|
O’zbekiston respublikasi oliy ta”lim va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti sirtqi bo’lim
|
bet | 1/6 | Sana | 09.09.2024 | Hajmi | 132,5 Kb. | | #270715 |
Bog'liq madamin tayyor
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA”LIM VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIM
“TASVIRIY SAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI” FAKULTETI
“Tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta’lim” kafedrasi
“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo’nalishi
“Tasviriy san’at fani o’qitish metodikasi” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Tasviriy san’at darslarida ko’rsatmali qurollarni tayyorlash va ulardan foydalanish usullari
Bajardi: Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi yo’nalishi 3 bosqich talabasi Burxonov Madaminbek
Ilmiy rahbar:
JIZZAX-2023
MUNDARIJA
MAVZU: Tasviriy san’at darslarida ko’rsatmali qurollarni tayyorlash va ulardan foydalanish usullari
Kirish....................................................................................................................3
Asosiy qism
1 BOB Tasviriy san’at darslarini samaradorligini oshirishda interfaol usullar
1.1.Tasviriy san’at darslarida ko’rgazmali vositalar yordamida o’qitish……….6
1.2. Tasviriy san’at darslarida pedagogik ko’rsatmalar...................................10
2 BOB Darslarda ko’rgazmali qurollarning roli
2.1 Tasviriy sanat darslarida ko’rgazmali qurollarni ahamiyati………………18
2.2.Maktabda tasviriy sanat darslarida interfaol metodlardan foydalanish.......19
Xulosa.................................................................................................................23
Foydalanilgan adabiyotlar...................................................................................25
KIRISH
«Ta‘lim to’g’risida»gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta‘limda ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o’zlashtirish prinsipiga alohida e‘tibor berilgan. Pedagogik jarayonning eskirib qolgan texnologiyasini yangisiga almashtirish, zamonaviy davr talablari asosida yondashish, darsga esa yangicha usullarning loyihasini qo’llash asosiy vazifa bo’lib qoldi. Shuningdek ta‘limda zamonaviy pedagogik texnologiyalarga, darslarni o’qitishning faol usullarini qo’llab tashkil etish muammolarining yechimiga qo’yilgan talab tobora ortib bormoqda. AQSH va Evropa mamlakatlarida «ta‘lim texnologiyasi» sifatida e‘tirof etilgan nazariya bo’lib, uning yaratilishi to’g’risida ma‘lumot beruvchi manbalarni o’rganish natijalari shuni ko’rsatdiki, ta‘lim tizimini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish g’oyasi o’tgan asrning boshlarida g’arbiy Evropa hamda AQSHda ta‘lim tizimini isloh qilish, ta‘lim samaradorligini oshirish, shaxs ijtimoiylashuvini ta‘minlash va bu borada muayyan muvaffaqiyatga erishish borasidagi ijtimoiy ehtiyojni qondirishga urinish natijasida vujudga kelgan. Ushbu g’oya XX asrning 30 - yillarida tasviriy san‘at darslariga «pedagogik texnika», «ta‘lim texnikasi», tushunchasining olib kirilishi bilan asoslangan. Bu sohadagi mavjud adabiyotlarda «ta‘lim texnikasi» tushunchasi o’quv mashg’ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga ko’maklashuvchi usul, vositalar yig’indisi deya talqin etiladi.
Tasviriy san‘at darslaring maqsadini aniq va puxta belgilanishi yaxlit pedagogik faoliyat muvaffaqiyatini ta‘minlashga poydevor yaratadi, tasviriy san‘at darslarining maqsadi DTS, o’quv rejasi va dasturi, shuningdek, darslik va 14 ko’llanmalar mazmunida o’z ifodasini topgan ma‘lum mavzular hamda o’quv fanining o’ziga xos jihatlari, o’quvchilarning yosh, psixologik xususiyatlari, ehtiyoj, kizihishlari, pedagoglarning bilimi, kasb mahorati, ijodiy layokati pedagogik vaziyatlarni inobatga olish asosida belgilanadi.
Tayyorlanayotgan mutaxassislarga real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi mavjud talabga alohida e’tibor qaratgan holda, o’sib kelayotgan yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish sohasidagi moddiy-texnika bazani yanada mustahkamlash, undan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari va o’quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish;
Ta’lim jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylari va oliy o’quv yurtlarida o’qitish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalarining o’quv-laboratoriya bazasini zamonaviy turdagi o’quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, o’qituvchilar va murabbiylar mehnatini moddiy hamda ma’naviy rag’batlantirish bo’yicha samarali tizimni yanada rivojlantirish;
Mamlakatimizda chuqur o’zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizasiya qilish jarayonlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo’lida belgilab olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin yaratmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, jamiyatda yuz bеrayotgan ma'naviy-axloqiy yangilanishlar inson faolligini oshirish bilan bir qatorda uni o`z-o`ziga, tabiatga munosabatini o`zgartirishga undamoqda. Bu borada O`zbekiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yildagi “Tabiatni muhofaza etishni kuchaytirish va tabiat boyliklaridan foydalanishni yaxshilash bo`yicha qo`shimcha tadbirlar” to’g’risidagi Qarorida atrof-muhit haqidagi bilimlarni rеspublika aholisi o`rtasida ommalashtirishni ahamiyati haqida ta'kidlab o`tilgan. Unda o’simliklarning oziq-ovqat turlarini ko’paytirish, tomarqa madaniyatini shakillantirish ishlari tashkil qilindi.
|
| |