Buxoro davlat universiteti




Download 443,8 Kb.
bet13/27
Sana06.05.2021
Hajmi443,8 Kb.
#14342
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Ko’rgazma vositalar.

Fizikadan ko’rgazma vositalarga quyidagilar kiradi.



  1. Hajmiy modellar. Agar qurolni yoki tuzilmani o’zini ko’rsatish mukin bo’lmasa, unga aynan mos keladigan modellardan foydalaniladi. Masalan, issiqlik va elektr dvigatellar, gidravlik press, suv omborlari, nasos, ko’tarma kran va boshqalar. Ularni o’quvchilar uchun chiqargan turli konstruktorlik detallaridan yasasa bo’ladi. Bunday modellarni fizika-texnika krujoklarining qatnashchilari yasashadi.

  2. Kinematik sxemalar – faner yoki kartondan yasalgan modellar yoki sxemalar. Bunday sxemalarning ayrim qismlari harakatlanuvchan bo’lib, hodisaning yuz berish mexanizmini yoki qurolning ishlash prinsipini yaqqol ko’rsatadi. Bularga elektrlashtirilgan sxemalar ham kiradi.

  3. Illyustratsion model-maketlar, masalan, kristall panjaraning modeli. Fizika o’qitishda maketlar unchalik ko’p qo’llanilmaydi. Biroq ular ayrim hollarda o’ziga xos ahamiyatga ega. Masalan, gidroelektr stansiyalarni, suv omborlarning plotinasini, shlyularning maketlari va boshqalar. Ular ko’rgazmali hamda aniq tasavvur hosil qilishga imkon yaratadi.

  4. Kolleksiyalar. Fizika kursini o’qitishda turli predmetlarning materiallariga tegishli kolleksiyalar qo’llaniladi. Masalan, kristall, o’tkazgichlar va dielektriklar, yarimo’tkazgichlar, elektr lampalari, bir xil shakldagi turli moddalar va boshqalar.

  5. Jadvallar va plakatlar – turli murakkab qurollarning tuzilishlari bilan o’quvchilarni tanishtirish vaqtida qo’llaniladi. Bunday plakatlarda qurollarni, qurilmalarning tashqi ko’rinishini, optic tizimlarda nurning yurishini, qurollarning ayrim detallarini va ularning ishlash prinsiplari aks ettiriladi. Bunday plakatlar turkumiga quyidagilarni qo’shsa bo’ladi: Mendeleyev elementlar davriy sistemasi, asosiy fizik birliklar, asosiy fizik kattaliklar, fundamental doimiyliklar, elementar zarralar va boshqalar. Shunga o’zshash ko’rgazma qurollarning bu turiga buyuk fizik olimlarning portretlari ha mkiradi. Jadvallarni va plakatlarni saqlashga alohida e’tibor berish kerak.

  6. Diagrammalar. Fizika o’qitish jarayonida, o’qituvchilar ko’pincha taqqoslovchi diagrammalardan foydalanishadi. Masalan, turli yoqilg’ilarni issiqlik berish imkoniyati, moddalarning solishtirma issiqligi, mashinalarning foydali ish koeffitsiyenti, kosmik tezliklar va boshqalar.

  7. Grafiklar. –fizik kattaliklar orasidagi funksional bog’lanishlarni o’rgatishda muhim ahamiyatga ega. Bunda asosiy e’tibor, tayyor grafikni emas, uning dinamikasini ko’rsatishga qaratilishi kerak.

  8. Diproyeksiya – shaffof jismlarning sirtidagi rasmlarni proyeksiyalashda qo’llaniladi. Bunda o’qituvchi diapozitiv, diafilm, kinofilmlarning slaydlarini tayyorlash, yig’ish, saqlash va darsda foydalanish bo’yicha ko’p ishlarni bajarishi kerak.

  9. Epiproyeksiya – shaffof bo’lmagan jismlarning sirtidagi rasmlarni proyeksiyalab ko’rsatishda qo’llaniladi. Masalan, kitoblardagi rasmlar, sxemalar, o’quvchilarning daftarlaridagi yozuvlar, mayda detallar proyeksiyalanadi. Katta o’lchamli rasmlarni va chizmalarni o’ziday qilib tayyorlash mumkin.

  10. Radio eshittirish va teleko’rsatuvlar, kinofilm va magnitofonlar.

  11. Kompyuter texnologiya, multimedia xizmatlari.


Download 443,8 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Download 443,8 Kb.