Buxoro davlat universiteti




Download 8.23 Mb.
bet25/26
Sana15.03.2021
Hajmi8.23 Mb.
#13220
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
II bob bo’yicha xulosa.

Bitruv malakaviy ishining 2 bobi “Mobil qurilmalarning dasturiy ta’minoti” fanidan elektron qo’llanmani yaratish deb atalib bunda qo’yilgan masalaning algoritmini, yaratish ketma-ketligini ishlab chiqish, elektron kursini va qo’llanmani yaratishda LMS Moodle, MS Front Page va iSpring dasturiy mahsulotlaridan foydalanildi. Bundan tashqari web texnalogiyalardan unumli foydalanildi.

Elektron o’quv qo’llanmada “Mobil qurilmalarning dasturiy ta’minoti” fani bo’yicha mavzu konspektlari, ma’ruza materiallar, texnologik haritalar, mustaqil ish mavzulari, nazorat savollari, test nazorati, golossariv va adabiyotlar to’g’risida mukammal to’liq yoritilib, shu mavzularga oid didaktik vositalar, videoroliklar va taqdimotlar berilib talabalarning mustaqil ishlashlari uchun topshiriqlar keltirilgan.

Har bir talaba ushbu qo’llanmadan foydalanganidan so’ng o’zini bilimi maxsus test dasturi orqali tekshirib ko’rishi mumkin. Ushbu holda keltirilgan ma’lumotlardan talabalar mustaqil o’rganishlari, nazariy bilimga ega bo’lish sifatida foydalanishlari mumkin. Undan tashqari LMS Modledagi kursidan masofadan turib ham foydalanishlari mumkin



Xotima.

Men ushbu bitiruv malakaviy ishimizda «Mobil qurilmalarning dasturiy ta’minoti» fani bo`yicha elektron modul ishlab chiqdim. Ushbu elektron modulni yaratish uchun fan bo`yicha zaruriy ma`lumotlar yig`ilib, predmet soha chuqur tahlil qilinishi va tahlil asosida MOODLE tizimida elektron kurs yaratildi.



Elektron kursni tayyorlash quyidagi bosqichda amalga oshirildi:

  1. Elektron kurs uchun kerak bo`ladigan barcha ma`lumotlar yig`ildi, qayta ishlandi va guruhlandi.

  2. Moodle tizimi, electron kursning ssenariysini tayyorlandi.

  3. Qayta ishlangan va tayyorlangan ma`lumotlar MOODLE tizimiga ma`lumotlar joylashtirildi.

O`qituvchi talabalar bilan ishlaganda uning shaxsi, qobiliyati, imkoniyati, qiziqishlari, aqliy va ruhiy faollik darajasini puxta bilishi kerak. Shu sababli o`qitishning zamonaviy shakl va metodlaridan foydalanishning pedagogik va nazariy asoslarini metodik jihatdan tahlil qilib quyidagi xulosaga keldim:

1. Talabalarga bilimlar tayyor holda berilmaydi, bilimlarni asosiy manbalardan, internetdan mustaqil ravishda ola bilish, to`plash, qayta ishlash va kundalik faoliyatlarida foydalana olishga o`rgatilinadi;

2. Darslik, qo`llanmalarni mustaqil mutoala qilish, ko`nikma va malakalarini shakllantirish;

3. Talaba nafaqat o`qitiladi, uni mustaqil o`qishga o`rgatiladi;

4. Talabani o`z fikrini bildira olish, himoya qila olish, isbotlashga odatlantirish;

5. Har bir o`qituvchi o`zi o`tayotgan mavzuga talabalarni to`laqonli darajada qiziqtira olishlari lozim;

6. Har bir dars uchun maqsadlar aniq belgilanib olinishi shart;

7. Har bir dars zamonaviy pedagogik texnologiya asosida o`tilishi lozim;

8. Har bir dars uchun alohida to`rt xil murakkablik darajasidagi nazorat topshiriqlari tuzilishi kerak;

9. Darsni talabalar bilimidan kelib chiqqan holda tashkil etish lozim;



Xulosa qilib aytadigan bo`lsam, darslarda o`qitishning zamonaviy shakl va metodlarini qo`llash talabalarning ongli, tez, teran fikrlashlarida katta rol o`ynaydi. Shuningdek o`qituvchilar pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirib, o`z faoliyatlarida amaliyotda unumli qo`llay olsalar ta`limni, sifat va samaradorligiga erishish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni kafolatlash imkoniyatiga ega bo`lamiz.

Tayyorlangan elektron kursdan «Mobil qurilmalarning dasturiy ta’minoti» fanini o`qitishda, akademik litsey va kasb hunar kollejlarida, hamda bu sohaga qiziquvchilar foydlanishlari mumkin. Mazkur elektron kurs dars jarayoniga qo’llanilsa darsning sifat samaradorligi oshadi deb o’ylayman.



Download 8.23 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Download 8.23 Mb.