• Masofali oquv kursi (MOK)
  • Talim texnologiyalari
  • Buxoro davlat universiteti




    Download 2,52 Mb.
    bet9/50
    Sana25.03.2021
    Hajmi2,52 Mb.
    #13525
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50
    Kompyuterli ta'lim. Masofali o'qitishning muhim elementlaridan biri - kompyuterli o'qitish dasturlaridan foydalanishdir. Kompyuterli o'qitish 60-yillardan e'tiboran boshlangan. Talaba (o'quvchi, tinglovchi) lar faqat matn tartibida ishlashini bilishiga qaramay, o'quv jarayonining samaradorligi ko'tarilgan. Talaba o'quv materialini yaxshiroq esda qoldirgan, o'quv jarayoni esa, tezlashgan. Multimedia vosita (matn, grafika, animatsiya, tovush) larning ishlab chiqilishi esa, ta'lim samaradorligini ko'tardi.

    Masofali o'quv kursi (MO'K) - bir o'quv predmetini o'rganish uchun zarur bo'lgan o'quv materiallarining o'ziga yetarli majmuidir.

    Masofali kurs:

    • yetarlicha hajmdagi matn, rangli tasvir va grafiklar, animatsiyalar, audio-videolavhalarga ega bo'lgan ma'ruzalar multimedia kursi;

    • tinglovchilarni tarmoqli o'qitish va nazorat qiluvchi testlash hamda bilimlarini bir lahzada baholash;

    • tinglovchilarni o'quv vazifalarini bajarishning joriy grafigi haqida avtomatik ma'lum qilish;

    • aniq mavzu bo'yicha jahon axborot manbalariga ega bo'lgan saytlarga murojaatlarni ifodalaydi.

    O'qituvchi va tinglovchilar bilan faol muloqot. Masofali o'qitishning asosiy elementlaridan biri-tinglovchilarning o'qituvchi va boshqa tinglovchilarlar bilan faol muloqot qilishidir.

    Bu jarayon:

    • elektron pochta;

    • jo'natmalar ro'yxati;

    • munozarali forumlar;

    chat-tizimlar;

    • on-laynli seminar va munozaralar;

    • teleanjumanlardan foydalanib, amalga oshiriladi.

    Masofali o'qitishdagi muloqot shakllarining xususiyati o'qituvchining o'quv jarayonidagi o'rniga ta'sir qiladi: u tinglovchini boshqa ta'lim shakllaridagiga qaraganda, ko'proq o'quv jarayonida faqat yo'naltiruvchisi sifatida ko'makchi, o'rgatuvchi va rahbar bo'ladi, o'qituvchining monologi asosida birining tajribasi ko'proq bo'lgan ikki hamkasbning muloqotiga aylanadi. Shuni ta'kidlash kerakki, masofali o'qitishda matn, grafik, vidiolavhalar, nazorat va shu kabi ko'rinishda keltirilgan dasturlarga (to'gridan-to'gri) kirish muhim ahamiyat kasb etadi. O'qituvchi tomonidan yaratilgan masofali o'quv kursining o'quv materiallari o'qituvchining tinglovchiga murojaat qilish shakllaridan iborat. An'anaviy sirtqi shakldan farqli o'laroq, masofali o'qitish tinglovchini shaxsan nazorat ishlarini topshirish va himoya qilishdek yetarlicha mashaqqatli vazifadan ozod etadi. Masofadagi o'qituvchiga E-mail orqali doim chiqish mumkin.



    Masofali o'qitish - o'qituvchi bilan o'quvchining ma'lum bir masofada joylashgan holda ta'lim berish va ta'lim olish tizimidir. Bunda dars jarayonini kompyuterlar, sun'iy yo'ldosh aloqasi, kabel televideniyesi kabi vositalar asosida tashkil etish talab qilinadi. Zamonaviy kompyuter uzatish kanallarining rivojlanishi telekommunikatsiya sohasida o'ziga xos tarixiy o'zgarishlar kiritmoqda. Mamlakatimizning ta'lim tizimiga ham masofali o'qitish asta-sekin kirib kelayotgan bir paytda, uning mazmuni, tamoyillari, tashkil etish usullari, modellari, uning asosiy komponentalaridan biri bo'lgan elektron darslik yaratish kabi dolzarb vazifalarni yechish zaruratga aylanadi. Monografiyada imkoni boricha yuqorida sanalgan masalalarning mohiyati bayon qilingan. Unda hozirgi kunda respublikamizda masofali o'qitish bo'yicha olib borilayotgan ba'zi tajribalar misol sifatida keltirilgan. Kitobda qo'shimcha ravishda masofali o'qishga oid uch yuzga yaqin atamalarning mazmuni izohlar asosida ochib berilgan, tekin yoki pullik masofali o'qitish kurslarini taklif qilishi mumkin bo'lgan ba'zi xorijiy universitetlar va markazlarning, shuningdek, o'quv jarayonida foydalansa bo'ladigan saytlar ro'yxatlari keltirilgan. Ta'lim texnologiyalari - ta'lim axborotlarini uning manbaidan foydalanuvchiga uzatish uchun foydalaniladigan va uni taqdim etish shakliga bog'liq bo'lgan didaktik uslubiyot va usullar majmuasidan iboratdir.


    Download 2,52 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50




    Download 2,52 Mb.