I BOB Gen injеnerligi sohasidagi umumiy ma’lumotlar




Download 5,07 Mb.
bet5/17
Sana19.05.2021
Hajmi5,07 Mb.
#14543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
I BOB Gen injеnerligi sohasidagi umumiy ma’lumotlar

Genetik injeneriya irsiy nuqsonlarni to’g’rilash maqsadida irsiy materialga xilma-xil ta’sir ko’rsatishi, shuningdek, tabiatda uchramaydigan, o’zida yangi irsiy xususiyati bo’lgan organizmlarni yaratish ustida ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Bu tadqiqotlar asosan nuklein kislotalarning yangi fragmentlarini yaratishdan iborat. Nuklein kislotalarning yangi fragmentlarini keyinchalik irsiy apparatni to’g’irlash uchun zarur bo’lgan organizmga yuboriladi. Genetik injeneriya hosil qilingan yangi belgi va sifatlarning fuksional aktivligini va stabilligini ta’minlaydigan sharoitlarni ham ishlab chiqadi.

Genetik injeneriya metodlarining rivojlanishi va mukammalashuvi natijasida qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligini oshirish, chorvachilikda yangi zotlarni yaratish hamda irsiy kasalliklarni davolash imkoniyati ortadi.

Xavfli o’sma hujayrasining irsiy apparatiga ta’sir etish mumkinligi organizmdan tashqarida undirilgan hujayra ustidagi tajribada ko’rsatilgan. Bundan tashqari immunitet kasalliklarini davolashda, organ va to’qimalarni ko’chirib o’tkazishda to’qimalar nomutanosibligini bartaraf etishda genetikin jeneriya metodlarini qo’llash imkoni tug’ilar deb taxmin qilinadi.

Biotexnologiyasida gen muhandisligi sohasini o’rganishdan maqsad:

- tirik organizmlar irsiy belgilari to’g’risidagi axborot joylashgan DNK molekulasining tuzilishi, roli hamda uning molekulyar biologiyasi;

-genetik muhandislikning moddiy asoslari: transformatsiya transduksiya, ko’chib yuruvchi genetik elementlar-transpozonlar plazmidalar, viruslar bakteriofaglar, restriktazalar rekombinant DNK olish, genlarni klonlash, hujayra muhandisligi hujayra va to’qimalarni sun’iy sharoitda o’stirish texnologiyasi;

-genetik muhandislikning oziq-ovqat sanoatida, hayvonlar va o’simliklar seleksiyasida qo’llanilishi;

-gen muhandisligiga asoslangan biotexnologiyaning oziq-ovqat sanoatidagi ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirishdagi roli;

-gibridomalar olish texnologiyasi va uning yuqorida keltirib o’tilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishda qo’llashni hamda genetik muhandislikning istiqbollari ustida aniq bilimlarni o’zlashtirishdan iborat.

Ushbu fanning asosiy vazifasi zamonaviy gen muhandisligi yutuqlarini xalq xo’jaligi amaliyotida keng ko’lamda qo’llashdan iborat.Gen ustida ishlash, uni o’zgartirish haqiagi fikrlar 20-asrning 30-40- yillarida aytilgan edi. Lekin bu sohadagi tekshirishlar asrimizning 60-yillaridan boshlab olib borildi. Bu vaqtda ilmiy texnika taraqqiyoti natijasida irsiy apparatni fundamental o’rganish imkoniyatini yaratuvchi xilma-xil asbob-uskunalar yaratildi, molekulyar biologiya va genetika sohalarida muhim kashfiyotlar qilindi. Bularga genning tuzilishi va fuksiyasini; genetik kodning tuzilishi va universalligini aniqlash; asosiy genetik jarayonlarni nazorat qiluvchi fermentlarni ajratib olish, shuningdek, laboratoriya sharoitida nuklein kislotalar fragmentini sintezlash va ularni o’zaro biriktirish kabi kashfiyotlar kiradi.

Genetik injenerligining rivojlanishi natijasida nuklein kislotalar va ayrim genlar tirik hujayralardan ajratib olindi.

Nuklein kislotalarning ko’payishini ta’minlovchi fermentlarni o’rganish asosida bakterial hujayraga yuqib, yetuk virus tayoqchasiga aylana oladigan bakterial virus DNK molekulasini birinchi marta 1967- yil sun’iy sharoitda ko’paytirishga muvaffaq bo’lindi.

Hujayra muhandisligi usullaridan foydalanib, tirik organizmlardan gibrid hujayralar olish biotexnologiyasi yaratildi va bu asosida monoklonal antitelalar olish yo’lga qo’yildi. Biotexnologiyaning bu sohadaga dastlabki qadamlar 1973 yil birinchi gen klonlangan vaqtdan boshlab qo’yilgan edi.

Gen muhandisligi biotexnologiyasining yutuqlari sanoat ko’lamida va qishloq xo’jaligida keng qo’llanilmoqda. Xususan, antibiotiklar, aminokislotalar, vitaminlar va gormonlar ishlab chiqarilmoqda, nasldor qoramol klonlari yaratilmoqda, tuproq va suvda zaharli pestitsid qoldiqlarini parchalaydigan mikroorganizmlarni transgen shtammlari olingan, atmosfera azotini o’zlashtiruvchi mikroorganizmlar genlari asosida tuproqni azotli o’g’itlar bilan boyitish muammosi yechilmoqda, zararli hasharotlarga va patogen mikroorganizmlarga chidamli, ekologiyani asrovchi transgen o’simlik navlari yetishtirilmoqda, irsiy kasalliklarni tezkor tashxis qilish uchun, tashxis materiallari tayyorlanmoqda, shuningdek, gen terapiya usullari takomillashtirilmoqda.

Xuddi shu yili Amerikalik bir gruppa bioximiklar molukulasi kichik nuklein kislotalardan bo’lgan transport ribonuklein kislota (RNK) ning aniq kimyoviy tuzilishini aniqladilar, uch yildan so’ng shu RNK ni kodlashtiradigan sun’iy sintez qildilar. Birinchi marta 1969- yili tirik hujayradan genni ajratib olishga muvaffaq bo’lindi. Bu gen ichak tayoqchasining sut qandi-laktozani o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan ferment siztezini boshqarar ekan (1-rasm).





Download 5,07 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 5,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB Gen injеnerligi sohasidagi umumiy ma’lumotlar

Download 5,07 Mb.