Fizika o’qitish shakllari




Download 443,8 Kb.
bet14/27
Sana06.05.2021
Hajmi443,8 Kb.
#14342
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Fizika o’qitish shakllari.

O’qitish metodlari va vositalari kabi, o’qitishni uyushtirish shakllari ham asosiy didaktik tushunchalar qatoriga kiradi. Dastlab, o’qitishni uyushtirish shaklarining rivojlanish tarixiga qisqacha to’xtab o’taylik.



  1. O’qitishning yakka shakli. Bu dastlabki jamiyatda paydo bo’lib, hozirgacha davom etib kelmoqda. Uning asosiy mamuni, har bir insonni ma’lum darajagacha alohida o’rgatish bo’lib hisoblanadi.

  2. O’qitishning guruh shakli. O’qituvchi yakka insonni emas, balki ularning to’plamini o’qitadi. Dastlabki paytda guruhdagi o’quvchilarning soni turg’un bo’lgan emas. O’qitish vaqtida ularning har biriga mustaqil vazifa berilib, bilimlari alohida-alohida tekshirib kelingan.

  3. O’qitishning sinf-dars shaklini Yan Amos Komensliy kiritgan. Sinfga yoshi va o’qishga tayyorgarligi bir xil o’quvchilar to’planadi. Ularning barchasiga bir xil material tushuntiriladi. O’qituvchi o’quvchilarni qiziqtiradi, ularning ishini kuzatadi, yo’naltiradi va boshqaradi. Har birining ishini tartibga solib, bilimlarining sifatini og’zaki va yozma ravishda tekshirib turadi. Bugungu kundagi dars, uning turi va tuzilishi shu shaklni asosan saqlab kelmoqda.

  4. O’qitishni uyushtirishning Bell-Lankaster shakli. Bu shakl Angliyada paydo bo’lgan. Mashina va ishlab chiqarishning o’sishiga bog’liq tarzda o’qitishning bunday shakli, asosan ishchilarni tayyorlashda qo’llanilgan. Ushbu shaklning muallifi A.Bell va A. Lankasterlar hisoblanishadi. Bu shaklda o’qituvchi dastlab bir necha o’quvchini qandaydir mashina bilan ishlashga o’rgatish vaqtida, o’quvchilar o’z bilganlarini boshqa o’quvchilarga o’rgatishadi. Natijada, o’quvchilar limning asoslarini chuqur o’zlashtirishga erishmasdan, mehnat qilishning qulay usullariga ega bo’lishadi.

  5. O’qitishni uyushtirishning Mangeym shakli. Ushbu shaklga, o’quvchilarni qobiliyatiga yarasha o’qitish ham deyiladi. Uning asosiy kelib chiqish sababi – yuqori foydali xizmat lavozimlarini egallash bilan bog’liq. O’qishga kirishda o’quvchilar maxsus testga, boshqacha aytgan, maxsus tuzilgan savollargajevob beradi. Yakunida barcha o’quvchilar uch guruhga bo’linib, sinfda uch qatorga alohida-alohida bo’lib o’tirishadi. Ularning o’quv muddatlari ham turlicha. O’qitishning bu shakli Angliya va AQSHda hozirgi kungacha davom etmoqda. Bu shakl birinchi marta Mangeym shahrida paydo bo’lgan. Bunday o’qitishda o’quvchilarni guruhlarga bo’lish, o’qitgan predmetning materialini bilish bilangina amalga oshiriladi. Jumladan, undan o’qitishning yangi usullarini va yo’llarini tajribada sinash paytida foydalaniladi. Tekshirishga qo’yilgan metodika, o’quvchilarning turli guruhiga qanday ta’sir qilishi amalda sinab ko’riladi.



Download 443,8 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Download 443,8 Kb.