|
Tasviriy sanat darslarida ko’rgazmali qurollarni ahamiyati
|
bet | 4/6 | Sana | 09.09.2024 | Hajmi | 132,5 Kb. | | #270715 |
Bog'liq madamin tayyor2.1 Tasviriy sanat darslarida ko’rgazmali qurollarni ahamiyati
Ma’lumki, inson va uning jamiyatining harakatlantiruvchi kuchi — bu inson tafakkuridir. Tafakkur — bu aql-idrok va dunyoviy bilimlar majmuasidir Dunyoviy bilimlar ta’lim jarayonida bunyod etiladi. Haqiqatan ham Prezidentimiz I.A. Karimov ta’rif berganidek, «Ta’lim Ozbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi. o‘sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlaming dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi»1.Shunga ko‘ra, mamlakatimizda ta’limga alohida e’tibor berilgan holda uni yangi pedagogik tizimga o'tkazish bugungi kunning bosh
vazifalaridan biriga aylanib, uzluksiz ta'limni yo‘lga qo‘yishda ham ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Ma’lumki, har bir mamlakat va jamiyat o ‘zining ta’lim-tarbiya tizimiga va o ‘qitish texnologiyasiga ega bo‘ladi. Lekin bu texno- logiyada, albatta, jahon va umuminsoniy ta’lim-tarbiya tizimidan va o'qitish texnologiyasidan ijodiy foydalanib, undan bahramand bo‘linadi.
Shu bois o ‘quv fanlarini pedagogik texnologiyalar asosida o'qitishga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, maktablarda tasviriy san’at o‘quv p red met ini yangi pedagogik tcxnologiyada o‘qitishga o‘tilmoqda. Buning uchun tasviriy san’at o‘quv predmeti darslari bo‘yicha didaktik materiallar, ko‘rgazmalar, metodik adabiyotlami tayyorlash va ishlab chiqarish zarurligi bugungi kunimizdagi muhim vazifa bo‘lib qolyapti.Ma’lumki, ta’lim-tarbiya sohasida pedagogik textiologiyadan tasviriy san’atni o‘qitishda foydalanish va uning samaradorUgiga erishish uchun ham o‘ziga xos didaktik jarayonning o‘rganib chiqilishi zarur bo‘ladi.Maktabda tasviriy san’atni o'qitishda pedagogik texnologiya masalasi bilan hozirgacha biron-bir tuzukroq ilmiy asar yoki
metodik-didaktik qollanma chop etilgani yo‘q. Shuning uchun bu masalada mulohaza yuritishda masala kengroq o ‘rganilib, texnologiya, pedagogik texnologiya va so‘ngra tasviriy san’atni o‘qitishda pedagogik texnologiyadan foydalanish masalasi tahlil qilinishini lozim topdik.
|
| |