|
Kompyuter o`yinlar industriyasining rivojlanishi
|
bet | 16/84 | Sana | 03.04.2021 | Hajmi | 7,05 Mb. | | #14025 |
2.Kompyuter o`yinlar industriyasining rivojlanishi. Foydalanuvchilarni kuchli kompyuter sotib olishga undovchi omillardan biri hisoblanadi.
3.Tarmoq va mobil texnologiyalar hamda internet texnologiyalarning rivojlanishi. Internet texnologiyalarning ilk rivojlanishida tasvir va tovushlarni yuborish hozirgacha nisbatan kichik tezliklarda bo`lishi ma`lumotlarni kodlashtirish va siqish usullarini qidirishni faollashtirishga olib keldi. Ma`lumotlarni siqish usullari va mos formatlar ishlab chiqish yangi texnologiyalarni paydo bo`lishiga olib keldi. Jumladan: oqimli radiolar, oqimli videolar, masofadan multimediali prezentasiyalar va videokonferensiyalar kabi texnologiyalar paydo bo`ldi. Shu bilan birgalikda yuqori sifatli tovush va videolarni ishonchli siqish usullarini ixtiro qilinishi hamda katta formatdagi disklar kinofilim va ovozli yozuvlarni tarqatish industriyasini keskin burilishlarni olib keldi. Bu esa DVD-diskga sifatli to`liq metrajli filmlarni joylashtirish imkoniyatini berdi.
Shuni aytib o`tish lozimki, oxirgi yillarda kundalik turmush texnikalari (бытовая) va tarmoqli muhitlar yanada ko`proq multimedik xarakterga ega bo`lmoqda. Hozirda inson nutqini “tushunuvchi” va “gapiruvchi” kundalik asbob-uskunalar(прибор) va avtomobillar hech kimni hayratga solmaydi. Shuningdek “Aqlli uy” konsepsiyasi faol tarzda ishlab chiqilmoqda. Bu konsepsiya doirasida birinchi navbatda “tovush plyus video” kabi to`siqlarni o`tib ketish imkoniyati hal qilinadi. Chunki axborot tizimini boshqaruvchi masalalar kanallari qulay harorat hamda uyda yoqimli hidli atmosferasini yaratish kabilarni qo`llab quvvatlashi kerak. Internet esa multimedia vositalarni kundan-kunga boyitib bormoqda. Flash texnologiyasining paydo bo`lishi saytlar miqdorini oshishiga olib keldi.
“Multimedia” atamasini talqin qilish bir nechta tushunchalarni birlashtiradi.
|
| |