• Uyga vazifa
  • Darsning borishi: Tashkiliy qism. Baholash mezoni
  • F.I.Sh Baho Mezonlar
  • Ballar 2 1,5 1,5 5
  • Teng ta’sir etuvchi kuch va kuchning tashkil etuvchilari.
  • Kuchlar ta’sirining mustaqillik prinsipi.
  • Buxoro davlat universiteti




    Download 443,8 Kb.
    bet17/27
    Sana06.05.2021
    Hajmi443,8 Kb.
    #14342
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
    Ta’lim metodlari:ma’ruza, suhbat, bayon etish

    Baholash metodlari: nazorat, variant savollari__________________________

    Axborot manbalari va texnik vositalari: kitob

    Dars turi: nazariy

    Darsga ajratilgan vaqt miqdori: __80__ minut

    Uyga vazifa: 8-9§ adabiyotni o’qib, yozib kelish

    NAZARIY DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI


    T/r

    Mashg’ulot bosqichlari

    Ajratilgan vaqt

    Mashg’ulot mazmuni

    Ta’lim metod lari

    Ta’lim vosita lari

    1.

    Tashkiliy qism

    5

    Salomlashish, davomatni olish, sinf tozaligiga e’tibor berish.

    Yangi mavzuni doskaga yozish









    2.

    Kirish qismi (Motivatsiya)

    20

    O’tilgan mavzular bo’yicha savol-javob qilish, yangi mavzuga zamin yaratish

    Savol-javob




    3.

    Yangi mavzuning bayoni

    40

    Yangi mavzuni bayon etish, ma’ruza qilish, asosiy joylarni yozdirish.

    Ma’ruza, bayon etish, suhbat

    Kitob

    4.

    Mustahkamlash (qo’llash)

    10

    Yangi mavzuni mustahkamlab, masalalarni ko’rish.

    Savol-javob




    5.

    Yakuniy qism

    5

    Uyga vazifani yozdirish








    Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qism.

    Baholash mezoni

    F.I.Sh

    Baho

    Mezonlar

    Bilim

    Faollik

    Tartibi

    Jami ball




    Ballar

    2

    1,5

    1,5

    5




    %

    40

    30

    30

    100




    1. Kirish (motivatsiya).

    “Aqliy hujum” metodidan foydalangan holda o’quvchilarning o’tgan mavzular bo’yicha bilimlari takrorlanadi.

    1. Kuch deb nimaga aytiladi?

    2. Vektor va skalyar kattaliklarning asosiy farqi?

    3. Nyutonning birinchi qonuni ta’rifini keltiring.

    4. Kuch birligi 1 Nni ta’riflang..

    5. Jismning inertligi nima bilan xarakterlanadi?

    6. Jismning vazni (og’irligi ) deb nimaga aytiladi?

    7. “Jismning vazni (og’irligi) va og’irlik kuchi bir narsadir” degan fikr tog’rimi fikringizni izohlab bering.



    1. Asosiy qism.

    Teng ta’sir etuvchi kuch va kuchning tashkil etuvchilari. Kuchlar ta’sirining mustaqillik prinsipi.Teng ta’sir etuvchi kuch kuchlar ta’sirining mustaqillik prinsipi, markazga intilma kuch, markazdan qochma kuch.

    Teng ta’sir etuvchi kuch va kuchning tashkil etuvchilari. Jismning faqat bitta kuch ta’siri ostidagi harakati kamdan kam uchraydi. Ko’p hollarda jismga bir vaqtning o’zida bir nechta kuch ta’sir qiladi.Bu kuchlarning o’zining ta’sir natijasi o’sha kuchlarga teng kuchli bo’lgan bitta kuch bilan almashtirish mumkin. Bu bitta kuchga shu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi deyiladi. Teng tasir etuvchi kuch bilan almashtirilgan kuchlar uning tashkil etuvchilari deyiladi.

    Berilgan tashkil etuvchi kuchlarga muvofiq teng ta’sir etuvchini topish – kuchlarni qo’shish deyiladi.Kuch vector kattalik bo’lganligi sababli kuchlarni qo’shish ham vektorlarni qo’shish kabi bajariladi.

    Kuchlar ta’sirining mustaqillik prinsipi. Agar moddiy nuqtaga bir paytda bir nechta kuch ta’sir etayotgan bo’lsa, unda har bir kuch go’yoki boshqa kuch moddiy nuqtaga ta’sir etmagandek, Nyutonning ikkinchi qonuniga muvofiq tezlanish beradi. Bu qoidaga kuchlar ta’sirining mustaqillik prinsipi deyiladi.

    Bu prinsipga asosan, kuchlarni ham, tezlanishlarning tashkil etuvchilari kabi tashkil etuvchilarga ajratish mumkin. Yani, tezlanishning tangensial tashkil etuvchisi at yo’nalishiga mos ravishda harakat yo’nalishiga urinma bo’ylab yo’nalgan tangensial kuch Ft va tezlanishning normal tashkil etuvchisi an yo’nalishiga mos ravishda trayektoriya markaziga tik yo’nalgan normal kuch Fn


    vaR
    ligidan foydalanib,Nyutonning 2- qonuniga asosan
    = m= m  , (2.1)
    == = (2.2)
    Agar moddiy nuqtaga bir nechta kuch ta’sir etayotgan bo’lsa, unda kuchlarning mustaqillik vprinsipiga asosan, Nyutonning ikkinchi qonunidagi F gab u kuchlarning teng ta’sir etuvchisi sifatida qaraladi.


    Download 443,8 Kb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




    Download 443,8 Kb.