Buxoro davlat universiteti




Download 8.23 Mb.
bet21/26
Sana15.03.2021
Hajmi8.23 Mb.
#13220
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Tizimga kirish

Qayd etish bajarilgandan keyin foydalanuvchi saytga har safar kirganida Кirish (Вход) oynasida o’z login va parolini terib identifikatsiyadan o’tishi kerak. Shundan so’ng saytning bosh sahifasining Navigatsiya blogida foydalanuvchi yangi imkoniyatlar ochiladi.



2.2.3-chizma. Bosh sahifaning navigatsiya oynasi.

«Mening profilim (Мой профиль)» bo’limida foydalanuvchi o’z profili haqida ma’lumotlarni, forum xabarlarini, shaxsan o’ziga yuborilgan xabarlarni, yozishmalar tarixini va boshqa xil ma’lumotlarni ko’rishi mumkin. «Mening kurslarim (Мои курсы)» bo’limi foydalanuvchi a’zo bo’lgan kursni tez topib olishga imkon beradi. Buning uchun ― Мои курсы ko’rsatkichiga sichqoncha tugmasi bilan bosilsa, tizim foydalanuvchi a’zo bo’lgan barcha kurslar ro’yxatini chiqarib beradi. «Xabarlar (Сообщения)» blogida foydalanuvchi kelib tushgan xabarlarni ko’rishi yoki o’zi boshqa foydalanuvchilarga elektron xabarlar yuborishi mumkin. Moodlening boshqa foydalanuvchilari bilan aloqa o’rnatish uchun foydalanuvchi «Mening hamsuhbatlarim (Мои собеседники)» nomli ro’yxat shakllantirib olishi mumkin. Bunday ro’yxatni yaratish uchun «Foydalanuvchilar va xabarlarni qidirish (Поиск пользователей и сообщений)» oynachasi orqali foydalanuvchi o’ziga kerakli ism va/yoki familiyani yoki biron bir jumlani yozadi. Shundan so’ng tizim kiritilgan ismu familiyali foydalanuvchilar yoki tarkibida kiritilgan jumla uchraydigan xabarlar ro’yxatini chiqaradi. Topilgan foydalanuvchini ro’yxatga kiritish uchun uning nomi yozuvi ustiga sichqoncha tugmasini bir bosib, paydo bo’lgan «Hamsuhbat kiritish (Добавить собеседника)» oynasidagi ko’rsatkichga bosish kerak. «Кengaytirilgan (Расширенный)» nomli band bilan kerakli parametrlarni (optsiyalar) o’zgartirish mumkin.



Download 8.23 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Download 8.23 Mb.