|
Tasviriy san’at darslarida pedagogik ko’rsatmalar
|
bet | 3/6 | Sana | 09.09.2024 | Hajmi | 132,5 Kb. | | #270715 |
Bog'liq madamin tayyor1.2. Tasviriy san’at darslarida pedagogik ko’rsatmalar
Hozirda taʼlim muassasalarida dars oʻtishning turli yangi loyihalari orqali sinov tajriba sifatida nazariy amaliy dars tashkil qilish usullari qoʻllanilmoqda. Tasviriy sanʼatda olib borilayotgan ishlarning hajmi va turlari xam nihoyatda xilam xilligi bilan boshqa fanlardan koʻra qoʻshimcha oddiy va murakkab jarayonlarni rassom pedagogdan talab qilib turishi bilan farqlanadi. Maʼlumki, yangilanish – bu butun tizimning muayyan qonuniyatlar asosida ichki oʻzgarishidir. Pedagogik yangilanish deganda dunyo miqyosida sodir boʻlayotgan global oʻzgarish va rivojlanishning va natijasini yaxshilashga yoʻnaltiriladigan pedagogik tizim ichida sodir boʻladigan miqdor va sifat oʻzgarishlar majmuasi nazarda tutiladi. Yangi zamon bilan uygʻun pedagogik faoliyat butun pedagogik tizimni sifat jihatidan takomillashtirishda yuqori darajadagi natijalarga erishuvni kafolatlashga xizmat qiladigan yangi gʻoyalar, jarayonlar, vositalar, usul, uslublarning yaxlit holatdagi ifodalanishidir.
Mamlakatimiz va dunyo taʼlimi tarixidan, xar oʻn, oʻn besh yil oʻtganida taʼlim sohasida islohotlarni amalga oshirish tabiiy bir holatga aylanib bormoqda. Jumladan: mamlakatimizda 1959 yili maktabni hayot bilan aloqasini mustahkamlash. 1970 yili oʻn yillik majburiy oʻrta taʼlimni joriy etish, 1980 yili oʻrta va kasb-hunar taʼlimini isloh qilish, 1997 yili Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisidagi qonun” hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi”ni qilish orqali butun uzluksiz taʼlim tizimini isloh qilishda davlat bosh islohotchisi sifatida yetakchi rolni oʻynab kelmoqda. Eng muhimi amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli uzluksiz taʼlimning barcha bosqichlarida amalga oshirilgan taʼlim tarbiyaning jarayonlariga yangi pedagogik gʻoyalar tajribalar, kontratsepsiyalar keng tatbiq etila boshlandi. Mamlakatimizda uzluksiz taʼlimning barcha bosqichlarida oʻqitiladigan fanlar mazmunini modernizatsiyalashni oʻquv dasturlari, darsliklarni hozirgi zamon fanlari, texnikasi, texnologiyalari hamda ijtimoiy hayotda roʻy berayotgan oʻzgarishlarga moslashtirish jarayonlari dadil qadamlar bilan amalga oshirilmoqda. Ana shu maqsadda DTS ni takomillashtirish; oʻquv reja, dasturlari, va darsliklarning egiluvchanlik va moslashuvchalik xususiyatlarini kuchaytirish; ularni koʻp variantligini taʼminlash; taʼlim jarayonida xar bir oʻquvchi va talabaning oʻziga xos qobiliyat va isteʼdodlarini hisobga olish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Barcha bosqichlar qatorida tasviriy sanʼat, amaliy sanʼat, meʼmorchilik, haykaltaroshlik kabi sanʼat namunalarini taʼlim tarbiya jarayoni bilan imlashuv jihatlarini toʻgʻri anglash tushuntira olish kabi sifatlar boʻyicha anchagina vazifalar turganini bilishimiz shart. Pedagogika sohasida qaysi bir aniq yoki tabiiy fan uchun alohida davlat taʼlimi standarti DTS mezoniga tasviriy, amaliy sanʼat meʼyoriy hujjatlari zamon talabidan kelib chiqqan xolda tashkil etilgan. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mamlakatimiz taʼlim tizimiga xorij tajribalarining shiddat bilan kirib kelishi, yangicha taʼlim kontratsepsiyalari (global taʼlim, bolalarga doʻstona munosabat, eksklyuziv taʼlim pedagogik texnologiyalar va hokazo) oʻqituvchilar, metodika, pedagogika, taʼlim psixologiyasi mutaxassislarida misli koʻrilmagan qiziqish uygʻotgani hammamizga maʼlum. Taʼlim sohasidagi yangiliklar barcha oʻqituvchilarga bir xil munosabatni vujudga keltira olganicha yoʻq edi. Kuzatishlarimiz shuni koʻrsatadiki, yosh oʻqituvchilarda kasbiy kelajagi haqida tashvish, ayrim katta yoshli (nafaqa yoshiga yaqinlashgan, nafaqa yoshdagi) oʻqituvchilarda befarqlik holatlari namoyon boʻlayotganini koʻrish mumkin.
Pedagogikadagi yangilanish jarayonlarini taʼlim amaliyotiga tatbiq etish oʻziga xos murakkab, koʻp qirrali muammolardan boʻlib, oʻziga xos xususiyatlarga ega. Taʼlim tarbiya jarayonining barcha tarkibiy qismlariga taalluqli boʻlgan ijtimoiy tizim. Bunda oʻquvchi va oʻqituvchi faoliyati, jarayon maqsadi, mazmuni, metodi, shakli, natijasi, shart sharoitlari, texnologiyalar va uni boshqarishga samarali taʼsir etadi. Taʼlim tarbiya amaliyotiga bilvosita, yaʼni oʻqituvchi mahorati didaktik vositalar, taʼlim texnologiyalar orqali kirib keluvchi koʻp qirrali muammolar. Kompyuter hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida amaliyotga tatbiq etish, shu sababdan barcha oʻqituvchilarni kompyuter savodxonligi va axborot kommunikatsiya texnologiyalariga oid koʻnikmalarga ega boʻlish. Yuqorida aytib oʻtilgan koʻrsatmalarga yondashgan xolda kasbiy mahoratni mustahkamlashdan tashqari tasviriy sanʼat mashgʻulotlarini samaradorligini oshirish, oʻquvchilarni fanga qiziqishlarini oshirish maqsadida quyidagilarga eʼtibor qaratish zarur. Tasviriy sanʼatni oʻqitishda qiziqarli va sermazmun mavzular tanlash oʻquvchilarning tasviriy sanʼatga boʻlgan qiziqishlarini yanada orttiradi. Hozirda maktablarda oʻquvchilar rasm daftari, boʻyoq, qalam oddiy qalam va oʻchirgʻichdan foydalanish bilan chegaralanib qolmasdan, zamonaviy, xorij texnologiyalaridan foydalanib, ishlab chiqarilgan bir qancha turdagi boʻyoqlar, rangli qalamlar, dekorativ bezak ishlarini yorqinlik darajasini oshiruvchi turli chizish vositalaridan foydalanilmoqlar. Bunday ashyolar bilan oʻquvchilarda badiiy faoliyatini aktivlashtiradi. Sanʼatga qiziqish uygʻotadi. Maʼlumki, taʼlim-tarbiya sohasida pedagogik texnologiyalarda tasviriy sanʼatni oʻqitishda foydalanish va uning samaradorligiga erishish uchun xam oʻziga xos didaktik jarayonni oʻrganib chiqishi zarur boʻladi. Maktabda tasviriy sanʼatni oʻqitishda pedagogik texnologiya masalasi bilan hozirgacha biror-bir oʻrinliroq ilmiy asar yoki metodik – didaktik qoʻllanma chop etilani yoʻq. Shuning uchun bu masalada mulozamat yuritishda masala kengroq oʻrganilib, texnologiya, pedagogik texnologiya va soʻngra tasviriy sanʼatni oʻqitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalasi tahlil qilinishini lozim deb topdik. Maʼlumki, tasviriy sanʼatni dars mashgʻulotlari besh turdagi mashgʻulot xarakterida yoki texnologiyada aslga oshiriladi.
1.Naturaga qarab rasm ishlash.
2.Tematik kompozitsiya ustida ishlash.
3. Dekorativ-amaliy san’ati.
4. Haykaltaroshlik ishlari.
5 San’atshunoslik asoslaridan tashkil topgan mashg’ulotlar turlarida olib boriladi.
Bu darslarning texnologiyasi bir mazmunda boʻlsada, ulardagi taʼlim berish texnologiyasi albatta bir –biridan farqlanadi. Yaʼni narsani oʻziga qarab rasm chizish mashgʻulotlarida naturadan, buyumning oʻzini koʻrib, undan shaklning imkoniyati boricha naturadan tasvirlanadi. Tematik kompozitsiyada esa oʻquvchilar oʻylaboʻylab, uzoqlarga qarab, nimalarnidir esga olish asosida rasm chizadilar. Haykaltaroshlarda esa, qalam boʻyoq bilan emas, loy plastilin bilan, oz boʻlsada, jismoniy mehnat vositasidagi mashgʻulotlar texnologiyasi mashgʻulotlarning asosi boʻladi. Shuning uchun tasviriy sanʼat darslaridagi pedagogik texnologiyalar taʼrifini keltirish va ularni “Dars texnologiyasi” turlariga ajratishda xam alohida eʼtibor zarur boʻladi. Xoʻsh, maktabda tasviriy sanʼatni oʻqitishda pedagogik texnologiyalarni umumiy xolda qanday tushunamiz? Tasviriy sanʼatni pedagogik texnologiyasi – bu tasviriy sanʼat oʻqituvchisining oʻquvchilarga maʼlum darajada va sharoitda sanʼat bilimi va malakasini berish vositalari asosida oldindan belgilangan maqsadga erishish hamda bu vazifani bajarishni kafolatlay oladigan pedagogik jarayon. Yaʼni,oʻqituvchining 45 minut dars jarayonida belgilangan, moʻljallangan maqsadga erishish uchun taʼlim va tarbiya vositalaridan foydalanishning didaktik, metodik va uslubiy jarayonlari majmuasi asosida kafolatlangan natijalarga erishishni taʼminlaydigan pedagogik jarayondir. Maktabda tasviriy sanʼat fanini oʻqitishda ham pedagogik texnologiyaning “dars texnologiyasi”, “oʻqitish texnologiyasi” va “taʼlim texnologiyasi” kabi koʻrinishlardan foydalaniladi.
Tasviriy san’at darslarining muvafaqiyati ko’p jihatdan bolalarni fanga bo’lgan qiziqishlarini shakillantirish va doimiy ravishda uni oshirib borishga bog’liq. Fanga qiziqishi bo’lmagan boladan yahshi natija kutib bo’maydi. Shuningdek o’quvchi darsdan bironta natijani ongli ravishda olganida hamda unga ega bo’lishga ishonch hosil qilgandagina fanga qiziqish paydo bo’ladi. Tasviriy san’atda o’quvchilarning qiziqishlarini oshirishning bir qator yo’llari mavjud: -san’atning mohiyatini bolalar ongiga singdirish; -mashur san’at namoyondalrining hayoti va ijodi yuzasidan suhbatlar o’tkazish filmlar namoyish etish albomlar tayyorlash; -ozgina bo’lasada bolalarni erishgan yutuqlarini qayd qilish va rag’batlantirish ularning ibrotomus ishlarini sinfdagi barcha o’quvchilarga namoyon etish; -qiziqarli bo’gan san’at asarlari haqida suhbat va murozalar o’tkazish; -muvafaqiyatga erishgan o’quvchilarining ishlaridan ko’gazmalar tashkil etish, ularni ishlarini tuman, shahar, viloyat ko’gazmalariga tavsiya etish; -har bir darsda o’qtuvchi bolalarga yangi bilim, tushuncha va malakalar berishi; -tasviriy san’at darslarini o’yin, musabaqa tarzida tashkil etishi viktorina krasvord, chaynvord yechish; -bolalarning tasviriy ijodi uchun ko’proq ularni qiziqtirgan mavzularni tavsiya etish. Ayniqsa ertaklar hikoyalar multiplikatsiyalar filmlar asosida dengiz tubiga va boshqa planitalarga hayoliy sayohat mavzularida rasm chizdirish; -bolalarni yirik muzey va ko’rgazmalarga olib borish; -mashhur san’atkorlar bilan uchrashuvlar o’tkazish va boshqalar. O’quvchilarni tasviriy san’atga bo’lgan qiziqishini oshirishda ko’rgazmali materiallardan ken foydalanish ham katta samara beradi. Bunda san’at asarlari 216 reproduksiyalarni kursatish o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishini yanda orttiradi. Reproduksiyalarni bolalarga shunchaki kursatish, uning mazmunini tahlil qilish bilan chegaralanib qolmay asarning yaratilish tarixi, asar haqida yirik olim rassomlarni aytgan fikirlarini o’quvchilarga yetkazish muhumdir. Avvalo ko’rsatiladigan asarlar o’z mazmunini va yaratilish tarixiga ko’ra qiziqarli bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Masalan badiiy asarlar qatoriga I.Repinning “Ivan Grozniy va uning o’g’li Ivan”, N.Genning “Pyotr I shahzoda Aleksey Petrovichni so’roq qilmoqda “, V.Perovning” Ovchilar manzilgohda”, Leonardo Do Vinchining “Mona Liza. Jakonda “asrlarini ko’rsatib ular haqida kenroq tushunchalar berish maqsadga muvofiqdir. Malumki, barcha tasviriy san’at darslarida ko’gazmali qurollar ishlatiladi. Bu o’quv predmetining ko’rgazmali qurollarsiz tassavur etib bo’lmaydi. Shuningdek tasviriy san’at darslarida ko’rgazmalilik turlari xam nixoyatda turli-tumandir. Xususan natura uchun shuningdek tushuntirish uchun mo’ljallangan tabiiy va suniiy materiallar chizish va yasash usullari va bosqichlarini ko’rsatuvchi ko’rgazmali tablitsalar shular jumlasiga kiradi. Ayniqsa: 1. Tabiat maxsulotlaridan –daraxt, gul, bargcha, shoxcha rasmlari. 2. Xayvonot olamidan- kapalak, ninachi, qushlar, burgutlar, it, bo’ri, quyon, turna va boshqa rasmlar . 3.Turmushda qo’llaniladigan buyumlar- oshxona va sport buyumlari, mexnat qurollari va boshqalar 4.Transport vositalari- xarbiy texnika, sport texnikasi rasmlari, avtomashinalar 5.Odam va xayvonlarni turli tomondan ko’rinishlarini, ranglari, shakllarini, xamda perspektiv qisqarishini tasvirlovchi rasmlar 6. Odam va narsalarni chizish bosqichlarini ko’rsatuvchi rasmlar Bunday ko’rgazmalar namoish etilganda sinfdagi barcha o’quvchilarga yaxshi ko’rinadigan o’lchovda tasvirlanishi lozim. Bu rasmlar o’z xarakteriga ko’ra rangli yoki oq-qora bo’lishi mumkin. Ko’rgazmali qurollar nafaqat rasmli, balki turli materiallardan karton, yog’och, sim, loy, tabiiy va badiiy materiallardan yasalgan bo’lishi mumkin. Ular tasviriy san’at nazariyasiga kompozitsiya perspektiva, rangshunoslik, yorug’ soya, uning qonuniyatlarini ko’rsatuvchi modellar bo’ladi. Bu ko’rgazmali qurollar avval eskiz yoki kichik o’lchovdagi nusxa tarzida tayyorlanadi. Har bir tayyorlangan ko’rgazmaga o’qituvchi qisqacha tushuntirish xati yozadi. Unda ko’rgazmadan foydalanishga oid metodik ko’rsatmalar namoish vaqti va bosqichlari ko’rsatiladi. Ko’rgazmali qurollarni o’quvchilar tomonidan tayyorlanadigan darsga doir konspekt va metodik ishlanmalar bilan bog’liq xolda amalga oshirish 217 maqsadga muvofiqdir. Lekin ko’rgazmali qurol dars ishlanmasi bilan bog’liq bo’lmasligi ham mumkin. O’quvchilarni tasviriy san’atga bo’lgan qiziqishlarini orttirishda shuningdek turli ko’rgazmalar xam tashkil etish lozim. Ko’rgazma orqali maktabda tasviriy san’at soxasida olib borilayotgan ishlarga baxo berish mumkin bo’ladi. Shuningdek ko’rgazma olib borayotgan ishlar yakuni sifatidagina axamyatli bo’lib qolmay, balki kelgusi ishlarda xam muxim rol o’ynaydi. Ko’rgazmaning natijalari o’qituvchini kelgusida kamchiliklarni bartaraf etishda olib borilgan ishlarni yanada takomillashtirishga imkon beradi. Amalyotda ko’rgazmaning ikki xil shakli uchraydi . 1.O’quvchilarning ijodiy ishlaridan tashkil etiladigan ko’rgazmalar 2.Mashhur tasviriy va amaliy san’at ustalari asarlarining asl nusxalari yoki ularning reproduksialaridan tashkil etiladigan ko’rgazmalar. O’quvchilarning ijodiy ishlaridan tashkil etiladigan ko’rgazmalarning shakllari nihoyatda turli- tuman bo’ladi. Xususan: 1.Sinf ko’rgazmasi. Alohida sinf o’quvchilarining eng yaxshi ishlaridan tanlab olish orqali tashkil etiladi 2.Maktab ko’rgazmasi. Maktab o’quvchilarining eng yaxshi ishlarini tanlab olish orqali yaratiladi. 3.Shaxsiy ko’rgazma. Soha bo’yicha katta yutuqlarga erishgan o’quvchining faoliyatiga doir bo’ladi. Ko’rgazmalilik prinsipi tasviriy san’atni o’qitishda borliqdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilishga uning harakterli xususiyatlari va qonuniyatlarinini o’rganishga ko’maklashadi. Ko’rgazmalilik tasviriy san’at darslarida boshqa o’quv predmetlaridagidek yordamchi emas balki o’quvchilarda tushuncha va tassavurlar xosil qiluvchi asosiy materialdir. Naturaning o’ziga qarab rasm chizish darslarida uni naturasiz tassavur etib bo’lmaydi. Bu o’rinda tasviriy san’at darslarida ko’rgazmalilik prinsiplarining roli juda katta . Darslar uchun ko’rgazmali qurollar tayyorlash va tanlashda ularga quyidagicha talablar qo’yiladi : 1.Darsning maqsad va vazifalariga mosligi. 2.O’quvchilaring yosh xususiyatiga mosligi 3.Ko’rgazmaning aniqligi , tushunarli bo’lishi 218 4.Tasvirning sifatli bo’lishi 5.Ko’rgazmalar o’zining rang- barangligi bilan o’quvchilarda zavq va qiziqish uyg’otish 6.Estetik talablarga mosligi Tasviriy ko’rgazmali qurollarga, pedagogik rasmlar fotografiya, geometrik gipsli shakllar va boshqa suniy usul bilan tayyorlangan tasviriy vositalar kiradi. Sanab o’tilgan ko’rgazmali qurollar quyidagicha guruxlanadi; 1. Mexnat va turmush buyumlari ular geometrik shakllar, sabzovotlar, mevalar, qushlar, hayvonlar, gullar va o’simliklar, amaliy san’at buyumlari. 2. Buyumlarning tuzilishi, perspektiva qonunlari, yorug’-soya, rangshunoslik, dikorativ stilizatsiyaga doir geometrik shakldagi simdan yasalgan modellar va boshqa ko’rgazmalar. 3. Rasmlar va tablitsalar unda rasm va naqsh chizishdagi ketma-ketlik, atrofmuhitning perspektiv ko’rinishlari amaliy san’at asarlarining tasvirlari. 4. Rassomlar asarlarining reproduksiyalari, amaliy san’at asarlarining tasvirlari. Bunday ko’rgazmali qurollar yordamida yorug’-soya va rangshunoslik kompozitsiyalari qonunlari tushuntiriladi . 5. Bolalarga naturani chizishda ketma-ketlikni, har-xil ekisponatlar bilan ishlash uslubini, buyumlarning qurilishini, tasvirlanayotgan predmetlar va obektlarning fazoviy holatini ko’rsatuvchi pedogogik rasimlar va boshqalar. 6. Namoyish qilinadigan ko’rgazmali qurollar diapozitivlar, diafilimlar, slaydlar, kinofilimlar. Bular orqali o’quvchilar turli rasmlar, xalq amaliy san’at ustalari bilan tasviriy san’at asarlarini yaratish texnikasi va texnalogiya bilan tanishadilar. Ko’rgazmali qurollardan foydalanish masalalari o’qituvchining nutqi bilan ham bo’liqdir. Nutq va ko’rgazmalilikning uyg’unligi ikki jihatdan foydali bo’lishi ikki joyda ko’rinadi. Chunonchi, birinchidan, o’qituvchining nutqi ko’rgazmalilikga ko’maklashsa, ikkinchidan ko’rgazmalilik o’qituvchi nutqiga ko’maklashadi. Tasviriy san’atni o’qitiishda, ayniqsa narsaning o’ziga qarab rasm ishlash va san’atshunoslik asoslari darslarida ikkinchi yo’l kuproq bo’lib shu yo’l qo’llaniladi. Agar ko’rgazmalilikning birinchi yo’li bilim, qonun tushunchalarni uzlashtirishga yordam bersa, ikkinchi yo’li pedagogga bu qonun-qoydalarni, atrof muhitdagi hodisalarni isbotlashda o’qituvchiga ko’maklashadi o’qtuvchining so’zi sinfda zaruriy muhit hosil qilishda o’qtuvchilarning ijodiy foaliyatini oshirishda aloxida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun o’qtuvchining nutqi ravon tushinarli va ma’noli bo’lishi lozim.
|
| |