LMS Moodleda elektron kurs yaratish bosqichlari




Download 8.23 Mb.
bet23/26
Sana15.03.2021
Hajmi8.23 Mb.
#13220
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
2.3.LMS Moodleda elektron kurs yaratish bosqichlari

LMS Moodleda “Mobil qurilmalarning dasturiy ta’minoti” fanini kursini yaratish uchun avvalo mazkur fanni Moodle tizimida yaratish kerak bo’ladi. Buning uchun tizim administrator yoki kreatoriga murojaat qilish kerak. Tizim administrator “Mobil qurilmalarning dasturiy ta’minoti” fani kursini yaratadi.



Kurs yaratish ketma-ketligi quyidagicha amalga oshiriladi. Tizim administratori “kurslarni boshqarish” (Управление курсами) orqali tizimda mavjud kategoriyalar va kurslarni ko’rishi mumkun.

2.3.1-chizma. Kurslarni boshqarish oynasi.


2.3.2-chizma. Kategoriya va kurslarni ko’rish oynasi.


Kerakli kategoriya tanlanadi va “Yangi kurs qo’shish” (Создать новый курс) tugmasi bosiladi.

2.3.3-chizma. Yangi kurs qo’shish oynasi.


Mazkur oynada kur haqidagi barcha ma’lumotlar: uning to’liq nomi, qisqacha nomlanishi, kategoriyasi (fakultet, kafedra), kursning boshlanishi va tugashi, uning qisqacha izohi va boshqa ma’lumotlar kiritiladi. So’ngra saqlash tugmasi bosiladi va kursga o’qituvchi va o’quvchilar biriktiriladi.

Kurs boshqaruvchisi ya’ni o’qituvchi mavzularni modullarga bo’lib joylashtirishni boshlaydi. Birinchi modul nomini o’zgartiradi, so’ngra modulga kerakli obyektlarni va fayllarni joylashtiradi.



2.3.4-chizma. Kurs nomini o’zgartirish oynasi.


Har bir modulning yonida qalam tasviri tushirilgan tugma bor. Shu tugma orqali modul nomini o’zgartirish mumkin. Shundan so’ng “Element yoki resurs qo’shish” (Добавить элемент или ресурс) tugmasi orqali kerakli element tanlanadi.

2.3.5-chizma. Modulga element va resurslar qo’shish oynasi.


Masalan leksiya (лекция) elementi qo’shilib u qayta nomlanadi va saqlanadi.

2.3.6-chizma. Yaratilgan kursni to’liq ko’rish oynasi.


2.3.7-chizma. Ma’ruza tarkibiga sahifa qo’shish oynasi.



Ma’ruza tarkibiga sahifa qo’shiladi va unda rejalar yoritiladi. Foydalanuvchilar yoki talabalar ma’ruzani tanlaganida faqat kurs nomi va rejalar chiqishi kerak bo’ladi. Har qaysi reja tugmalarga biriktirilgan bo’lib, shu tugmalar orqali ma’lumot olinadi va sahifalar aro harakatlarni amalga oshiriladi.

2.3.8-chizma. Ma’ruza tarkibini tahrirlash oynasi


2.3.9-chizma. Ma’ruzaga reja qo’shish oynasi


2.3.10-chizma. Ma’ruza tarkibiga tugma qo’shish oynasi


Ma’ruza tarkibiga nechta reja bo’lsa shuncha tugma (содержимое) qo’shiladi. Har bir tugmaga mos reja nomi kiritilishi kerak. Foydalanuvchi qaysi reja kerakligini uning nomidan bilib oladi.

2.3.11-chizma. Rejalarga mos sahifalarni yaratish oynasi



2.3.12-chizma. Reja sahifasiga ma’lumot kiritish oynasi



2.3.13-chizma. Sahifadagi ma’lumotni tahrirlash oynasi



Agar ma’ruza matni ichiga rasm joylashtirish kerak bo’lsa, u holda word yoki web sahifa ichidagi rasmni joylashtirib bo’lmaydi. Buning uchun uni *.jpeg yoki *.png formatlarga o’girish kerak. Buni Photoshop, paint yoki shunga o’xshash dasturlar orqali qilsa bo’ladi. Rasm tayyor bo’lgandan so’ng uni quyidagi ketma-ketlikda ma’ruza matn ichiga joylashtirish kerak bo’ladi.

2.3.14-chizma. Sahifaga rasm joylashtirish oynasi



2.3.15-chizma. Joylashtirilgan rasmni tanlash oynasi



2.3.16-chizma. Rasmni ko’rish va qo’yish oynasi



Rasmlar sahifada joylashtirilgandan keyin uni tahrirlash, o’lchamini o’zgartirish, joylashuvini tanlash mumkin bo’ladi. Web sahifaning umumiy tuzilishidan kelib chiqib rasmning joylashuvi tanlanadi.

2.3.17-chizma. Sahifada matn va rasmning umumiy ko’rinishi


2.3.18-chizma. Ma’ruzaga reja sahifasini qo’shish oynasi



Ma’ruza va rejalar sahifasi yaratilgan va tayyorlangandan keyin uni albatta bir-biriga gippermurojaat orqali bog’lash kerak. Agar har bir reja sahifasiga keying va oldingi rejalarga o’tadigan tugmalar joylashtirilsa, foydalanuvchiga rejalardagi ma’lumotlarni o’qish oson bo’ladi. Ma’ruzalarni oxirgi rejasida testlarni yoki savollarni ham alohida sahifa tarzida joylashtirish mumkin. Bu orqali kurs o’quvchilari mavzuni o’zlashtirib o’zini-o’zi sinovdan o’tkazishi mumkin bo’ladi.

2.3.19-chizma. Ma’ruzaga reja sahifasini qo’shish oynasi


2.3.20-chizma. Rejalarni tugmalarga bog’lash oynasi


2.3.21-chizma. Tayyor bo’lgan ma’ruza sahifasi oynasi ko’rinishi


2.3.22-chizma. Rejadagi tugmalarning ko’rinishi


Amaliy mashg’ulot ham shu tartibda yaratiladi. Buning uchun “topshiriq” (задание) elementini qo’shishimiz kerak bo’ladi.

2.3.23-chizma. Topshiriq elementini qo’shish.


2.3.24-chizma. Amaliy mashg’ulotning kursda umumiy ko’rinishi



2.3.25-chizma.Amaliy mashg’ulotni tahrirlash oynasi


2.3.26-chizma. Amaliy mashg’ulotning umumiy ko’rinishi


Har qanday kursni yaratishda Общее maydonidan so`ng mazkur kurs ishtirokchilari uchun Форум yangiliklari nomi ostida форум avtomatik ravishda yaratiladi. Agar ushbu forum kerak bo`lmasa, forumni quyidagi usul orqali o`chirib

tashlash yoki yashirin holatga keltirish mumkin.



2.3.27-chizma. Forum modulini o`chirish yoki yashirish


Yuqoridagi rasmdan ko`rinib turibdiki, tahrirlash (Редактировать) menyusida joylashgan yashirish (Скрыть) buyrug`i yordamida modulni yashirish, o’chirish (Удалить) buyrug`i yordamida esa o`chirish mumkin. Modullarni sozlash ushun esa tahrirlash (Редактировать настройки) bo`limidan foydalaniladi. Mazkur menyuda rolni belgilash (Назначить роли) buyrug`i mavjud resurs va elementlar vazifasi e’tiborga olingan holda foydalanuvchilarni aniqlash mumkin. Nusxasini hosil qilish (Дублировать) buyrug`i orqali mazkur moduldan ushbu sohaga nusxasini ko`paytirish mumkin. O’ng tomonga joylashtirish (Переместить вправо) hamda chap tomonga joylashtirish (Переместить влево) buyruqlari esa mazkur modulni mos ravishda o`ngga yoki chapga surish imkonini beradi. Har qanday kursga yoki kurs bo`limlariga qo`shilgan barcha kurs resurlari va kurs elementlari ushbu usul yordamida tahrirlanadi.

2.3.28-chizma. Foydalanuvchilarni tayinlash


Foydalanuvchilarni biriktirish uchun qizil chiziq bilan belgilangan sohani bosish yetarli bo`ladi. Kursga yoki kurs mavzulariga resurs yoki element qo`shish uchun kerakli bo`limdan tugmasini bosib, zaruriy modul tanlanadi. Bir bo`limga istalgancha element yoki resurs qo`shish mumkin. Avval qo`shilgan modulning ustida bajariladigan amallar yuqoridagi sahifada keltirilgan. Kurs bo`limlarini hamda kursga yoki kurs bo`limlariga qo`shilgan modullarni biridan-ikkinchisiga olib o`tish uchun quyidagi rasmda qizil chiziq bilan belgilangan piktogrammalarni sichqoncha yordamida Drag&Drop usulidan foydalanib boshqa bo`limlarga ko`chirish mumkin. Kursga yoki kurs bo`limlariga qo`shilgan modullarning har biri ko`k chiziq bilan belgilangan piktogrammaga ega bo`ladi. Ushbu rasmcha modul nomini o`zgartirish uchun xizmat qiladi. O`ng tarafda joylashgan sariq chiziq bilan belgilangan piktogramma esa mazkur bo`lim va uning tarkibidagi modullarni o`chirish imkonini beradi. Yashil chiziq bilan belgilangan piktogramma mazkur bo`lim va modullarini yashirin holatga keltiradi. Yuqorida joylashgan pushti chiziq bilan belgilangan piktogramma esa mazkur bo`lim ustida ish olib borilayotganini bildiruvchi belgi qo`yadi.

2.3.29-chizma. Kurs modullarini sozlash.


Kursni yaratish jarayonida kursning bo`limlari ya’ni nechta mavzu yoki haftadan iborat ekanligi aniq ko`rsatiladi. Bu esa yaratilgan kurs aniq qiymatda bo`lingan bo`ladi. Ba’zi hollarda kursga yangi mavzu qo`shish yoki ortib qolganini o`chirish zarur bo`ladi. Ushbu masala yuzasidan qo`shimcha bo`lim qo`shish yoki ortganini olib tashlash uchun kurs sahifasining quyida joylashgan va tugmalardan mos holatda foydalanish mumkin. Tahrirlash rejimi (Режим редактирования) tugmasini bosish bilan nafaqat kurs bo`limlarini sozlash va kursga zaruriry element yoki resurs qo`shish, balki kursdan foydalanayotgan ishtirokchilar uchun qo`shimcha bloklar qo`shish va ularni tahrirlash ishlarini ham bajarish mumkin.



Download 8.23 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Download 8.23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



LMS Moodleda elektron kurs yaratish bosqichlari

Download 8.23 Mb.