• 1.2.1- chizma. Nanotrubkalar va fullerenlar olish uchun Krechmer qurilmasining sxemasi
  • Grafitning elektroyoy yordamida sochilishi




    Download 2.1 Mb.
    bet17/42
    Sana24.03.2017
    Hajmi2.1 Mb.
    #2060
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42
    Grafitning elektroyoy yordamida sochilishi.

    Bu eng ko’p tarqalgan metod bo’lib, u Krechmer tomonidan ishlab chiqilgan 1991- yilda xuddi shu usul bilan yaponiyalik olim Sumio Idjima birinchi bo’lib nanotrubkani oldi. Bu usulning ma’nosi quyidagicha: Inert gaz bilan to’ldirilgan kamerada grafit elektrodlar orasida gaz atomlarini ionlashtiruvchi elektr razryadi yonadi. Katod va kameraning devorlari suv yoki suyuq azot yordamida sovutiladi.

    Yoy tokining 100A tartibida, gaz bosimi atmosfera bosimidan bir necha marta kichik va elektrodlardagi kuchlanish 25-35 V bo’lganda, elektrodlar orasida hosil bo’luvchi plazmaning temperaturasi 4000 K ga yetadi.

    Bunday temperaturada grafit anodning sirti intensiv bug’lanadi. Temperaturaning bunday keskin o’zgarishi natijasida uglerod atomlari plazmaning qaynoq qismidan sovuqroq qismiga etiladi va kamera devorlari bilan katod sirtida kondensatsiyalanib cho’kmaga aylanadi.





    1.2.1- chizma. Nanotrubkalar va fullerenlar olish uchun Krechmer qurilmasining sxemasi

    Bu cho’kmaga elektron mikroskop orqali qaralganda tarkibida grafit saqlovchi yonish mahsulotlari qoldiqlari bilan birga yangi strukturalar fullerenlar va nanotrubkalarni ko’rish mumkin. Bunda grafit, qurum va fullerenlarni o’z ichiga olgan cho’kma qismi kameraning sovuq devorlarida, grafit va nonotrubkalarni saqlovchi qismi esa katodda qoladi.





    Download 2.1 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42




    Download 2.1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Grafitning elektroyoy yordamida sochilishi

    Download 2.1 Mb.