• Chargaff qoidalari
  • Qoʻsh spiral
  • DNK replikatsiyasi
  • Rnk va dnk tuzilishi




    Download 373.3 Kb.
    bet1/10
    Sana06.03.2023
    Hajmi373.3 Kb.
    #44456
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    RNK va DNK tuzilishi
    ochiq dars, farida hisobot, Abdunazarova Subxida. falsafa, tarmoq

    RNK va DNK tuzilishi


    DNK – bu nuklein kislota, toʻrt asosiy biologik makromolekula guruhlaridan biridir.

    Nukleotidlar


    Barcha nuklein kislotalar nukleotidlardan tashkil topgan. DNKda har bir nukleotid uchta qismdan iborat: dezoksiriboza deb ataluvchi 5 ta uglerodli uglevod, fosfat guruhi va azotli asos.
    DNKda azotli asos toʻrt xil boʻladi: adenin (A), guanin (G), sitozin (S) va timin (T).
    RNK molekulasi ham adenin, guanin, sitozin asoslaridan iborat, lekin timinni oʻrniga unda boshqa asos, yaʼni urasil (U) boʻladi.

    Chargaff qoidalari


    1950-yillarda Ervin Chargaff nomli bioximik olim azot asoslari (A, T, S, G) bir xil miqdorda topilmasligini aniqladi. Lekin A ning miqdori har doim T miqdoriga va C ning miqdori har doim G miqdoriga teng boʻlgan.
    Bu kashfiyot DNK qoʻsh spiralining modelini yaratishda juda muhim edi.

    Qoʻsh spiral


    DNKning “qoʻsh spiral” tuzilishining kashf qilinishi 1950-yillarda bir qator olimlar tomonidan amalga oshirilgan.



    Oʻng tomonlama tuzilishga ega boʻlgan DNKni tasavvur qiling. Katta boʻshliq molekula spiralidagi katta tirqishni hosil qiladi, kichik boʻshliq esa unga parallel joylashgan kichikroq tirqishni hosil qiladi. Azot asoslari spiralning ichki qismida, uglevod-fosfat guruhlari esa tashqi tomonda joylashadi.
    DNK qoʻsh spirali. Rasm OpenStax, CC BY 3.0 dan oʻzgartirilgan.
    DNK molekulasi antiparallel strukturaga ega, yaʼni spiralning ikkita zanjiri bir-biriga qarama-qarshi yoʻnalgan boʻladi. Har bir zanjir 5-' va 3'- uchlarga ega.
    DNK molekulasining kashf etilishi asrning eng katta ilmiy yutuqlaridan biri boʻldi.
    DNK tuzilishini bilish DNK funksiyalarini, masalan, undan qay tarzda nusxa olinishi va unda saqlanayotgan axborot qanday qilib oqsil sintezi uchun ishlatilishi mumkinligini tushunish imkoniyatini berdi.

    DNK replikatsiyasi



    Yarim konservativ replikatsiyada ikkita qoʻsh spiral hosil boʻlib, ulardan har biri bitta eski va bitta yangi DNK zanjirlaridan iborat boʻladi.
    Yarim konservativ replikatsiya. Rasm OpenStax, CC BY 3.0 dan oʻzgartirilgan.

    Download 373.3 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 373.3 Kb.