-BOB. TADQIQOT OLIB BORILGAN JOYNING FIZIK- GEOGRAFIK TAVSIFI1.TADQIQOT OB'EKTI VA METODLARI




Download 3.55 Mb.
bet8/16
Sana23.07.2021
Hajmi3.55 Mb.
#15763
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
2 -BOB. TADQIQOT OLIB BORILGAN JOYNING FIZIK- GEOGRAFIK TAVSIFI1.TADQIQOT OB'EKTI VA METODLARI

2.1. Tadqiqot olib borilgan joyning xususiyatlari
Buxoro viloyati O`zbekiston respublikasining janubi-g’arbida Zarafshon daryosining quyi qismida, janubi-g’arbiy Qizilqum cho`l maskanida joylashgan. U shimoli-g’arb tomondan qisqa masofada Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasi bilan tutash. SHimol va sharq tomondan katta masofada Navoiy viloyati "qal’asi" bilan o`ralgan bo`lib, janubi-sharqiy tomondan Qashqadaryoning qarnob Qarshi cho`llariga yondoshdir. Viloyatning janubi-g’arbiy chegaralari juda katta masofada Turkmaniston davlati bilan bo?lanadi. Bu erda chegara Amudaryoga o`ng tomoni bilan yondoshib boradi va Doyaxotin - Qizilrabot oralig’ida (80 km) esa daryo o`zani bo`ylab o`tadi. Bugungi kunda bu chegara juda muhim ma`naviy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy mazmunga ega. hozirgi kunda viloyatning er maydoni 40,4 ming kv.km. ni tashkil qiladi. Lekin yaqin davrlargacha bu ko`rsatgich katta edi - 143,1 ming kv.km. turli sabablarga ko`ra keyingi o`n yil ichida viloyatga tegishli ma`muriy chegara to`rt marta o`zgartirildi. Ma`lumki, Zarafshon vodiysining quyi qismi, ya`ni Karmana tog’ oralig’i Darvozasidan to Amudaryo sohiligacha cho`zilgan. Bu joy tabiiy, tarixiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan yaxlit bo`lgan zamindir. Mavjud uchta vohaning (Navoiy-Konimex, Buxoro va Qorako`l) sug’orish zavur tarmoqlari bir-biriga payvand bo`lib, yagona zanjirni tashkil qiladi.

Viloyatning hozirgi ko`lami nisbatan kichik joy emas. U Andijon viloyati maydonidan (4,2 ming kv.km) 9-10, Toshkent viloyatidan (15,6 ming kv.km.) 2,5 marta yirikdir. Lekin viloyat hududini to`lig’icha cho`l zonasida joylashganligi, mahalliy sug’orma suv manbalariga ega emasligi, buning ustiga daryoning quyi qismida bo`lishi o`lka tabiatining salbiy sifatlaridan sanaladi. Zarafshon daryosi orqali keladigan oqova vа kollektor-drenaj suvlari unda erigan tuz-kimyoviy ashyolar viloyat hududiga oqib keladi va ularning aksariyat qismi shu zaminda to`planib qoladi. Buning oqibatida ekologik vaziyatni borgan sari keskinlashuviga sabab bo`lmoqda. SHuning bilan bir qatorda viloyatning geografik o`rni uning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy ravnaqi uchun qulay imkoniyatlarga ega. Bu maskanni qadimda "Ipak yo`li" ustida joylashganligi, keyinchalik SHarqdagi "?ubbat-ul islom" - islom ta`limotining gumbaziga ilm, ma`rifat va madaniyatning "Minorai Kaloniga" aylanganligi uning geografik o`rni bilan ham bevosita bog’liqdir.

Viloyat hududi aksariyat tekisliklaridan iborat bo`lsada o`ziga xos murakkab geologik tarixga ega. Bu zamin epigertsin (gretsindan keyingi) platforma ustida joylashgan. Dastavval paleozoy erasigacha bu joy ham O`rta Osiyo o`rnidagi serharakat geosinklinal dengiz havzasidan iborat bo`lgan. qalin dengiz yotqiziqlarining to`plana borishi bilan birga tektonik harakatlar jonlanib turgan. Kembriy davrida shimol-shimoli-g’arb tomonga yo`nalgan qator chuqur tektonik yoriqlar hosil bo`ladi. Poleozoy erasining ikkinchi yarmida ro`y bergan. qudratli gertsing burmalanishi nisbatan osoyishta bo`lgan tektonik vaziyatni tubdan o`zgartirib yubordi.

To`rtlamchi davrning eng oxiri hisoblangan golotsen (Zarafshon kompleksi) davri yotqiziqlari katta maydonlarda tarqalgan. Zarafshonning 1-2 terrasalari, qadimgi daryolarning quruq o`zan-qayirlari shu davrga mansubdir. Echkiliksoy, Daryosoy, Moxandaryo, Qashqadaryo kabi irmoq va tarmoqlarning quruq o`zanlarini yondosh erlar, Tudako`l-Xojkobi pastqamliklari, Buxoro-Qorako`l vohalari o`rni golotsen davri jinslari bilan qoplangandir.

Amudaryo, Zarafshon va Qashqadaryolarning bir-biridan ajralishi gelotsenning oxirida ro`y beradi. Arxeolog A.Muxammadjonovning (1987) [121] xulosasiga ko`ra miloddan oldingi II ming yilligi davrida Zarafshonning Moxandaryo orqali Amudaryoga quyilishi barham topgan. Uzluksiz sug’orish tufayli hosil bo`lgan. Buxoro va Qorako`l vohalaridagi sug’orma qatlam eng yosh jinslardir. Ularning qalinligi sug’orilish davriga ko`ra 1-3 metr, ayrim joylarda esa undan ortiqdir. Buxoro shahri hududida madaniy qatlamning 18,5 metrga etishi va shahar yoshining 2500 yilga teng ekanligi arxeologlar tomonidan aniqlandi.

Viloyat iqlimi bir necha omillarning o`zaro hamkorligi ta`sirida vujudga keladi. Lekin o`lka hududini geografik o`rni bu borada yetakchi ahamiyatga molikdir. Agar O`rta Osiyo o`lkasini Evrosiyo materigini ichki qismida joylashganligi, Buxoro viloyati hududi esa O`rta Osiyo cho`llarining salkam o`rtasidan o`rin olgan bo`lib, Janubiy (subtropik) cho`llarga xos iqlimiy xususiyatlarga egadir. Xulosa qilib aytganda viloyat hududi uchun subtropik belgilariga xos bo`lgan keskin kontinental cho`l iqlimi xarakterlidir. Kecha bilan kunduz, qish bilan yoz haroratlari o`rtasidagi keskinlik, nisbatan sernam, injiqli bahor, uzoq (VI-XI oylar), quruq, jazirama issiq, o`ta yorug’ yoz, qisqa (X-XI oylar) va turg’unsiz kuz, iliq ba`zida ayozli muhim bo`lmagan qish, iqlimning asosiy belgilaridir (3.1-jadval). Viloyat serquyosh o`lkalardan biri hisoblanadi. Yil davomida quyoshli damlar 2800-3000 soatga etadi (Toshkentda 2852, Termizda 3053 soat).Quyoshdan keladigan radiatsiyaning yalpi miqdori 150-160 kkal ga teng. Foydali haroratning ya`ni o`rtacha kunlik musbat 10 darajadan ortiq bo`lgan haroratning yillik yig’indisi 4800-5100 darajaga boradi. Bu hol o`ta issiqsevar madaniy o`simliklar etishtirish imkoniyatini yaratadi. Viloyatda eng sovuq muddat yanvar, eng issiq esa iyul oylari hisoblanadi.

O`rtacha yillik harorat Buxoroda 14,2, Qorako`lda 15,0 darajaga teng. Viloyat hududida tabiiy namlik etarli emas.

Atmosfera, yog’inlarning yillik miqdori 90-150 mm. ni tashkil qiladi. Er betidan mumkin bo`lgan parlanish 2000 mm. gacha etadi(1-jadval)

Bu jihatdan Buxoro hududi o`ta qurg’oqchil (arid) zonaga mansubdir. Yog’inlar aksariyat yomg’ir tarzida namoyon bo`ladi. qor qoplami surunkali va qalin bo`lmay uzoq saqlanmaydi. Yog’inlarning yil davomida taqsimlanishi nihoyatda notekisdir. Bahor nisbatan eng sernam fasl bo`lib, yillik yog’inning 45-55 foizi shu muddatga to`g’ri keladi. Yoz o`ta quruq. Havoning nisbiy namligi juda pasayadi, iyul-avgust oylarining ba`zi kunlarida bu ko`rsatgich 10-20 foiz kamayadi. O`lkamiz iqlimida mahalliy shamollarning alohida o`rni katta. Ma`lumki Er sharining hamma joylarida shamollarni kuzatish mumkin. Lekin ularning ta`siri aynan cho`l zonasida kuchli namoyon bo`ladi. Bu erdagi issiq, qurg’oqchil iqlim va yarim yalong’och qaqragan tuproq yuzasi shamollarning yaratuvchilik kuchiga qulay imkoniyatdir.



Download 3.55 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Download 3.55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-BOB. TADQIQOT OLIB BORILGAN JOYNING FIZIK- GEOGRAFIK TAVSIFI1.TADQIQOT OB'EKTI VA METODLARI

Download 3.55 Mb.