• I BOB. KOMPTON EFFEKTINING NAZARIYASI. 1.1.Kompton hodisasining klassik nazariyasi.
  • Buxoro davlat universiteti




    Download 8,54 Mb.
    bet6/28
    Sana06.05.2021
    Hajmi8,54 Mb.
    #14339
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Xulosa va takliflar:Bitiruv malakaviy ishida olingan natijalar hozirgi zamon diagnostika markazlarida, tibbiyot kollejlarida fizika fanidan laboratoriya ishlarida qo`llash mumkin.

    BMI ning hajmi va tuzilishi:Bitiruv malakaviy ishi 57 betdan iborat bo’lib, kirish qismi, ikki bob, har bir bob xulosa, 6 ta rasm, 1 ta jadval , xotima va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.

    I BOB. KOMPTON EFFEKTINING NAZARIYASI.

    1.1.Kompton hodisasining klassik nazariyasi.

    Tarqalayotgan yorug`lik to`lqinining elektr maydoni modda atomlari va molekulalari tarkibiga kiruvchi elektronlarni qo`zg`atib, u yoq bu yoqqa silkitib harakatga keltiradi.

    Tebranayotgan elektronlar o’z navbatida hamma tomonga nur tarqatuvchi ikkilamchi sferik to`lqinlarning manbalari bo`lib qoladi va natijada yorug`likning kombinatsion sochilishi degan hodisa yuz beradi. Lekin ,bir jinsli va shaffof (tiniq) muhitlarda yassi to`lqin tevarak-atrofga sochilmasdan to`g`ri chiziq bo`ylab tarqaladi. Ikkilamchi barcha to`lqinlarning natijaviy to`lqini bitta to`g`ri chiziq bo`ylab tarqaluvchi to`lqin hosil qilishlari uchun ,ikkilamchi barcha manba elementlarini hajmi bir xil va ularning har biridagi atom-nurlatkichlarni soni ham bir xil bo`lishi kerak. Bunday shartni bajarilishi uchun muhitni ideal bir jinsli va tiniq bo`lishi talab qilinadi. Makroskopik nuqtai nazaridan yorug`likni sochilishini ro`y berishiga sabab muhitni nojins ekanligidir. Muhitni bir jinsliligi ozgina buzilgan bo`lsa , u holda sochilgan nurlanishning ulushi ham tushayotgan parallel nurlarga yon tomonga o`tib qaraganimizda ularni ko`rmaymiz, chunki yorug`lik deyarli yon tomonga sochilmaydi. Shunday qilib , sochilish muhitning bir jinsli bo`lmagan sohasida ro`y beradi, agar sohaning o`lchami tushayotgan yorug`lik to`lqinining to`lqin uzunligiga yaqin bo`lsa, sochilish yanada kuchayadi.

    Tajribalardan yaxshi ma`lumki hattoki har xil aralashmalardan juda ham yaxshi tozalangan qattiq ,suyuq va gaz jismlarda ham yorug`likning sochilishi yuz beradi. Albatta , sof jismlardagi yorug`likning sochilishi kuchsiz, lekin shunga qaramay u prinsipial juda ham muhim ahamiyatga ega bo’lgan hodisadir. Nima uchun sof deb hisoblangan moddalarda ham yorug’lik sochilishi yuz beradi va ularda qanday qilib optikaviy nojinsliklar hosil bo`ladi?

    Ideal sof muhitning optik nojinsligini fizikaviy sabablarini 1908-yilda M.O.Smomuxovskiy ko`rsatgan. Muhit molekulalarining tartibsiz issiqlik harakati tufayli unda zichlik fluktuatsiyasi ham sodir bo`ladi. Zichlik fluktuatsiyasida yorug`likning sochilish molekulyar yoki reley sochilishi deyiladi. Muhitning qisilishi yuqori bo`lgan holatlarda zichlik fluktuatsiyasi, ayniqsa, shunday kuchli bo`ladi. Bunday kiritik nuqtalarda yorug`likning sochilishi ham intensiv bo`ladi . Masalan , efir bilan to`ldirilgan shisha ampulasi kiritik holatga yetganda ekranda qora dog` hosil bo`ladi.

    Yorug`likning foton nazariyasiga tayangan va J.Jensning matematik hisoblaridan ilhomlangan Kompton 1923-yilda Rentgen nurlari bu tayinli impulsga ega bo`lgan fotonlar oqimidir degan ilg`or g`oyani ilgari surdi. Fotonlar boshqa zarrachalarga o`xshash deb unga impulsni va energiyani saqlanish qonunlarini tadbiq etish mumkin.

    Reley sochilishining xarakterli xususiyati shundaki , bunda sochilgan nurning chastotasi muhitga tushayotgan nurlanish chastotasiga teng bo`ladi. Sochilishning bunday turini Reley aniqlagani uchun uni Reley sochilishi deyiladi va bu sochilish kogerent tarzda yuz beradi. Shu sababli ham Reley sochilishi-yorug`likning kogerent sochilishidir. Biroq ko`p atomli molekulalardan tashkil topgan muhitda yorug`lik sochilishi yuz bersa, u holda sochilgan nurlanish spektrida qo`shimcha chiziqlar, chiziqcha yo`ldoshlar (sateliklar)paydo bo`lishi eksprementlarda kuzatilgan.

    Kompton tajribasiga fotonlarning bir qismi atomlarning ichiga kirib borishi va ular bilan ichki elektronlar to`qnashuvi ro`y berishi mumkin. Kombinatsion sochilishda molekulalarning boshlang`ich va oxirgi holati turli kombinatsiyada bo`ladi va sochilish jarayoni nokogerent bo`ladi.

    Kogerent sochilishda tushayotgan nurlanish energiyasining yutilishi va ikkilamchi nurlanishning paydo bo`lishi orasida yorug`lik fazasini o`zgartiruvchi hech qanday jarayon bo`lmaydi. Nokogerent sochilishda esa aksincha yutilishi va sochilishi oralig’ida faza o`zgarishi sodir bo`ladi. Shuning uchun ham yorug`likning kombinatsion sochilishi nokogerent sochilishdir.

    Kompton effekti va Roman effektidagi nokogerent sochilish jarayonlarining mexanizmi, mohiyati va fizikaviy sabablarini faqat kvant fizika tasavvuri doirasidagina turib tushuntirish mumkin . Bu hodisalarni kvant tahlili yana bir bor elektromagnit nurlanishi sochilish jarayonlarida ham diskret xarakterli ekanligini nurlanish sochilish jarayonlarida ham isbotlaydi. Demak , yuqoridagi gaplardan biz elektromagnit to`lqinlari nurlanish,yutulish va sochilish jarayonlarida kvantlanish xususiyatiga ega degan tushunchaga kelamiz. Quyida kompton effekti bilan tanishamiz.




    Download 8,54 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 8,54 Mb.