• 1. ADABIYOTLAR SHARHI
  • Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi




    Download 3,55 Mb.
    bet6/16
    Sana23.07.2021
    Hajmi3,55 Mb.
    #15763
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Ishning tuzilishi va hajmi. Magistrlik dissertasiya ishi kompyuterda terilgan 80 ta sahifadan iborat bo'lib, ish kirish, adabiyotlar sharxi, qo'llanilgan uslublar va ashyolar, olingan natijalar va ularni taxlili, xulosa va adabiyotlar ro'yxatini o'z ichiga oladi. Mazkur ishda 13 ta jadval, 9 ta rasm, 1 ta sxemalar keltirilgan.

    1. ADABIYOTLAR SHARHI

    1.1. Suvo'tlarining oqova suvlarni tozalashdagi ahamiyatini o`rganilganlik darajasi

    Buxoro viloyatidagi ayrim kichik suv havzalari ilk bor I.A.Kiselev (1926,1930) [ 10,11,12 ] tomonidan o`rganilgan. Uning ma`lumoti bo`yicha Buxoro, Samarqand va Kattaqo’rg’ondagi hovuzlardagi suvo’tlarni rivojlanishiga suvning fizik kimyoviy xususiyatlarining o’zgarishining ta’sirini o’rgangan. Bu joylarda suvo’tlarining 363 turi uchraganligi, ulardan 35 ta turi ko’k-yashil, 9 ta turi oltin tusli, 2 turi sariq-yashil, 16 ta turi pirofit, 59 ta turi evglena, 145 ta turi yashil va 95 ta turi diatomlardir.

    I.A. Kiselev 1926, 1930 yillarda eski Buxoro va Samarqand shahri atroflaridagi ayrim suv havzalarda, hovuzlar va soylarda suvo`tlar tarkibini o`rganib, ularning mavsumiy o`zgarishini aniqladi. Eski Buxoro hovuzlarida 364 turdan ko`k-yashillar 30, xivchinlilar 97, peridiniylar 11, yashil suvo`tlar 108, kon`yugatlar 20, diatom suvo`tlar 98 tur va tur xillarini tashkil etadi. Bundan tashqari yil davomida tekshirishlar olib borib, suvo`tlar florasini ekologik sharoitlarini va mavsumiy o`zgarishlarini birinchi marotaba ko`p tomonlama ochib berdi. Samarqand atrofidagi suv havzalarida 177 tur va tur xillari uchrab, ular Cyanophyta13, Chrysophyta 32, Bacillariophyta 77, Charophyta 77 tur va tur xillarini ekanligi ma`lum bo`ldi. Muallif bu suv havzalarining kimyoviy va biologik tahlilini umumlashtirib, qisqacha gidrobiologik xarakteristika ham bergan [12].

    I.A. Kiselev Eski Buxoro hovuzlari protokokklari florasini Yava orollari va ayrim Afrika ko`llari florasi bilan taqqosladi. Uning ta`kidlashicha, Samarqand, Kattaqo`rg’on va Jizzax hovuzlari eski Buxoro hovuzlaridan turli tomonlari bilan farq qiladi. Planktonlar ancha kam. Bu er uchun Lepocinclis texta xarakterlidir. Suv ostida ko`k-yashil suvo`tlar uchraydi. U sho`r suvlarda o`suvchi Nitzschia apiculata, N. obtusa, N.reverza va boshqa turlarni ko`rsatib berdi. U Lepocinclis texta, Carteria cordiformis larning xususiyatlarini o`rganib, suvni "gullatishi" da ishtirok etishini ko`rsatdi. Olim tomonidan aniqlangan turlarni deyarli yarmidan ko`pi obligat plankton suvo`tlar, qolgan qismini fakul'tativ planktonlar tashkil etadi.

    A.E.Ergashev (1964) [31] Buxoro viloyatidagi kollektor va zovurlar suvo`tlari florasini o`rgangan. Tadqiqotlar natijasida hammasi bo`lib, 365 ta tur va tur xillari aniqlangan bo`lib, ulardan 2 tasi xaralar, 4 tasi pirofitalar, 12 tasi evglenalar, 78 tasi ko`k-yashil, 42 tasi yashil va 157 tasi diatom suvo`tlariga mansub ekanligi va ularning mavsumiy rivojlanishi to`g’risidagi ma`lumotlar ham keltirilgan.

    A.M.Muzafarov va K.Yu. Musaevlar (1961) [17] Zarafshon daryosi havzasida joylashgаn quyimozor va To`dako`l suv omborlari al'goflorasini tadqiq qilish natijasida, quyimozor suv omborida hammasi bo`lib 192 ta suvo`tlari turlari, tur xillari va formalarini, shu jumladan 40 ta yashil, 38 ta ko`k-yashil, 101 ta diatom, 7 ta evglena, 4 ta pirofit va 2 ta xara suvo`tlari bo`lsa, To`dako`l suv omborida hammasi bo`lib, 202 ta tur va tur xillari aniqlangan bo`lib, ulardan 31 tasi yashil, 52 tasi ko`k-yashil, 106 tasi diatom, 8 tasi evglena, 2 tasi pirofit va nihoyat 3 tasi xara suvo`tlariga mansub ekanligi aniqlangan.

    Kollektor suvlari tarkibidagi tuzlar va ionlar Cl, SO4, Ca va Mg tuproqda yig’ilib, o`simliklarning o`sishi va rivojlanishiga zararli ta`sir qilishi o`rganilgan. A.N.Kostyakov (1951) [83] natriy tuzlarining o`simlik uchun zaharliligini Na2CO3: NaCl: Na2SO4=5:2:1 shu tartibda aniqlagan. V.A.Kovda (1961) ham shunga o`xshash formani aniqlagan Na2CO3:NaCl:Na2SO4 - (4-5) : (2-3): 1. Natriy karbonat bikarbonatga nisbatan o`simlik uchun 4 barobar zaharli. Natriy tuzlari magniy tuzlariga nisbatan o`simlik uchun kuchli zaharlidir.

    E.Chembarisovning (1981) yozishicha, Buxoro viloyatidagi kollektorlar suvining tarkibi xloridli-sul'fatli-magniyli-natriylidir.

    T.V.Vasigov (1971) mikroskopik suvo`tlarini o`stirish uchun qo`y go`ngidan foydalanishni taklif qilgan. Xlorokokk yashil suvo`tlarini qo`y go`ngidan tayyorlangan sharbatga ekilganda, ularning o`sib rivojlanishi mineral ozuqa muhitdan ham yuqori bo`lgan. A.M.Muzafarov va boshqalar.(1974) [17] xlorella va stsenedesmusni o`stirish uchun parrandalar va pilla chiqindisidan foydalanishni taklif etgan. "04" mineral ozuqa muhitga organik chiqindilardan qo`shib, tayyorlangan ozuqa muhitda suvo`tlarini o`sishi yaxshi bo`lgan. Xlorella va stsenedesmus hujayralarining kattalashganligi kuzatilgan. Parranda go`ngidan tayyorlangan sharbatning kontsentratsiyasi 6-10 g/l bo`lganda, suvo`tlarining hosildorligi bir kun ichida 1 m3 suvda 17,5-33 quruq moddani tashkil etadi.Markaziy Osiyo baliqchilikka ixtisoslashgan hovuzlarning suvo’tlar florasi dastlabki ma’lumotlarK.E.Hirn va C.N. Ostenfeld larning ishlarida uchraydi.

    K.E.Hirn[36] ning ko’rsatishicha, Norin daryosining yuqori qismlarida hovuzlarida suvo’tlarining 56 ta turi uchrashini ta’kidlaydi. Ularga misol qilib Spirogyra weberi,Diatoma hiemala var mesedon, Synedra acus, Eunotia diodan, E roeripta larni misol qilib keltirib o’tish mumkin.

    C.N.Ostenfeld[37] Sirdaryo havzasidagi daryo, ko’ va havzalarda suvo’tlarni 127 turini keltiradi. Cylindrospermum stagnale, Ankistrodesmus longissimus, Stephanotdiseus astrola,Amphiphulora pellucidashular jumlasidandir.

    A.M. Muzafarovning ta`kidlashicha, Urgut buloqlari anchagina yirik, 70 sm gacha tiniq, yuza hosil qilib, suv harorati 1800C gacha etadi. Planktonlar deyarli uchramaydi. Namunalarda diatom suvo`tlardan: Synedra biceps, Gyrosigma sp., Nitzschia sigmoidea, Cymotopleura solea, Surirella bisseriata, S.elegans, Campylodiscus noricus var. hibernicus lar uchraydi. Suv tubida esa, Chara va Fontinalis o`sadi, shu joyda spirogirani 1 turi, diatomlardan 16 tur borligini aytib o`tgan [17].

    V.I. Polyanskiy Samarqand shahridagi ba`zi sug’orish kanallari, ko`lmaklar va hovuzlardan al'gologik namunalari to`pladi. Bu namunalardan suvo`tlarning 25 turini aniqlab, ularni qisqacha tavsifini berdi. Ularning 3 turi xivchinlilar, 9 yashil suvo`tlar va 13 turi ko`k-yashil suvo`tlar hisoblanadi.1963-1964 yilda P.N.Saksena[24], [25] Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tumanidagi Kalgan-Chirchiq baliqchilik xo’jaligi hovuzlarini o’rganilgan.Ma’lum jami o’rganilgan 12 ta hovuzdan suvo’tlarni 522 ta tur xillarini aniqlagan. Aniqlangan turlardan 40% diatomlar, 33% yashil suvo’tlar, 16% ko’k-yashil suvo’tlar egallagan bo’lsa, qolgan qismini evglena, oltin tusli, pirofit suvo’tlari tashkil etgan. Algosenozda Palmila microscopika, Pediastrum duplux, Cocpocuctimplancnoniea, Mikrocystik aeruginosa, Comphosphoeria lakustris, Melosira granulata kabi turlar dominantlik qiladi.

    Turkmanistondagi Qayroqqum kanali hududida joylashgan baliqchilik hovuzlaridagi fitoplanktonlar N.Kanoda[12], [13]tomonidan o’rganilib u joylardan 77 ta tur va tur xillari aniqlandi. Ularni 13 ta turi ku’k-yashil, 11 ta turi diatom, 2 ta turi oltin tusli, 3 ta turi pirofit, 2 ta turi evglena va 46 turi yashil suvo’tlaridir. Azot, fosfor kabi mineral o’gitlar ta’sirida Coelastrum retukulatum, Sehroederie murusmomedia, Punktata mogul rivojlangan.

    Olma-Otadagi baliqchilik xo’jaligiga boqilayotgan oq amur balig’ning oziqlanishini o’rgangan M.D.Rozmаnova [16] uning chavoqlik davridan voyaga yetgan davrigacha suvo’tlarini rolini o’rgangan. Xovuzlarda azot va fosfor kabi o’g’itlarni qo’llash natijasida Pediastrum oryonum, Scenedusmus puadcauda, Volvox globator, Eudorina elegans, Carteria globosa kabi suvo’tlar dominantlik qilgan.

    A.E.Ergashev ma’lumotlariga ko’ra[16], [17], qazilgan hovuzlarda Spirogyra calospora, Sp. classa, Manguatea punktata, Mikrospora kabi suvo’tlar yaxshi rivojlanadi.Ularning 1m2yuzadagi biomassasi 1 kg og’irlikni tashkil etadi.Bu joylarda Chara controria aniqlangan yozda Palmella miniotadominantlik qildi.Uning soni 1sm3 suvda 10-11ming nusxani qishda esa ancha kamayib 2150 nusxani tashkil etdi.

    Hovuzda aniqlangan fitoplanktonlar tarkibida quydagi suvo’tlar uchraydi:Ceratium hirundinella, Euglena acus, E.oxyuris, Phociscoudatis codatus, Glolacapsa mantona, Oscillatoria limosa, O. tenuis, Navicula radiosa, Nitzshia microuphola.

    Tiniqlik 30-40 sm bo`lsa, suv quyiladigan joyda 5- Surxonbiologik hovuz viloyati Denov tumanidagi suvi quyilib to`ldiriladigan hovuzlar mavjud bo`lib, eni 65-70 dan 125-130 m gacha, uzunligi 1 km ni tashkil etadi. Bu orada ikkita to`g’on mavjud. Hovuzlarning suvining tiniqligi turli fasllarda turlicha. To`g’on yonidа 10 sm ni tashkil etadi[23], [24].

    Xovuzlar suvining minerallari 212 mg/l, yong’inlar davrida ba`zan 1154 mg/lgacha etadi. Bu grunt suvlarining ko`tarilishi bilan izohlanadi. Bunda asosan SO4'' vaSO'' anion va kationlaridan iborat.

    Xovuzlarda kuchli filtrlanuvchi oziqa muhitiga o`ta kambag’al gruntda barpo etilgan. hovuzlar suvining hajmi tezda o`zgarib turadi. Suv hajmining o`zgarishi uning tiniqligi, harorati vaboshqa ekologik xususiyatlariga keskinta`siretadi. Bularning barchasi fitoplanktonlarning son va miqdor jihatdan rivojlanishiga aks ta`sir etadi. Xovuzlarda yuksak suv o`simliklari juda kam tarqalgan. Ayrim joylarda qamish yakka-yakka holda o`sgan.

    Fitoplankton ancha kam. Plankton namunalardan 25 tur va tur xillari aniqlangan. Ularning 6 turi ko`k-yashil, 7 turi yashil, 12 turi diatomlardir. Bularning birortasi ommaviy tarzda rivojlanmagan. Ko`pchiligi yakka-yakka uchradi. Bularga Oscillatoriaamoena, O. geminate, Phormidiumcorium, Closteriumparvulum, Scenedesmusacuminatus, Dictyosphaeriumpulchellum, Naviculacincta, Achnantheslanceolata va boshqalar kiradi.

    Bu hovuzlarda fitoplanktonning kamligi suvdagi tiniqlik, harorat va minerallar miqdorining pastligi bilan tushuntirib o`tgan.

    Olim yana Qashqadaryo biologic hovuz viloyati Yakkabog’ tumanidagi 1958-1959 yillarda qurilgan hovuzdagi fitoplanktonlarni ham o`rgangan. hovuzlarning chuqurligi 1-1,5 m dan 3,5-4 m ga etadi. Suvning tiniqligi o`rtalarida 2-2,5 ni tashkil etsa, chetlarida 1-1,5 m dan oshmaydi. Suvning harorati turli fasllarda turlicha bo`lishi kuzatilgan[23], [24]. Suvdagi ionlar miqdori bahorda 11, 370 g/l ni tashkil etsa, kuzda 16, 470 g/l ga etadi. Ionlardan asosan SO4, Mg iborat. Ammoniy nitrat 0,72 dan 0,79 mg/l bo`ladi. Suvdagi tuzlar miqdorining bu qadar ko`pligi tuproqning sho`rligi va grunt suvlari tarkibidagi tuzlarning ko`pligi bilan izohlangan.

    Fitoplanktondan 51 tur va tur xillari aniqlangan bo`lib, ulardan 12 turi ko`k-yashil, 2 turi yashil, 3 turi evglena va 34 turi diatom suvo`tlardir. Ulardan Chlorellavulgaris, Oscillatoriageminate, O. laetevirens, Euglenaoxyuris, Mastogloiasmithii, Nitzschiasigma va boshqalar dominantlik qilgan.Bir qator olimlarning ma’lumotlariga ko’ra[18], [19], [16], [11] Markaziy Osiyo sharoitiga ko’ra baliqlar asosan dekretlar plankton-bentos suvo’tlari, suv botqoq o’simliklari bilan oziqlanadi. Farxod suvomborida qamish, qo’g’a, redest, suvayiqtovonikabi o’simliklar ko’p uchraydi. Bundan tashqari baliqlari chavoqlari oziqlanish uchun fitoplankton va fitobentos suvo’tlari dominantlik qiladi.

    Farg’ona vodiysi Namangan viloyati hududida joylashdan Kalgandaryo ko’lida tadqiqot olib borgan T.B.Vosvegov va boshqalarni ma’lumotiga ko’ra,bu joydan suvo’tlarning 59 ta tur va tur xillari uchraydi.Ulardan 18 tasi ko’k-yashil, 1 tasi pirofit bittasi esa oltin tusli, 22 tasi diatom, 2 tasi evglena, 11 tasi yashil va 4 turi xara suvo’tlari xisoblanadi.

    Fitoplanktonda quyidagi suvo’tlar ko’p uchraydi:Oscillatoria prinkeps, O. nigra, O. tenues, Borzia trilacularis, Hormidium ambiguum, Nodularia spumigena Peridinium cinctum, Nitzschia acucularis, N, porvula, N. palea, Navicula tuscula, Diatoma hiemale, Nedium produktum, Navicula cuspidate, Cyclotella, comta, Stouroncis phoenicontron, Siderocystis fusca, Coenococcus plantonica, Tetraedron triongilare, Ponderina morum, Chlomyodomonos globosa, Clostrium acerosim va boshqalar. Bu havzada xara suvo’tlaridan Nitillopsis obtuse, Chara domonii. Ch aculeilate lar tarqalgan.

    F.K.Komilovning ma’lumotlariga ko’ra laqqa, zog’ara, cho’rtan, leshch, qizilqanot va boshqa baliqlar turlari yashaydi. Yuqori nomlari keltirib o’tilgan suvo’tlar chuqur ushbu baliqlarni rivojlanishida kata ahamiyatga ega.

    Qirg’ziston Respublikasi O’sh viloyati hovuzlarida suvo’tlarining Melosira granulate.var angustissima, Pediastrum duplex, Diktyosphaerium anomalum, Cocnacystis planktonika, Cocnococuc planctonika, Chlomydomonenos proboscigera, Synedra ulna, Golencinia rediota, Scenedesmus opoliensis. Bu hovuzlarda uchragan suvo’tlarni rivojlanishi sunning tiniqligi, tuzlar miqdori, o’g’itlash rejimi va hovuzning chuqurligi hamda maydonga bog’liq[23], [24].

    Markaziy Osiyodagi va ko’llar uchun xos suvo’tlarMicrocystis aeruginosa flos-aqua, Oscillatoria granilalabuturlar suv havzasini gullatishi haqida aytib o’tilgan.

    Ko’pchilik suvo’tlar Markaziy Osiyoning yoz oylarida haroratning yuqori bo’lishi,organik moddalarni kamligi, tuz miqdorini balandligi, biogenlarni suniyravishda ko’yayib borishi yuqorida aytib o’tilgan suvo’tlar turlarini haddan ortiq ko’payishiga, boshqalarni esayo’qolishiga sabab bo’ladi. Markaziy Osiyoning hovuzlarida ayrim tur va tur xillari yil fasllarining ma’lum vaqtida rivojlanadi, ko’pchilik suvo’tlar yil fasllarining barcha vaqtida deyarli o’zgarmagan vaqtida uchraydi.

    Baliqchilik xovuzlari algoflorasi va ularning rivojlanishida tashqi muhit omillarining roli to`g’risidagi so`nggi ma`lumotlarni AlimjanovaX.A. [1] keltirib o`tadi. U Kalgan-Buxoro va Damashi baliqchilik xo`jaliklari xovuzlaridan suvo`tlarning 601 turi aniqlagan. Ular 8 bo`limga mansub bo`lib, 103 turi ko`k-yashil, 1 turi qizil, 5 turi sariq-yashil, 8 turi oltin tusli, 242 turi diatom, 5 turi dinofit, 44 evglena, 193 turi yashil suvo`tlar hisoblanadi. Kalgan-Buxoro baliqchilik hovuzlarida indikator-saprob suvo`tlarning 195 turi uchraydi. Uning saproblik indeksi 1,95 ga teng.

    Zarafshon biologik hovuzi o`rta oqimi va ayrim suv havzalari algoflorasi va ularning rivojlanishiga ekologik omillarning ta`siri to`g’risidagi ma`lumotlarni Toshpo`latov Y.SH. [26], [27] ishlarida kuzatish mumkin. U bu hududdan suvo`tlarning 331 tur va tur xillarini aniqlagan. Ularning 64 turi ko`k-yashil, 218 turi diatom, 10 turi evglena, 2 turi pirofit va 37 turi yashil suvo`tlardir. Donaboyev Sh.(2012) Samarqand viloyati Payariq tumanidagi baliqchilik xo’jaliklari algaflorasi birinchi marta o’rganilayapti. Undan tashqari baliq boqiladigan hovuzlarda tarqalgan fitoplanktonlarni mavsumiy dinamikasi va ularni yuqoridagi ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida xulosa qilish mumkin, Buxoro shahri oqova suvlari tarkibidagi indikator -saprob suvo`tlar o`rganilgan emas.



    Download 3,55 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 3,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi

    Download 3,55 Mb.