jadval 1 Buxoro viloyati va unga yondosh joylarda havoning o`rtacha oylik harorati, daraja hisobida




Download 3,55 Mb.
bet9/16
Sana23.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#15763
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
jadval 1

Buxoro viloyati va unga yondosh joylarda havoning o`rtacha oylik harorati, daraja hisobida






I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

XI

XII

Buxoro

-0,0

2,6

8,3

16,4

22,2

22,6

28,0

25,4

20,0

13,0

6,4

2,2

Qorako`l

0,4

3,4

8,9

16,7

23,1

27,5

29,3

26,8

21,1

13,9

6,7

2,0

Oyoqog`itma

-0,6

1,0

7,5

15,9

23,1

28,6

31,3

28,7

22,1

13,6

5,7

0,4

Jing`ildi

-0,1

2,3

7,9

16,6

23,7

29,0

31,5

29,1

23,1

14,4

7,1

2,1

Navoi

1,0

3,8

8,4

15,8

21,7

26,3

28,3

25,9

19,9

13,3

7,1

2,7

Tomdi

-2,5

0,2

6,3

15,2

22,3

27,7

30,4

27,9

21,2

12,7

4,8

-0,9

Umuman olganda viloyat iqlimi resurs sifatida bebaho tabiiy boylikdir. Ayniqsa quyoshli damlarning, foydali haroratning etarlicha bo`lishi o`lka iqlimining ijobiy sifatlari hisoblanadi. Viloyat hududi cho`l zonasida joylashganligi tufayli doimiy oqadigan suv manbalariga ega emas. Miqdori kam bo`lgan atmosfera yog’inlari aksariyat maydonda oqimlar hosil qilmasdan er ostiga shimiladi, parlanadi va o`simliklarni o`sishiga sarf bo`ladi. Bahorda ba`zan qishning seryomg’ir pallalarida Quljuqtog’ tizmasi, Jarqoq, Saritosh platolar bag’ridagi kichik-kichik soylar qisqa muddatda "jonlanadi". Ularning suvlari uzoqlargacha etmasdan yo`l-yo`lakay sarflanib tugaydi. Buning ustiga bu umri qisqa suvlarning yemirish ishlari, qum va gil oqiziqlari talaygina maydondagi o`tloqlarni nobud qiladi. Xuddi shu pallalarda viloyatning cho`l zonasidagi taqirli maydonlarda yomg’irlar hisobidan suv jilg’alari va xalqobchalar hosil bo`ladi. Vaqt o`tishi bilan bular ham "g’oyib" bo`ladi. O`tmishda tadbirkor chorvadorlar bunday mahalliy suv manbalaridan samarali foydalanganlar. Bugungi kunda yuqorida qayd qilingan suv manbalaridan ota-bobolarimiz tajribasi asosida unumli foydalanishni yo`lga qo`yish ahamiyatlidir.

Buxoro viloyatining suvga bo`lgan talabi azaldan tog’li erlar hisobidan to`yinadigan Zarafshon daryosi hisobidan qondirilgan. Daryoning yuqori qismida suvga bo`lgan talabning orta borishi tufayli viloyat hududiga yetib keladigan Zarafshon suvining ulushi yillar sari kamayib keldi. Karmana tog’ oralig’i yo`lagida uning o`rtacha yillik suv sarfi 1980 yillargacha 100-120 kub. metr sekundni tashkil qilgan bo`lsa, 1990 yillarning boshlarida esa 70 kub. metr sekund atrofida bo`ldi xolos. Hozirgi kunda daryo suvi Navoiy viloyati hududi doirasida batamom tugaydi. Zarafshonning Buxoro viloyatidan o`tgan qismi Markaziy Buxoro zovuri deb nomlangan, oqova va kollektor suvlarini oqizadi. Zarafshonning quyi qismida vujudga kelgan suv tanqisligi Amu-Buxoro mashina kanalini qazishni taqozo qildi. 1962 yilda Amu-Qorako`l, 1965 yilda Amu-Buxoro kanalining birinchi novbati, 1975 yilda esa ikkinchi novbati (uzunligi 232 km.) foydalanishga topshirildi. Bu kanal Chorjo`y shaqri yaqinidan boshlanib Dengizko`l platasi etaklarigacha o`z oqimi bilan keladi.




Download 3,55 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Download 3,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



jadval 1 Buxoro viloyati va unga yondosh joylarda havoning o`rtacha oylik harorati, daraja hisobida

Download 3,55 Mb.