Maktabda tasviriy sanat darslarida interfaol metodlardan foydalanish




Download 132,5 Kb.
bet5/6
Sana09.09.2024
Hajmi132,5 Kb.
#270715
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
madamin tayyor

2.2.Maktabda tasviriy sanat darslarida interfaol metodlardan foydalanish
San’at olamiga kiradigan inson juda ham mard va san’atni sevuvchi bo’lishi ham kerak. Yer yuzidagi har bir kishi san’at atamasini yaxshi biladi va hozirgi kunda kundalik hayotimizda ham faol ishlatib kelamiz. Ammo barchani ham san’atning aslida nima ekanligi unchalik qiziqtirmaydi. San’atning eng qadimiy va keng tarqalgan turlaridan biri- tasviriy san’atdir. Birinchi rasm asarlari qadimgi davrlarga tegishli bo’lgan, ular qadimgi odamlar g’orlarining devorlarida topilgan va juda ham qadimiy hisoblang.
Tasviriy san’at inson ongiga tezda ta’sir etib, unda ezgu hislar uyg’otadigan, kishini ruhlantirib, ma’naviy olamine boyitadigan san’atdir. Umuman yuqorida aytib o’tilganidek, san’at olami keng qamrovli hisoblanib, hozirgi kunga kelib, zamonaviy o’qituvchi yoshlarni bilim, malaka va ko’nikmalarini asosan dars davomida shakllantirib amalga oshirishimiz lozim. Agar har bir o'qituvchi rasm chizishni bilganda edi, ular dars berishda yuksak samaralarga erishardi, dars mashg'ulotlarini o'zlashtirish ham o'quvchi uchun juda oson va yengil bo'lardi, hatto o'zlashtirishi past o'quvchini bo'lishi ancha qiyin bo'lardi. Shularga ko'ra bugungi maktab o'quvchilariga badiiy bilim va malaka berishga katta e'tibor berilmoqda. Tasviriy san’at darslarida asosan san’atni va borliqni estetik idrok qilish yo’llarini o’zlashtiradi. Bu fan orqali o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini, ko’rish xotirasini, estetik hissiyotlari hamda asosiy ijodiy tafakkuri rivojlanib boradi. Dars jarayonida yangicha zamonaviy interfaol usullar va texnologiyalardan foydalangan holda ularning faolligini oshirish lozim. Usul – biror narsa, hodisa, jarayonni o’rganish yoki amalga oshirish tartibi. Voqelikni amaliy va nazariy egallash, oʻzlashtirish, oʻrganish, bilish uchun yoʻl yoʻriklar, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usulidir. Inson faoliyatining barcha sohalarida tegishli usullardan foydalaniladi. Bu usullarning eng umumiy belgisini hisobga olgan holda ularni borliqni amaliy yoki nazariy o’zlashtirish operastiyalarining yoki yo’llarining yig’indisi deyish mumkin. Biror ishni bajarish usulini egallagan inson shu ishni boshqalarga nisbatan tez va juda oson bajara oladi. Usulni ya’ni egallamagan inson esa bu ishni bajarish uchun koʻp vaqt sarflaydi. Texnologiya ("hunarmandchilik ilmi", dan yunoncha techne, "san'at, mahorat, qo'l ayyorligi") yig'indisi texnikasi, ko'nikmalar, usullar tizimidir. Har bir sohaning oʻziga xos texnologiyasi boʻladi.
Texnologiya tushunchasi 60-yillardagi Amerika va G‘arbiy Evropada ta’limning isloh qilinishi bilan bog‘liq ravishda kirib keldi va B.Blui,J. Koroll, P.YA.Galperin, V.I.Davidov, N.A.Menchinskaya, Z.I.Kalmikova, L.I. Zankov texnologiyalari mashhurdir. O‘qitishni tashkil qilishning texnologik yondashuvlari V.P.Bespalko, N.F.Talizina, L.M.Fridman, YU.N.Kulyutkina, G.S.Suxobskoy, T.V.Kudryavsev, A.M. Matyushkin, M.I.Maxmutov kabi aksariyat psixolog va didaktikachilarga taalluqlidir. «Texnologiya – ishlov berish, holatni o‘zgartirish san’ati, mahorati, malakasi va metodlar yig‘indisi» (V.M. Shepel). Pedagogik texnologiya – tinglovchi va o‘qituvchining ularga zarur sharoit yaratish orqali o‘quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha ular pedagogik faoliyatining har tomonlama o’ylangan modelidir. Pedagogik texnologiya – bu ta’lim shakllarini jadallashtirish vazifasini ko‘zlagan o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida va ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tatbiq etish va belgilashning izchil metodidir. Dars jarayonida qo’llaniladigan interfaol usullarini tanlashda avvalambor fanning xususiyatini hisobga olish kerak. Tasviriy san’at darslarini samarali va qiziqarli olib borish uchun o’qituvchi avvalambor kreativ bo’lishi, interfaol usullar va texnologiyalardan o’z o’rnida foydalanib bilishi kerak. Pedagogik texnologiyani yaratish tamoyillarining birinchisi muayyan dars, mavzu, qism, o‘quv predmetidan kutilgan asosiy maqsadni shakllantirib olishi; ikkinchisi; umumiy maqsaddan kelib chiqib, darsni yoki o‘quv predmetini modullarga ajratib, har bir moduldan kutilgan maqsadni va modullar ichida hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar tizimini aniqlab olishi shart. Dars davomidagi oddiy qoida shuki, nazariy darsning dastlabki 20 daqiqasida o‘quvchilarga yangi bilimlarni berish amalga oshiriladi, keyin esa bahsmunozara, kichik guruhlarda ishlash va boshqa shu kabi noan’anaviy metodlarni amalga oshirish orqali berilgan bilim mustahkamlanishi lozim. Har qanday holatda ham nazariy dars jarayonida, masalan faqat ma’ruza o‘qiladigan vaqt 20 daqiqadan oshmasligi kerak. Chunki, o‘rganishning dastlabki 20 daqiqasi eng samarali, 30 daqiqadan keyin esa o‘rganishni davom ettirish motivatsiyasi tezda pasaya boshlaydi. Masalan, “Rangtasvir san’atin” mavzusini tushuntirishda o’qituvchi nafaqat o’zbek, balki chet ellik rassomlarning ijodiy ishlaridan, hamda o’qituvchi o’zining kompozitsiya (lot.compositio-tuzilish, ijod qilish,g’oya) ishlaridan ham namuna sifatida ko’rsatishi, bu o’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalarini asosan dars davomida shakllantirib, hamda ularni yaxshiroq taassurotga ega bo’lishlari va ijodiy qobiliyatlarini o’stirishga yordam beradi. (1- rasm) 1-rasm. Tasviriy san’atda o’quvchilarga nafaqat nazariy jihatidan balki, amaliy jihatidan ko’roq tabiat qo’ynida o’tkazishlari, muzeylarga sayohat uyushtirib turish va albatta ko’proq rasm chizib, yangicha kompozitsiya yaratish bu o’quvchilarga katta ijodiy imkoniyat va iloji boricha har bir yangi mavzuni, ko’rgazmali qurollar, yangi mavzuni hayotiy misollar orqali tushuntishi ham, bu past o’zlashtiruvchi o’quvchilarning yaxshiroq tushunish imkoniyati va fanga nisbatan qiziqishini yana ko’proq oshiradi. Fransuz faylasufi Didro, bundan qariyb 300 yillar avvaldanoq, - «Qaysi bir mamlakatda ish kabi bilsalar edi, bu mamlakat barcha sohalarda har qanday mamlakatni quvib yetadi va ortda qoldiradi» degan edi. Xulosa qilib aytganda, bugungi o'quvchi kelajakda ishchi, xizmatchi, dizayner, muhandis, shifokor, o'qituvchi, yurist yoki harbiy mutaxassis yoki boshqa biron bir sohani yaratuvchisi bo'ladilar. Ularni har biri uchun rasm chizish, undan foydalanish lozim bo'ladi. Har qanday oddiy, asbob-texnika vositalarini ishlatish va ularni sozlash uchun ham grafik bilim va malakalar kerak bo’ladi. Shu boisdan har bir kishi rasm chizishni, grafik tasvirlarini bilishi maqsadga muvofiqdir. Hayotda inson uchun muvaffaqiyatning asosiy sirlaridan biri, qulay vaziyat kelganda undan foydalanmoqlikka tayyor turishdir. Shunday ekan har doim o’qituvchi o’quvchining qiziqishi, qobiliyatini hisobga olib, darslarda didaktik, noan’anaviy, yangi usul va g’oyaga asoslangan holda, ularning ijodiy faolligini oshira bilishi va mustaqil kasbga yo’llay bilishi kerak.


XULOSA.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalari o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchi - talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishiga, mustaqil o‘rganib tahlil qilishlariga, hatto xulosalarini ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanish, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta‘lim jarayonida o‘quvchitalaba asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun oliy o‘quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o‘qitish metodlari interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va roli benihoya kattadir.
Zamonaviy ta‘lim texnolgiyalarini tashkil etishda qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdan iboratdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchi -talabalarga yetkazib berish, ulardan ma‘lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, shuningdek, ular faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko’nikma, hamda malakalar darajasini baholash o’quvchi – talabalardan amaliy mashg’ulotga qiziqishini uyg’otish, o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat, hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
Shuning uchun o’qtuvchining nutqi ravon tushinarli va ma’noli bo’lishi lozim
Tasviriy san’atdan beriladigan ta’limning oson, qisqa va asosli, ya’ni barcha sababli bog‘lanadigan tomonlari bilan birga berilishini ilmiy jihatdan ta’minlaydi. Shu boisdan tasviriy san’at o‘qituvchisi o‘qitish didaktikasi va metodikasi bo‘yicha puxta tayyorgarlikdan o‘tishi lozim. Shuningdek, u doimo ijod qilib, izlanishda bo’lishi, har bir dars mashg‘ulotini tasviriy san’at kabinetida o‘tkazishga erishmog‘i lozim.
O‘quvchilar rasm chizish va san’at ta’limini ongli, faol, mustaqil holda egallab, ijodiy ishlash ko‘nikmalariga ega bo'lishning ilmiy asoslarini ko‘rsatib, ularga amal qilishning didaktik shart-sharoitini yaratib beradi va bunga amal qilishni talab qiladi.
Tasviriy san’atdan beriladigan ta’limning oson, qisqa va asosli, ya’ni barcha sababli bog‘lanadigan tomonlari bilan birga berilishini ilmiy jihatdan ta’minlaydi. Shu boisdan tasviriy san’at o‘qituvchisi o‘qitish didaktikasi va metodikasi bo‘yicha puxta tayyorgarlikdan o‘tishi lozim. Shuningdek, u doimo ijod qilib, izlanishda boMishi, har bir dars mashg‘ulotini tasviriy san’at kabinetida o‘tkazishga erishmog‘i lozim.



Download 132,5 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 132,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabda tasviriy sanat darslarida interfaol metodlardan foydalanish

Download 132,5 Kb.