I-bob. Multimedia tizimlari va texnologilari
Bitiruv malakaviy ishimning bu bobida multimedia tizimlar va texnalogiyalarining asosiy tushunchalari, maqsad va vazifalari haqida to’liq ma’lumotlar berilgan.Shu bilan bir qatorda multimedia texnologiyasining paydo bo`lishi,multimediali tizimlar bilan qayta ishlanadigan axborot turlari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.Birinchi bobning ikkinchi qismi multimedia tizimlari va texnologilarining texnik ta’minoti:tovush yozish vositasi,tovushni ijro etish vositalari,boshqarish qurilmasi,yozish vositlari,tasvirlarni qayta ishlash vositalari haqidagi bilimlarni o’z ichiga olgan.Uchinchi qismda esa multimedianing dasturiy vositalari va amaliy dasturiy vositalar haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan bo’lib multimedianing dasturiy ta’minoti to’g’risidagi bilimlarni o’z ichiga olgan.
1.1.Multimedia tizimlari va texnologilari asosiy tushunchalari , maqsad va vazifalari.
Multimedia texnologiyalari informatikaning eng mashhur va istiqbolli yo`nalishlaridan hisoblanadi. Multimediali texnologiyalar maqsadi tovush, video, animatsiya va boshqa visual effektlar(Simulation) hamda interaktiv interfeys va boshqa boshqaruv mexanizmlari bilan birgalikda taqdim e`tiladigan matn va ma`lumotli, tasvirlar kolleksiyasi kabi maxsulotlarni yaratishdan iboratdir. Bu ta`rif 1988 yil yangi texnologiyalarni kiritish va foydalanish muammolari bilan shug`ullanuvchi yirik Yevropa kommisiyasi tomonidan shakllantirilgan.
Interaktivlik–foydalanuvchi harakatlariga reaksiya qaytaruvchi hamda foydalanuvchi tomonidan boshqariladigan xususiyat hisoblanadi.
|