Ishning amaliy ahamiyati. O‘qitish tizimining zamonaviy variativ tizimi ta’limning turli sharoitlariga moslashuvning imkoniyatlarini ta’minlovchi har bir mavzu yoki tushuncha uchun mo‘ljallangan, multimedia-ensiklopediyalariga ehtiyoj sezmoqda. Modullar turli o‘qituvchilar yoki o‘quvchilar guruhiga yo‘naltirilganligi va metodik xususiyatlari, materialni batafsil, turli misollar ilovalarida bayon etish uslubi va boshqalar bilan farq qiladi. Ensiklopediyalarning takomillashuvi modullarni ishlab chiqish, yangilarini qo‘shish, eskirgan materialni to‘g‘rilash yoki o‘chirish, boshqaruv tizimining rivojiga tayanadi. Bunda nafaqat oldindan belgilangan mualliflar guruhi yoki mazkur fan sohasi mutaxassislari, balki multimedia-resurslari versiyalarini yarata oluvchi pedagoglar ham ishtirok etishlari mumkin.
Multimedia tizimlari va texnologilari fani bo'yicha yaratilgan o'quv modulini o'quv jarayoniga qo'llashdan iborat.
Ishning tuzilishi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi 70 betdan iborat bo’lib, u mundarija, kirish,2 bob, 5 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
|