NAZARIY DARS REJASI №__
Guruhlar
|
|
|
|
|
|
Dars o’tiladigan sana
|
|
|
|
|
|
O’quv fanining nomi: Elektrodinamika asoslari
Mavzu nomi: Radioning kashf etilishi. Radiotelefon, aloqa prinsipi. Modulyatsiya va detektrlash. Eng sodda radio.
Darsning maqsadlari:
а) ta’limiy: O’quvchilarga fizika fanidan dars berib,fizika fanining qonuniyatlari qoidalari to’g’risida ma’lumot berish
b) tarbiyaviy: O’quvchilarni kelajakka komil inson qilib tarbiyalash va dunyoqarashini kengaytirish
c) rivojlantiruvchi:O’quvchilarning fizika faniga nisbatan bilim saviyasini o’stirish.
Darsdan kutilayotgan natijalar – mavzuni o’zlashtirgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar:
1. Radio kim tomonidan kashf etilganini
2. Radioning ishlash prinsipini
3. Modulyatsiya va detektrlashni
Ta’lim metodlari:ma’ruza, suhbat, bayon etish
Baholash metodlari: nazorat, variant savollari
Axborot manbalari va texnik vositalari: kitob
Dars turi: nazariy
Darsga ajratilgan vaqt miqdori: __80__ minut
Uyga vazifa: 8-9§ adabiyotni o’qib, yozib kelish
NAZARIY DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
T/r
|
Mashg’ulot bosqichlari
|
Ajratilgan vaqt
|
Mashg’ulot mazmuni
|
Ta’lim metod lari
|
Ta’lim vosita lari
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
5
|
Salomlashish, davomatni olish, sinf tozaligiga e’tibor berish.
Yangi mavzuni doskaga yozish
|
|
|
2.
|
Kirish qismi (Motivatsiya)
|
20
|
O’tilgan mavzular bo’yicha savol-javob qilish, yangi mavzuga zamin yaratish
|
Savol-javob
|
|
3.
|
Yangi mavzuning bayoni
|
40
|
Yangi mavzuni bayon etish, ma’ruza qilish, asosiy joylarni yozdirish.
|
Ma’ruza, bayon etish, suhbat
|
Kitob
|
4.
|
Mustahkamlash (qo’llash)
|
10
|
Yangi mavzuni mustahkamlab, masalalarni ko’rish.
|
Savol-javob
|
|
5.
|
Yakuniy qism
|
5
|
Uyga vazifani yozdirish
|
|
|
Darsning borishi.
Tashkiliy qism.
Baholash mezoni
F.I.Sh
|
Baho
|
Mezonlar
|
Bilim
|
Faollik
|
Tartibi
|
Jami ball
|
|
Ballar
|
2
|
1,5
|
1,5
|
5
|
|
%
|
40
|
30
|
30
|
100
|
Kirish qismi (motivatsiya). BBB metodi qo’llaniladi va o’quvchilarga jadval tarqatiladi.
№
|
|
Bilaman
|
Bilishni xoxlayman
|
Bilib oldim
|
1
|
Radioning kim tomonidan kashf etilishi
|
|
|
|
2
|
Radioaloqa
|
|
|
|
3
|
Modulyatsiya
|
|
|
|
4
|
Detektorlash
|
|
|
|
5
|
Radiopriyomnik
|
|
|
|
6
|
Radiouzatgich
|
|
|
|
7
|
Eng oddiy radiopriyomnik
|
|
|
|
O’quvchilar avval mustaqil ravishda 1- va 2-ustunchalarni to’ldiradilar( “+” yoki “–”) ma’ruzani tinglaganlaridan keyin 3-ustunchani to’ldiradilar.
Asosiy qism.
Birinchi radiopriyomnik. Uzoq masofalarga signal uzatishda elektromagnit to’lqinlardan foydalanish g’oyasi A.S. Popov (1859-1906) tomonidan 1889-yilda birinchi bo’lib aytilgan. Uning o’zi 1895 – yilda birinchi radiopriyomnigini yasadi va namoyish qildi.
2.5.1-chizma. Birinchi radiopriyomnik.
Popov o’z radiopriyomnigini elektromagnit to’lqinlarni sezuvchi detal sifatida kogerrerdan foydalandi. Kogerrer, qayd etuvchi apparat elektr qo’ng’iroqni energiya bilan ta’minlovchi manbani boshqarish uchun ishlatilgan. M antenna orqali qabul qilingan elektromagnit tebranishlar AB kogerrerga keladi.Bu asbob ikkita elektrodli shisha naychadan iborat. Naycha ichiga metall qirindi solingan bo’lib,uning ish prinsipi elektr zaryadlarining metal kukuniga ko’rsatadigan ta’sirga asoslangan. Kukunning qarshiligi juda kata bo’lib, odatdagi sharoitda sharoitda undan tok o’tmaydi. Lekin kogerrerga elektromagnit to’lqinlar kelganda, qirindilar go’yoki bir – birlarining orqalaridan “ ulashib” qoladi va qarshilik kamayib, ular orqali tok o’tadi.
“Kogerrer” so’zining o’zi lotincha “kogirinsio” so’zidan olingan bo’lib, “ulashish” degan ma’noni anglatadi. ( Papovning tajribalarida qarshilik 100000 Ω dan 1000-500Ω gacha (ya’ni 100-200 marta) kamaygan. Kogerrer silkitilsa, uning qarshiligi yana tiklanadi va undan yana tok o’tmaydi. Demak, elektromagnit to’lqinlar kogerrerning qarshiligini o’zgartirib, uni elektr tokini o’tkazadigan qiladi.Natijada yakorni tortuvchi rele chulg’amidan tok oqib, kontakt C yopiladi. Yakor rele kontaktini yopib, tokning qo’ng’iroq chulg’amidan oqishiga imkon beradi.
Qo’ng’iroq o’z yakorchasini tortadi va bolg’acha urilib, tovush eshitiladi. Shu paytning o’zida qo’ng’iroq kontakti D zanjirni uzatadi va qo’ng’iroq orqali tok oqishi to’ztaydi. Qo’ng’iroq yakori kogerrer urilib, uning qarshiligini oshiradi va dastlabki holatiga qaytadi. Priyomnik elektromagnit to’lqinlarni yana qabul qilishga tayyor bo’ladi. 1895 – yil, 7 – mayda A. Popov o’z ixtirosini namoyish qildi va shu kun radioning tug’ilgan kuni bo’lib qoldi.
Keying izlanishlar. Radiopriyomnikning sezgirligini ishirish uchun A.S.Popov kogerrerdan chiqqan simlardan birini yerga, ikkinchisini esa baland ko’tarilgan o’tkazgich bo’lagiga uladi.Shunday qilib, dunyoda birinchi qabul qilish antennesi yaratildi. Kogerrerning bitta simini yerga ulash esa Yerning o’tkazuvchi sirtini ochiq tebranish konturining bir qismiga aylantirib, qabul qilish masofasini oshirdi.
Birinchi radioaloqa atigi 250 m masofada o’rnatilgan edi!!!
Popov o’z kashfiyotini takomillashtirib, tez orada bu masofani 600 m ga yetkazadi. 1899 – yilda esa aloqa o’rnatilgan masofa 20 km gacha uzaytirildi.
1901 - yilda esa radioaloqamasofasi 150 km ga yetkazadi. Hozirgi zamon radiopriyomniklarning ish prinsipi ham Popov radiopriyomnigidan farq qilmaydi. Zamonaviy radiopriyomniklarning ham kuchsiz elektromagnit tebranishlarni antennalari orqali manbalarini bosjqaradi, xolos. Hozirgi paytda bunday boshqaruv electron lampalar va tranzistorlar yordamida amalga oshiriladi.
Radioaloqa haqida tushuncha. Radioaloqaning ish prinsipi quyidagicha. Uzatuvchi antennada yuzaga keltirilgan yuqori chastotali o’zgaruvchan tok atrofidagi fazoda o’zgaruvchan elektromagnit maydon vujudga keltiriladi.Bu maydon esa elektromagnit to’lqin tarzida taraladi.To’lqin qabul qiluvchi antennaga yetganidan so’ng, unda uzatuvchi stansiya chastotasiga teng chastotali o’zgaruvchan tok hosil qiladi. 1913 – yil so’nmas elektromagnit tebranishlar generatorining kashf etilishi radioaloqaning rivojlanishiga katta turtki bo’ldi. Bu generator yuqori sifatli radioaloqa – nutq va musiqani elektromagnit to’lqinlar yordamida uzatish imkoniyatini beradi.
Radiotelefon aloqa. Radiotelefon aloqa ham shunga o’zshash prinsipda ishlaydi. Tovush to’lqinlarining bosimi natijasida mikrofon membranasi tebranma harakatga keladi va tovush tebranishlari shaklidagi elektr tebranishlari vujudga keladi. Ammo bu to’lqinlarni uzoq masofaga uzatishning iloji yo’q.chunki tovush chastotasidagi tebranishlar juda kuchsiz tebranishlar bo’lib, bunday chastotadagi elektromagnit tebranishlar tarqalmaydi. Shuning uchun ham ular terqatishdan oldin modulyatsiyalanadi.
Modulyatsiya va detektorlash.
Radioto’lqinlarni uzatish.Zamonaviy radiouzatgichning asosini vakuumli lampa yoki tranzistorda terilgan so’nmas tebranishlar generatori tashkil qiladi. Generator “ eltuvchi” deyiluvchi yuqori chastotali tebranishlarni hosil qiladi Agar uzatgich shunday ko’rinishdagi so’nmas sinusoidal to’lqinlarni uzatsa, unda qabul qiluvchi antenna ham hech qanday informatsiyaga ega bo’lmagan garmonik tebranishlarni qaytqiladi.Biror ma’lumotni, masalan, nutq yoki musiqani uzatish uchun esa yuqori chastotali tebranishlarning xarakterini, aytaylik, amplitudasini o’zgartirish kerak.Bu jarayon modulyatsiya deyiladi.
Modulyatsiya. Modulyatsiyasiz birorta ham: telegraf, telefon,television aloqani amalga oshirib bo’lmaydi. Masalan, telegraf modulyatsiyasi kalitbyordamida nurlanishni kesishga, ya’ni qisqa (nuqta) va uzun (tire) (morze alifbosi asosida) ma’lumotlarni uzatishga asoslangan. Shuningdek biror tovush chastotasidagi tebranishlar berilgan bo’lsin.Bu tebranishlarga modulyatsiyalanuvchi tebranishlar deyiladi.“ eltuvchi” tebranishlar tovush chastotasidagi tebranishlar yordamida o’zgartiriladi, ya’ni tovush tebranishlari modulyatsiyalanadi. Modulyatsiyalash ham ikki xil bo’ladi.Masalan, biz yuqorida ko’rganimizdek, yuqori chastotali tebranishlar amolitudasini tovush chastotasidagi tebranishlar bilan o’zgartirish mumkin.Bunday modulyatsiya amplitude modulyatsiyasi deyiladi. Shuningdek, “ eltuvchi” tebranishlar chastotasini moslab o’zgartirish usulidan ham foydalaniladi. Bu usul chastota modulyatsiyasi deyiladi.
Modulyatsiya jarayonining amalga oshirilishi. Doimiy tebranishlar generatori zanjiriga tovush tebranishlarini uzatish uchun mikrofon ulanadi ( 2.5.4 – rasm).
2.5.2-chizma. Modulyatsiya
Tushayotgan tovush to’lqinlarining ta’sirida mikrofonning qarshiligi va natijada transformatorning birinchi cho’lg’amidagi tok ham o’zgaradi. Bu esa transformatorning ikkinchi chulg’amida o’zgaruvchan EYKning vujudga kelishiga va demak, lampaning to’riga tovush chastotasidagi o’zgaruvchan kuchnalish berilishiga olib keladi shu lampa tomonidan konturda vujudga keltirilayotgan yuqori chastotali tebranishlar chastotasi to’rdagi past chastotali kuchlanishga moslashib o’zgaradi. Natijada antenna tarqatayotgan radioto’lqinlarning intensivligi o’zgaradi.
Tovush bo’lmaganda mikrofon zanjiridan o’zgarmas tok oqadi (187 – r).tovush tebranishlarining paydo bo’lishi bilan mikrofon zanjiridagi tok o’zgaradi. Shunda yuqori chastotali tebranishlar amplitudasi tovush tebranishlari qonuniyatlariga muvofiq o’zgaradi, ya’ni amplitudaning modulyatsiyasi ro’y beradi.
Radiopriyomnik. Radiopriyomnik, asosan, quyidagi elementlardan tashkil topgan bo’ladi: antenna, tebranish konturi, kuchaytirgich, detector (qayd qilgich), radiokarnay. Radiopriyomnikning antennasiga bir paytning o’zida ko’plab stansiyalardan tarqatilayotgan modullashtirilgan signallar keladi. Ularning orasidan aynan bizni qiziqtirayorgan ma’lumotni ajratib olish uchun tebranish konturidan foydalaniladi.Konturda o’zgaruvchan sig’imli kondensator kiritilgan bo’lib, uning sig’imini o’zgartirish bilan konturning xususiy chastotasini o’zgartirish mumkin.Priyomnik konturini qabul qilinadigan elektromagnit tebranishlar bilan rezonans moslashtirish shu tariqa amalga oshiriladi.Natijada, tebranish konturida yuqori chastotali modullashtirilgan kuchsiz tok paydo bo’ladi (188-a).but ok oldin kuchaytirgichga keyin esa detektorga keladi. Detektorlangan tok radiokarnayga uzatiladi va mikrofonga tushgan tovush to’lqinlari tarqatiladi, ya’ni mikrofonga aytilgantovush eshitiladi.
Detektorlash. Detektorlash deb, yuqori chastotali eltuvchi tebranichlardan tovush tebranishlarini ajratib olish jarayoniga aytiladi.
Detektorda yuqori chastotali eltuvchi v tovush tebranishlarining ajratilishi, ya’ni detektorlash ro’y beradi.Detector vzifasini bir tomonlama o’tkazish xususiyatiga ega bo’lgan bo’lgan ikki elektrodli electron lampa yoki yarimo’tkazgichli doid bajarishi mumkin.Dioddan o’tgan yuqori chastotali modullapast chastotali signalni parallel hgan tok uzilib-uzilib oqadi. Past chastotali signalni parallel ulangan kondensator va qarshilikdan iborat filtr ajratib beradi. Past (tovush) chastotali tok uchun kondensatorning qarshiligi juda kata bo’ladi va shuning uchun u qarshilik orqali oqadi. Yuqori chastotali tok esa kondensator orqali oqadi.
Zamonaviy radiouzatgich va radiopriyomnik..
So’nmas tebranishlar generatori yuqori chastotali tebranishlarni hosil qiladi. Ayni paytda tovush tebranishlari mikrofon yordamida elektr tebranishlariga aylanadi. Modulyatsiyalangan tebranishlar kuchaytirilib, elektromagnit to’lqinlarniefirga tarqatuvchi ochiq tebranish bo’lgan antennaga uzatiladi. Qabul qiluvchining antennasiga yetib kelgan elektromagnit to’lqinlar tebranish konturida elektromagnit tebranishlarni vujudga keltiradi.So’ngra bu tebranishlar kuchaytirilib, radiokarnayga uzatiladi.
Eng oddiy radiopriyomnik.
U antenna, tebranish konturi, detector, kondensator va telefondan tuzilgan zanjirdan iborat.
Mustahkamlash.
Jadvalning 3-ustunchasi to’ldiriladi va jadvaldagi atamalar qaytadan takrorlanadi.
Uyga vazifa.
Hozirgi kunda ishlatiladigan eng yangi radioaloqa vositalari va hozirgi kundagi uzoqlikdagi chegarasi qancha?
Radiopriyomniklar qanday maqsadlarda foydalaniladi?
Radiopriyomniklarning harbiy sohalardagi ahamiyati.
II bob bo’yicha xulosa.
Akademik litseylarning ta’lim yo’nalishlar bo’yicha pedagogik amaliyotda fizika darsini o’tganda men ularning fikrlash dunyoqarashiga qarab turli metodlarni qo’llash kerakligi, ularni fizika hayotga kerakligini bilishiga hissa qo’shdim. Vashu fanga bo’lgan e’tiborni jalb etirishga erishdim.
O’qituvchilik kasbida har ta’raflama ijodkorlikni ta’minlagan holda yangidan yangi dars berish metodlarni talab etishiga xulosa chiqardim.
XOTIMA
“AL ta’lim yo’nalishlarida fizika fanini o’qitish metodlari” mavzusidagi birtiruv malakaviy ishini bajarish davomida quyidagi xulosaga keldim:
Akademik litseylar va kasb hunar kollejlari o’qitilayotgan fizika ta’limida fizikadan fundamental bilim berish, fizik hodisalami va olamning fizik manzarasini ilmiy asosda tushuntirish orqali o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini va falsafiy mushohada yuritish qobiliyatini rivojlantirish, nazariya va amaliyotning dialektik bog’liqligini ochib berish, tabiat va texnikadagi fizik jarayonlami idrok etish qobiliyatini oshirish, olgan bilimlarini hayotga, xalq xo’jaligining tarmoqlari uchun tadbiq etish, ta’lim olishni davom ettirish uchun zamin yaratishni ta’minlashdan iborat bo’ladi.
Hozirgi kun texnika va texnologiyalar rivojlanib borayotgan vaqtda o’quvchilarning ta’limga bo’lgan e’tiborini qaratish, shuningdek ta’limdagi fanlararo bog’liqligini belgilagan holda o’quvchilarning fizika fanidagi qiziquvchanligini oshirishdan iborat.
Malakaviy bitiruv ishini bajarish uchun qilingan maqsad rivojlantirilgan asosida yetkazildi deb hisoblayman.
Shu borada biz yoshlar izlanuvchan bo’lib, yangiliklarni amalga oshirishimiz, shuningdek olimlar izlanishlarini o’rganib ettirishimiz kerak. Yurt boshimiz aytganlaridek, “Olimlarimiz eng yaxshi an’analarni o’zlashtirib, tarixiy merosimiz chuqur o’rganib, buyuk ajdodlarining ishlarini munosib davom ettirmoqdalar. Ilmiy ziyolilarimizning muhim fazilati hamma vaqt bilimga, ilg’or ilmiy tafakkurning oldingi marralarida bo’lishga intilishdan iborat. Ular yangi, kam o’rganilgan, dolzarb muammolarni tadqiq qilishga dalil kirishib, o’z mehnatlari bilan respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, innovatsiya salohiyatini mustahkamlashga sezilarni hissa qo’shmoqdalar”. Biz ham o’zimizning hissamizni qo’shishimiz kerak va kelajakda yetuk kadrlar tayyorlashimiz uchun kamar basta bo’lishimiz kerak.
|