GEN XARITASI. GEN STRUKTURALARI, INTRONLAR VA EKZONLAR




Download 5,07 Mb.
bet9/17
Sana19.05.2021
Hajmi5,07 Mb.
#14543
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
1.2 GEN XARITASI. GEN STRUKTURALARI, INTRONLAR VA EKZONLAR
Genetik xarita deyilganda genlar guruhlanishining ana shu guruhda genlarning qanday izchilligida joylashganligi, ular orasidagi masofa tushuniladi. Birinchi marta genetik xarita drozofila meva pashshasida T.Morgan va uning shogirdlari tomonidan tuzilgan. Ular genlarning guruhlanishini birikkan holda irsiylanish, genlar orasidagi masofani esa krossingover hodisasiga qarab belgilashgan. Birikkan holda irsiylanishdagi krossingover, ya'ni F2 ota-ona o'xshamagan duragaylar foizi genetik xaritada morganid birligi bilan belgilanadi. Bu birlik Morganning genetika fani oldidagi xizmatlarini ulug'lash maqsadida e'tirof etilgan. Hozirgi davrga kelib drozofiladan tashqari odam, sichqon, quyon, tovuq, tut ipak qurti, jo'xori, pomidor va boshqa o`simliklarning genetik xaritasi tuzilgan. Bu haqdagi ma'lumotlar L.A.Zaxarovning «Geneticheskiye karti visshix organizmov» kitobida keltirilgan.

Odamlarda duragaylarni tahlil qilish yordamida genetik xarita tuzish qiyin bo'lgani sababli boshqa usullardan foydalaniladi.

Ular quyidagilardan iborat:

1. F - shajara usuli, ma'lum oila avlodlarida belgilarning birikkan holda irsiylanishi hamda xilma-xillanishini tahlil qilish zsuli. Shu usul bilan qonning ABO guruhlarining joylanishi aniqlangan.

2. AAS usuli - oqsil molekulasida aminokislotalarning joy­lanishi tartibini solishtirish.

3. CN usuli - xromosoma qismlari tashqi ko'rinishining o'zgarishi va u bilan bog'liq holda fenotipdagi o'zgarishlarni solishtirish. Bunga xrornosomaning «mo`rt» qismlarini, ya'ni krossingoverda qatnashuvchi va mutatsiyaga uchrovchi qism­larining tahlili ham kiradi. Guruhlanishning mo'rt qismlari oilaviy genlar birikishini tadqiq qilishda belgi sifatida foy­dalaniladi.

4. RE usuli - restriksion tahlil va birikishning ayrim qism­larining qayta ko'rilganligini tadqiq qilish.

5. OT - Sentromer xaritasining tahlili.

Hozirgi vaqtga kelib, odamda bir yarim mingga yaqin gen­lar aniqlangan. Bu odam xromosornasidagi umumiy genlar so­nining 1-5 foizini tashkil qiladi. Odam genomidagi eng yirik va ko'p o`rganilgani birinchi xromosomadir. 2-jadvalda maz­kur xromosomali genlar xaritasi tarkibidagi har xil oqsil sinf­lar, fermentlar, qon guruhlari, qon ivishi, rezus faktorni kodlaydigan genlar bor (2-jadval)


Download 5,07 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Download 5,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



GEN XARITASI. GEN STRUKTURALARI, INTRONLAR VA EKZONLAR

Download 5,07 Mb.