|
Demak, multimediali maxsulot
|
bet | 15/84 | Sana | 03.04.2021 | Hajmi | 7,05 Mb. | | #14025 |
Demak, multimediali maxsulot – kompyuterli axborot texnologiyalar muhitida axborotni yanada samarali berish shakli hisoblanadi. Multimediali maxsulot to`liq bo`lmagan katta hajmdagi axborotlarni to`plash, joriy momentdagi qiziqarli axborotni interaktiv o`zaro harakat yordamida tanlash imkoniyatini beradi.
Multimedia atamasi “multum” – ko`p va “media”, “medium” – muhit, tashuvchi, xabar vositasi ma`nolarni bildiruvchi so`zlar birikmasidan tashkil topgan bo`lib, “ko`p muhitlilik” deb tarjima qilish mumkin.
Multimedia – Bu harakatlanmaydigan tasvirlar va harakatlanuvchi video, animatsiyalangan kompyuter grafikasi va matn, nutq hamda yuqori sifatli tovushlar bilan ishlash imkoniyatini beruvchi interaktiv tizimlardir.
Kompyuterni multimedia – markaziga aylanishiga 3 ta asosiy omil sababchi hisoblanadi:
1.Ma`lumotlarni tasvirlash va aks ettirish texnologiyalarini paydo bo`lishi va rivojlanish bilan birgalikda yetkazib berish texnologiyasining arzonlashuvi. 20 asrning 90 yillarining boshlarida kompyuterga ulanuvchi qurilmalarning miqdori oshdi. Ularning ko`pchiligi multimediali qurilmalar edi. Jumladan : Ekran o`lchamini kattalashuvi va aks ettirish sifati takomillashgan monitor, tovushli kolonkalar(boshlanishida monofonik, keyinchalik esa stereofonik), MiDi-klaviaturalar, raqamli diktofonlar, qo`l bilan boshqariladigan va planshetli skanerlar, grafik planshetlar va digitayzerlar, raqamli fotoapparatlar va video kameralar, raqamli printerlar, hamda fotoqog`ozlar bosmaga chiqarishga mo`ljallangan printerlar, tachpad va trekbollar, mikrofonlar va garnituralar, radio va TV-tyunerlar, CD va DVD disklardagi ma`lumotlarni o`quvchi va yozuvchi qurilmalari, video proyektorlar, ovozli interaktiv doskalar va distansion boshqariluvchi kabilarni misol keltirish mumkin.
|
| |