LMS Moodlening qo’shimcha imkoniyatlari




Download 8.23 Mb.
bet20/26
Sana15.03.2021
Hajmi8.23 Mb.
#13220
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
2.2. LMS Moodlening qo’shimcha imkoniyatlari

Кirish blogi qayd etilgan foydalanuvchilarning tizimga kirishi uchun ishlatiladi. Foydalanuvchini tizimga kirishi uchun uning qayd etish yozuvi shakllantirilgan bo’lishi kerak.

Foydalanuvchining qayd etish yozuvi

Qayd etish

 Qayd etish yozuvini yaratish

Tizimga kirish

 Foydalanuvchi profilini tahrirlash

 Parolni almashtirish va qayta tiklash

Qayd etish

Moodle tizimiga birinchi bor kirishda qayd etish protseduralarini bajarish tavsiya etiladi, chunki qayd qilinmagan foydalanuvchilarning tizimda ishlash imkoniyatlari cheklangan bo’ladi. Ularga bosh sahifada berilgan ma’lumotlarni ko’rish va mehmon foydalanuvchilarga ruxsat etilgan resurslardan foydalanish huquqi berilgan. Mehmonlarga ochiq kurslarni belgilash uchun ularning nomini yozishda maxsus belgi qo’yiladi. Saytga kirish va undan foydalanishda keng imkoniyatlarga ega bo’lish uchun foydalanuvchi o’zini tizimda qayd etishi zarur.

Qayd etish yozuvini yaratish

Qayd etish jarayoni ikki bosqichdan iborat. Birinchisi – qayd etishning o’zi bo’lsa, ikkinchisi - qayd etilganlikni tasdiqlashdir. Foydalanuvchi qayd etilganini tizim tasdiqlagandan keyingina u o’z nomi va paroli bilan tizimga kirishi mumkin.



2.2.1-chizma. Moodle tizimiga kirish oynasi.



Qayd etish jarayonida foydalanuvchining qayd etish yozuvi yaratiladi. Bu – foydalanuvchi tomonidan kompyuter tizimiga o’zi haqida beriladigan ma’lumotlardan iborat yozuvdir. Saytda qayd etish uchun bosh sahifaning o’ng qismida joylashgan Кirish oynasidagi Qayd etish yozuvini yaratish sichqoncha orqali bosiladi. Natijada so’rovnomadan iborat sahifa paydo bo’ladi. So’rovnomaning to’ldirilishi shart bo’lgan maydonlariga ma’lumot kiritilgach Saqlash tugmasi bosiladi. Логин va пароль lotin simvollari va/yoki raqamlardan iborat bo’lishi kerak. Login sifatida talabaning reying daftarchasi nomerini kiritish va ism, familiya va shahar nomlarini krill simvollari bilan yozish tavsiya etiladi. Elektron pochta manzili yagona bo’lishi va takrorlanmasligi kerak. Bir elektron manzilni bir necha foydalanuvchilar birgalikda ishlatishi mumkin emas.

2.2.2-chizma. Yangi foydalanuvchini ro’yxatga olish oynasi.

To’g’ri to’ldirilgan so’rovnoma saqlanganidan so’ng tizim qayd etishni tasdiqlovchi xat ko’rsatilgan elektron manzilga yuborilganligini xabar beradi. Foydalanuvchi elektron pochtasini ochib, manzil o’zi anketani to’ldirishda ko’rsatgan elektron pochta manzili bilan mos ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. Qayd etishni tasdiqlovchi xat biroz kechikib kelishi mumkinligini unutmaslik zarur. Agar elektron manzil to’g’ri ko’rsatilgan va xat kelib tushishi bilan bog’liq muammolar bo’lmasa, 5-10 minut ichida Moodle adminstratoridan «подтверждение аккаунта» mavzu bilan yuborilgan xat kelib tushishi kerak. Xatni ochib, unda ko’rsatilgan manzilga o’tish zarur. Qayd etish tasdiqlanishi bilan «Регистрация подтверждена» sahifa paydo bo’ladi.



Download 8.23 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Download 8.23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



LMS Moodlening qo’shimcha imkoniyatlari

Download 8.23 Mb.