv berish va boshqa tergov harakatlari o‘tkazish hamda sudda ishtirok etishga qodirmi?
2-vaziyat
2014 yil 15 avgust kuni soat 22:30 larda fuqaro X. Buxoro tuman “Farxod” MFY hududida joylashgan “Zarafshon” fermer xo‘jaligi ekin yerida 1999 yil 07 yanvar’ kuni tug‘ilgan R.ning 16 yoshga to‘lmaganligini bilgani holda unga nisbatan zo‘rlik ishlatib, g‘ayritabiiy usulda jinsiy aloqa qilgan.
Mazkur holat bo‘yicha voyaga yetmagan 07.01.1999 yilda tug‘ilgan R.ning unga nisbatan sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish vaqtida uning psixologik (ruhiy) holatini aniqlash maqsadida uni psixologik ko‘rikdan o‘tkazish lozim.
Mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasi JPK ning 68-moddasida ko‘rsatilgan huquq va majburiyatlari tushuntirilsin, ular bilan turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri xulosa berganligi taqdirda O‘zbekiston Respublikasi JK ning 238-240-moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirsinlar.
|