|
-chizma. Issiqlik dvigateli
|
bet | 21/27 | Sana | 06.05.2021 | Hajmi | 443,8 Kb. | | #14342 |
2.2.1-chizma. Issiqlik dvigateli
Issiqlik mashinasi. Issiqlik mashinasi deb yoqilg’ining ichki energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi qurilmaga aytiladi. Issiqlik mashinasining prinsipi rasmda ko’rsatilgan. Bir siklda temperaturali isitgichdan Q issiqlik miqdori olinib, temperaturali sovitgichga issiqlik miqdori qaytariladi va miqdordagi ish bajariladi. Har qanday dvigatel 3 qismdan iborat: ishchi modda, isitgich va sovutgich. Isitgichdan issiqlik miqdori olgan ishchi modda kengayib, ish bajaradi. Yoqilg’ining yonishi natijasida isitkichning temperaturasi o’zgarmas bo’lib qoladi. siqilishda ishchi modda issiqlik miqdorini temperaturali sovitgichga uzatadi. Issiqli dvigateli siklik ishlashi kerak.
2.2.2-chizma.
Karno sikli. Karno sikli ikkita izotermik va ikkita adiabatic jarayonlardan tashkil topgan. 1-2 jarayonda ideal gaz isitgichdan olingan issiqlik miqdori ) hisobiga izotermik kengayib, ish bajaradi. bo’lganidan gazning ichki energiyasi o’zgarmaydi. 2-3 jarayonda gaz adiabatic kengayib, ichki energiyasi hisobiga ish bajaradi. chunki bu jarayonda gaz issiqlik miqdori olmaydi. 3-4 izotermik siqilishda ajraladigan barcha issiqlik miqdori sovitgichga uzatilib, ichki energiya o’zgarmaydi. 4-1 adiabatik siqilishda bajarilgan ish gaz ichki energiyasining ortishiga sarflanadi. Shunday qilib, ideal gaz o’zining datslabki holatiga qaytadi va ichki energiyasini to’la tiklaydi. Sikl davomida ideal gaz isitkichdan issiqlik miqdorini oladi va sovitgichga issiqlik miqdori beradi. Termodinamikaning birinchi qonuniga muvofiq, issiqlik miqdori ish bajarishga sarflanadi va sikl o’rab turgan yuzaga teng.
|
| |