• O’quv fanining nomi
  • Darsdan kutilayotgan natijalar – mavzuni o’zlashtirgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar
  • Ta’lim metodlari
  • NAZARIY DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
  • Mashg’ulot mazmuni Ta’lim metod lari Ta’lim vosita lari
  • Darsning borishi: Tashkiliy qism. Baholash mezoni
  • F.I.Sh Baho Mezonlar
  • Ballar 2 1,5 1,5 5
  • Uyga vazifa. Energetik sath mavzusiga oid ingliz tilida esse yozish 2.5. Ijtimoiy fanlar (tarix-huquq) ta’lim yo’nalishida fizika fanining o’qitilishi.
  • Buxoro davlat universiteti




    Download 443,8 Kb.
    bet26/27
    Sana06.05.2021
    Hajmi443,8 Kb.
    #14342
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
    Uyga vazifa.

    Esse

    Mushuk nega yuqoridan tushib ketganda doimo oyoqlari bilan tushadi?( )



    2.4. Xorijiy filologiya (ingliz tili) ta’lim yo’nalishida fizika fanining o’qitilishi.

    NAZARIY DARS REJASI №__

    Guruhlar
















    Dars o’tiladigan sana

















    O’quv fanining nomi: Optika va atom fizikasi

    Mavzu nomi: Atomning tuzilishiga oid Rezerford tajribasi. Atomning yadroviy modeli. Borning kvant postulatlari. Energetik sathlar.

    Darsning maqsadlari:

    а) ta’limiy: O’quvchilarga fizika fanidan dars berib,fizika fanining qonuniyatlari qoidalari to’g’risida ma’lumot berish

    b) tarbiyaviy: O’quvchilarni kelajakka komil inson qilib tarbiyalash va dunyoqarashini kengaytirish

    c) rivojlantiruvchi:O’quvchilarning fizika faniga nisbatan bilim saviyasini o’stirish.



    Darsdan kutilayotgan natijalar – mavzuni o’zlashtirgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar:

    1. Atom tuzilishini

    2. Rezerford va Tomson modellari orasidagi farqni

    3. Bor postulatlarini



    Ta’lim metodlari:ma’ruza, suhbat, bayon etish

    Baholash metodlari: nazorat, variant savollari

    Axborot manbalari va texnik vositalari: kitob

    Dars turi: nazariy

    Darsga ajratilgan vaqt miqdori: __80__ minut

    Uyga vazifa: 8-9§ adabiyotni o’qib, yozib kelish
    NAZARIY DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI

    T/r

    Mashg’ulot bosqichlari

    Ajratilgan vaqt

    Mashg’ulot mazmuni

    Ta’lim metod lari

    Ta’lim vosita lari

    1.

    Tashkiliy qism

    5

    Salomlashish, davomatni olish, sinf tozaligiga e’tibor berish.

    Yangi mavzuni doskaga yozish









    2.

    Kirish qismi (Motivatsiya)

    20

    O’tilgan mavzular bo’yicha savol-javob qilish, yangi mavzuga zamin yaratish

    Savol-javob




    3.

    Yangi mavzuning bayoni

    40

    Yangi mavzuni bayon etish, ma’ruza qilish, asosiy joylarni yozdirish.

    Ma’ruza, bayon etish, suhbat

    Kitob

    4.

    Mustahkamlash (qo’llash)

    10

    Yangi mavzuni mustahkamlab, masalalarni ko’rish.

    Savol-javob




    5.

    Yakuniy qism

    5

    Uyga vazifani yozdirish








    Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qism.

    Baholash mezoni

    F.I.Sh

    Baho

    Mezonlar

    Bilim

    Faollik

    Tartibi

    Jami ball



    Ballar

    2

    1,5

    1,5

    5



    %

    40

    30

    30

    100

    1. Kirish qismi (motivatsiya).

    “Kichik guruhlarda ishlash” interfaol metodi. Bunda o’quvchilar qatorlar bo’yicha uch guruhga bo’linadi. Guruhlar o’zlariga sardor saylaydilar. Har bir guruhga ingliz tilidagi matnlar kiritilgan kartochkalar beriladi. Har bir jamoa kelishgan holda matnlarni tarjima qiladilar va yakuniy natijani guruh sardorlari o’qib e’lon qiladi. Guruhlarga vazifani bajarish uchun 7 daqiqa vaqt beriladi.

    1 – guruh.



    The building blocks of matter are atoms. Atoms are approximately spherical with diameters of the order of  m. they consist of a minute, dense, positively charged nucleus. The nucleus consist of heavy, uncharged neutrons and positively charged protons of nearly equal mass. Around the nucleus there is a cloud of light (approximately  negatively charged electrons.

    2 - guruh.

    As isolated atoms are electrically neutral, the number of electrons is equal to the nymber of protons in the nucleus.

    Atoms may associate and form a specific material. Ice ( a solid), water (a liquid), and water vapour (a gas) are examples of three states of matter.

    3 – guruh.

    At this time the accepted atomic model was one known as the “plumpudding” model proposed by Joseph John Thomson. This model has negatively charged electrons embedded in relatively large positively charge mass. The gold foil Experiment was suggested by Ernest Rutherford.



    1. Asosiy qism.

    Barcha moddalar ko’p sonly bo’linmas zarralardan (atomlardan) tashkiltopgan, degan fikrlar juda qadim zamonlarda yunon olimlari Demokrit, Epikur va Lukretsiylar tomonidan bildirilgan (atom so’zi yunoncha “atomos” – bo’linmas degan ma’noni anglatadi). Lekin bu fikrga turli sabablarga ko’ra uzoq vaqtlargacha jiddiy e’tibor berilmagan. Yigirmanchi asrning boshlariga kelib, bo’linmas hisoblanuvchi atomning ichiga nigoh tashlash, ya’ni uning tuzilishini o’rganish muammosi vujudga keldi. Ingliz fizigi J.J.Tomson 1903-yilda atomning tuzilishi haqidagi birinchi modelni taklif qildi. Boshqa ingliz fizigi D.Rezerford o’z tajribalariga asosan Tomson modelini inkor etib, atomningplanetar modelini taklif qildi. Ushbu modelga muvofiq, atom yadrodan (o’zakdan) va uning atrofida harakatlanuvchi elektronlardan tashkil topgan. Keyinchalik esa atom yadrosi – musbat zaryadlangan proton va elektrneytral neytronlar majmuasidan iboratligi aniqlandi.

    Tomson modeli. 1897 – yilda ingliz fizigi J. Tomson  ga teng manfiy zaryadlangan va massasi  bo’lgan, electron deb ataluvchi zarrani kashf etdi. Tajribalar, jumladan, atomlarning ionlashuvi bu zarraning atom tarkibiga kirishini tasdiqladi. Tomson modeliga muvofiq atom – massasi tekis taqsimlangan  kattalikdagi musbat zaryadlardan iborat shar sifatida tasavvur qilinadi. Uning ichida esa o’z muvozanat vaziyatlari atrofida tebranma harakat qiluvchi manfiy zaryadlar (elektronlar) mavjud bo’lib, musbat va manfiy zaryadlarning yig’indisi o’zaro teng. Endi bu modelning to’g’riligini tekshirish, ya’ni uning ichiga nigoh tashlash kerak edi. Boshqa ingliz fizigi D. Rezerford shu vazifani bajarishga bel bog’ladi.

    Rezerford tajribasi. Rezerfordning o’z oldiga qo’ygan maqsadini tushunish uchun atomning Tomson modelini oddiy tarvuz sifatida tasavvur qilaylik: tarvuzning qo’shti musbat zaryadlari bo’lsa, danaklari elektronlar bo’lsin. Rezerford tajribasida atomga zarraning zaryadi ga, massasi esa kg gat eng. Manba tor tirqishli qo’rg’oshin idishda joylashtirilgan bo’lib, zarralar ma’lum yo’nalishdagina chiqariladi va boshqa yo’nalishdagilarini qo’rg’oshin devorlar yutib qoladi. zarralarning yo’liga perpendikulyar qilib qalinlikdagi oltin qog’oz qo’yilgan. Oltin qog’ozdan o’tgan zarralarning yo’nalishi ekranyordamida qayd qilingan. Rezerford o’z tajribasida zarralarning bir qismi dastlabki yo’nalishidan ma’lum burchaklarga og’ishini va hatto oltin qog’ozdan qaytuvchi zarralar ham bo’lishini qayd etgan. Garchi bunday hol 10000ta zarradan bittasida kuzatilsa-da, Tomson modeli nuqtai nazaridan mutlaqo tushunarsiz edi.

    Atomning yadroviy (planetar) modeli. Tajriba natijalari asosida Rezerford 1911 – yilda atomning yadroviy (planetar) modelini taklif qildi. Ushbu modelga ko’ra atom jajjigina quyosh sistemasidek tasavvur qilinadi. Elektronlar yadro atrofida (yopiq) orbitalar – atomning electron qobig’I bo’ylab harakatlanadi va ularning zaryadi yadrodagi musbat zaryadga teng.

    Bor postulatlari. Yig’ilib qolgan muammolarni yecha oluvchi nazariyani yaratish yigirmanchi asrning eng buyuk fiziklardan biri daniyalik N.Borga nasib etdi. Uning asosiy maqsadi chiziqli spektrlarning tajribalar asosida topilgan qonuniyatlarini Rezerfordning yadroviy modeli asosida tushuntirishdan iborat edi. Buni yaxshi tushungan Bor atomning nurlanishi yoki yorug’lik yutishi kvantning nurlanishi yoki yorug’lik yutishi kvantlardan iborat bo’ladi, degan g’oyani ilgari surdi. Shunday qilib, 1913 –yilda Rezerfordning yadroviy modeliga kvant nazariyasi tatbiq etilib, tajriba natijalarini to’la tushuntirib bera oladigan vodorod atomi nazariyasi yaratildi. Umuman olganda, kattaliklarning istalgan emas, balki ma’lum qoidaga bo’ysinuvchi tanlangan qiymatlarni qabul qilishi kvantlanish deyiladi. Kvantlanish asosida yaratilgan nazariyaga esa kvant nazariyasi deyiladi.

    Bor nazariyasining asosini quyidagi ikkita postulat tashkil qiladi. Bu postulatlardan har biri biz yuqorida qayd etgan Rezerford modelining ikkita kamchiligini bartaraf etishga qaratilgan.



    1. Statsionar (turg’un) holatlar haqidagi postulat: atomida statsionar holarlar mavjud bo’lib, bu holatlarga elektronlarning statsionar orbitalari mos keladi.

    Elektronlar faqat shu statsionar orbitalarda bo’lib, hattoki tezlanish bilan harakatlanganlarida ham nurlanish chiqarmaydilar. Statsionar orbitadagi elektronning harakat miqdori moment (impuls moment) kvantlangan bo’lib, quyidagi shart bilan aniqlanadi:
     (2.4.1)
    Demak, Borning birinchi postulatiga ko’ra, atomdagi electron istalgan orbita bo’ylab emas, balki statsionar orbita deb ataluvchi ma’lum orbitalar bo’ylab harakatlanishi mumkin. Bu harakat davomida u o’zidan nurlanish chiqarmaydi, ya’ni energiyasi kamaymaydi. Energiyasi kamaymasa, yadroga tushmaydi va atom yo’qolmaydi. Shunday qilib, ushbu postulat Rezerford modelining birinchi kamchiligini bartaraf etadi.

    1. Chastotalar haqidagi postulat: electron bir statsionar orbitadan ikkinchisiga o’tgandagina, energiyasi su statsionar holatlardagi energiyalarining farqiga teng bo’lgan bitta foton chiqaradi (yoki yutadi):

     (2.4.2)


    bu yerda  va  - mos ravishda elektronning n- va m- statsionar orbitalardagi energiyalari.

    Agar bo’lsa, foton chiqariladi. Boshqacha aytganda, electron katta energiyali holatdan kichikroq energiyali holatga, ya’ni yadrodan uzoqroqda bo’lgan statsionar orbitadan yadroga yaqinroq bo’lgan statsionar orbitaga o’tadi.



    Agar, bo’lsa, foton yutiladi va yuqoridagi mulohazalarga teskari hol ro’y beradi. Ifodadan nurlanish ro’y beradigan chastotalarni, ya’ni atomning chiziqli spektrini aniqlash mumkin:
     (2.4.2)
    Demak, Borning ikkinchi postulatiga ko’ra, electron istalgan chastotali nurlanish chiqarmay, chastotasi yuqoridagi shartni qanoatlantiruvchi nurlanishnigina chiqarishi mumkin. Va aynan shuning uchun ham, atomning nurlanish spektri uzluksiz bo’lmay, uzlukli (chiziqli) ko’qinishga egadir. Demak, Borning ikkinchi poetulati Rezerford modelining ikkinchi kamchiligini bartaraf qiladi.

    1. Mustahkamlash.

    “Kichik guruhlar bilan ishlash” interfaol o’yini tashkillartiriladi. O’quvchilar uch guruhga bo’linadi.har bir guruhga ikkitadan savol beriladi.

    1. What do we know about the form of an atom?

    2. What is the diametr of an atom?

    3. What do we know about the nucleus of an atom?

    4. What is the charge of a proton?

    5. What is the mass of a proton and a neutron?

    6. What is the mass of an electron?

    7. What do you know about an isolated atom?

    8. What are examples of three common states of matter?

    9. What do ice, water and steam consist of?

    1. Uyga vazifa.

    Energetik sath mavzusiga oid ingliz tilida esse yozish
    2.5. Ijtimoiy fanlar (tarix-huquq) ta’lim yo’nalishida fizika fanining o’qitilishi.


    Download 443,8 Kb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




    Download 443,8 Kb.