Malakaviy bitiruv ishinig tuzilishi




Download 2 Mb.
bet7/18
Sana02.06.2021
Hajmi2 Mb.
#14740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Malakaviy bitiruv ishinig tuzilishi: : Malakaviy bitiruv ishi kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati iborat.

I-BOB. Delphi qobiq dasturi.
1.1.  Ob’yektga mo’ljallangan dasturlash tillari.

 

Delphi dasturlash muhiti Borland kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo’lib, u Borland Pascal tilining keyingi versiyasi Borland Object Pascal tili asosida qurilgan. (1.1-rasm).


1.1-rasm. Delphidasturlash tili.


 Ob’yektga mo’ljallangan dasturlash tilllarida dastur tuzish ancha oson va ishchi vaqt tejaladi. Dasturchi ob’yektlarni qurib o’tirmaydida tayyor ob’yektlarni qo’yib olaveradi va dastur asosiy qismiga bosh qotiradi xolos.

O’zbekistonga BorlandDelphi1998 yillardan keyin kirib kelgan. Yildan yilga o’tib yangi versiyalari kirib kelgan. Xozir komppyuter va internet texnologiyasi rivojlangan O’zbekistonda ham xar qanday dasto’rning oxirgi versiyasini topish mumkin. Delphida dastur tuzish uchun 80% vaqtingiz ketadi.  Windows oynaga (Delphi da “forma” deb ataladi) kerakli komponentlarni qo’yishingiz, bemalol oyna bo’ylab surishingiz mumkin va ularning xususiyatlarini maxsus (ObjectIsrector) oyna yordamida o’zgartirishimiz mumkin. U yordamida komponentlarga xodisalarni (tugmani bosilishi, sichqoncha xolati va x.k.) boғlashimiz mumkin. Delphi kuchli xatolarni bartaraf qilish (Debuger) sistemasiga va qulay yordamchi sistemasiga egadir. Siz MicrosoftIDL yordamisiz ActiveX komponentlar tuzishingiz, Amaliy HTML, XMLyoki ASP tillarni bilmagan xolda ҳam web-serverlar imkoniyatini kengaytirishingiz mumkin. Keng qo’lanilayotgan SOM va CORBA asosidagi dasturlarni yaratish, Internet va Intranet dasturlar, BDE(BorlandDataBaseEngine), ODBC – drayver, MicrosoftADO ma’lumotlar bazasiga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Delphi 3 dan boshlab yangi ko’ptarmoqli texnologiya qo’llanila boshlangan.

Delphi tili to’liq ob’yektli-boshqarish tiliga mos keladi. Klasslar asosida nasllar yaratish mumkin. S++ dagi overload (qayta yuklash) va excertions (isklyuchitelnыx situastiya) metodlarini qo’llab quvvatlaydi. WideChar va AnsiChar formatidagi uzun qatorlarni qo’llash imkoniyatiga ega.

Delphi ning yana bir xususiyati u o’zini o’zi rivojlantiradi. Siz o’zingizni komponetlarinigizni yaratishingiz, OCX – komponentlarni qo’llashingiz, loyixalar uchun shablonlar yaratishingiz mumkin.Delphi ning integrallashgan muhiti (IDE) yordamida foydalanuvchi o’zining dasturini tashqi dasturlar bilan boғlash  imkoniyatiga ega.

Delphi da OrenGL va DirectX texnologiyalaridan foydalangan xolda 3 o’lchovli loyixalarni yaratishimiz mumkin.

Yuqorida aytib o’tdikki, Delphi bu – Pascal tilini kompilyatori.  Delphi kompilyatorlari Pascal kompilyatorini evolyustiyasi natijasida rivojlanib kelgan, yani bu til o’zini-o’zi yaratib kelgan.

Endi Delphi versiyalaridan Delphi7 ning qisqacha tavsiflari bilan tanishib chiqamiz.

Delphi7 2002 yilda ishlab chiqarilgan ushbu versiya o’zida ko’plab o’zgarishlarni mujassamlashtirgan.

Bu versiyaning asosiy o’zgarishlari quyidagicha:

- bu versiya Windows 2k va XP OS larni qo’llab quvvatlaydi va o’zida XP.MANIFEST (vizual stillar) ni ta’minlovchi resusrlari mavjud;

- 6 versiya komponentlari va resusrlari bilan mos tushadi va fayllarini qshllab quvvatlaydi;

- yangi Nevrona firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan RaveReports 5.0 xisobotlar generatori qo’shildi, u uch qismdan iborat:

- xisobot generatori yadrosi xisobotlarni tayyorlashni boshqaradi, oldindan qo’rishni va printerdan bosmaga chiqarishni ta’minlaydi;

- RaveReports ning vizual muhiti Delphi ga utilita sifatida kiritilgan bo’lib, turli xildagi xisobotlarni tayyorlash uchun xizmat qiladi. U xisobot listlari qo’shishni, unga matn hamda grafik tasvirlar qo’yish, xisobotga ma’lumotlar bazalarini boғlashni boshqaradi. Xisobot fayllari .rav ko’rinishida saqlanadi;

- RaveReports komponentlar Delphi komponentlar palitrasining Rave sahifasida joylashgan. Ular dastur yordamida xisobotlar tayyorlashni ta’minlaydi.

- Xisobotlar generatori \Delphi7\Rave5 papkaga o’rnatiladi, ammo dastur kodi keltirilmagan (*.pas).

- internet hamda intranet serverlar uchun mo’ljallangan IntraWeb komponentlar paketi qo’shildi. U yordamida Web sahifa dasturlari osongina ObjectPascal ko’rinishida tuzilaveradi. Kerakli komponentlar IntraWeb sahifasida joylashgan.

 Delphi yordamida tuzish uchun 2-3 soat ketadigan oddiy loyixalar, o’n va yuzdan ortiq foydalanuvchilar foydalanadigan katta loyixalarni ham  yaratish mumkin. Bularni yaratish uchun juda ozvaqt va oz kuch sarflanadi.

Delphi juda qulay interfeysga ega. Uni ishga tushirganimizda 1.3-rasm ko’rinishidagi oynalar hosil bo’ladi.

Delphi quyidagi asosiy oynalarga bo’linadi: 1-asosiy boshqarish oynasi, 2-ob’yektlar joylashish strukturasi (ObjectTreeView), 3-ob’yekt xususiyatlarini o’zgartirish oynasi (ObjectInrector), 4-dastur ishchi oynasi (forma – yaratilayotgan dastur oynasi), 5-dastur kodini kiritish oynasi.


1.3 - chizma. Delphidasturlash muhitining umumiy ko’rinishi.

 

Asosiy boshqarish oynasida (1) dasto’rni va interfeysni boshqarish uchun asosiy menyular, boshqarish tugmalari va komponetlar paneli joylashgan. Komponetlar paneli sahifalar ko’rinishida bo’lib, ҳar bir komponent mavzusiga mos bo’limda joylashgan (1.3-rasm.).



ObjectTreeView oynasida (2) foydalanilgan komponetlarni dasturda joylashish tartibini ko’rish mumkin.

ObjectInsrector oynasida (3) joriy ob’yektni xusisiyatlari va xodisalarini ko’rish hamda o’zgantirishimiz mumkin.

Yaratilayotgan dastur elementlari dastur formasi(4) ga joylashtiriladi. Foydalanuvchiga qulay bo’lish maqsadida forma kataklarga ajratilgan.

Dastur kodini dasturlash oynasi(5)ga kiritiladi. Bu oynani qulayliklari ko’p, masalan egaki xar bir so’zni turiga mos holda ranga ajratadi. Kursor turgan joyda [CTRL]+[SPACE] tugmalarini bosilsa yoki ob’yekt nomidan so’ng “.” Belgisi bosilsa ishlatish mumkin bo’lgan prostedura va funkstiyalar ro’yxati paydo bo’ladi. Kerakli so’z tanlanib [ENTER] tugmasi bosilsa kursor turgan joyga ushbu so’zni avtomatik yozib beradi. Yana bir qulaylik prostedura yoki funkstiya nomini yozib “(“ belgisi yozilsa kerakli parametrlar xaqidagi ma’lumot paydo bo’ladi.

Tools menyusida interfeysni sozlash bo’limlari va qo’shimcha yordamchi dasturlar joylashgan bo’lib, bajarilayotgan ishni osonlashtiradi. 

Delphi ning qo’llanilish soxasi universal bo’lib, operastion sistema resurslaridan foydalangan holda har qanday loyihani yaratish imkoniyatiga ega.Yuqorida Delphi7 ning versiyasini ko’rib chiqishimiz davomida shunga amin bo’ldikki versiya yangilangan sari uning qo’llanilish sohasi ham ortib borgan. 1.4–rasmda Delphi da yaratilishi hamda qo’llash imkoniyati mavjud bo’lgan loyixa turlari keltirilgan.



 

1.4- chizma. Delphi yaratilishi mumkin bo’lgan loyihalar keltirilgan.


Windows muhitida dastur yaratilishidan oldin siz yangi loyiha yaratishingiz yoki mavjud bulgan loyihangizni ochishingiz kerak. Yangi loyiha yaratishdan oldin ochilgan loyiha va uning formalarini yopishingiz shart. Loyiha va uning formalarini yopish uchun asosiy menyudan (File\Close All) buyrug’ini tanlashingiz kerak. Yangi loyiha yaratish uchun FileYNew Application (File\New\Application) buyrug’ini berishingiz kerak. Loyihangizni xotiraga saqlashingiz uchun ( File\Save_All yoki Shift+Ctrl+S ) buyrug’ini tanlang. Saqlashda muloqot oyna chiqganda ikkita faylni saqlashingiz kerak. Iloji boricha har bir loyihangizni alohida aloxida papkalarda saqlang. Loyiha faylini (Project.dpr) uning kengaytmasi *.DPR (Delphi Project) bo’ladi va *.dfm (Delphi Form) Forma faylini nomini nima berishingizdan qat’iy nazar shunaqa nomli *.pas faylini ham saqlaydi, bu fayl shu formaning dastur matni fayli (modul). Faylni saqlagandan keyin dasturingizni ishga tushirsangiz loyihangiz saqlanayotgan papka ichida mustaqil hech qanday Delphi ga bog’liqmas dastur fayli yaratiladi va loyiha nomi *.exe kengaytmali fayl paydo bo’ladi. Undan tashqari shu papka ichida (*.~pas, *.~dfm ) kengaytmali fayllar ham paydo bo’lishi mumkin. Bu fayllar saqlashdan oldingi fayllar. (*.ddp, *.dcu, *.dof, *.res, *.cfg) kengaytmali fayllar ham paydo bo’ladi.

Delphi ixtiyoriy loyihasi kamida oltita fayl yaratadi. Ulardan uchtasi loyiha tomonidan yaratiladi va dasturchilar ularning tarkibini ko’pincha o’zgartirmaydilar. Ular quyidagilar:

- Loyihaning bosh fayli, dastlab Projectl.dpr deb nomlanadi.



- Dasto’rning dastlabki moduli /unit/, u ishning boshida avtomatik ravishda yaratiladi. Fayl Unitl.pas deb nomlanadi va uning nomini ixtiyoriy nom bilan almashtirish mumkin. Masalan, Main.pas.

- Bosh forma fayli Unitl.dfm deb nomlanadi, u bosh formaning tashqi ko’rinishi haqidagi ma’lumotlarni saqdaydi.

- Projectl.res loyiha uchun belgini saqlaydi.

- Projectl.opt fayli matnli fayl hisoblanib, siz kompilyatorda kullagan o’rnatmalaringizni saqlaydi.

- Projectl.dsk fayli ishchi soha holati haqidagi ma’lumotlarni saqdaydi.

Albatta loyiha nomini o’zgartirilganda RES, OPT va DSK kengaytmali fayllarning nomlari ham o’zgaradi. Dastur kompilyatsiyasidan keyin quyidagi kengaytmali fayllar hosil bo’ladi:

DCU - tayyor modullar.

EXE - ishchi fayl.



DSM - dasto’rning muhitda ishga tushishi uchun xizmat qiluvchi fayl, uning hajmi juda katta va ish yakunlangach uni o’chirish tavsiya qilinadi.

~PA, ~DP - backoup. - muharrirning vaqtinchalik fayllari. Dastur matni faylining tuzilishi Yangi loyiha yaratganingizdan keyin ekranda bo’sh forma hosil bo’ladi - bu esa dasturingizni asosiy formasi hisoblanadi. Dastur matni muhariri oynasida Unit1.pas fayli ochiladi. Modulingiz ichida formangizda nima ishlar bajarilishi saqlanadi. Formangiz Form1 deb nomlanadi. Modulingiz ichida quyidagi dastur matni bo’ladi:

unit Unit 1; interface uses Windows, Messages, SysUtils, Classes, Graphics, Controls, Forms, Dialogs; type TForm1 = class(TForm)

private


{ Private declarations }

Public


{ Public declarations }

end;


var

Form1: TForm1;

implementation {$R *.dfm}

end.


unit Unit1; // Modulingizni nomi Unit1 interface // Modulingizni interfeys qismi (bu erda boshqa modullardan chaqirilishi mumkin bo’lgan qismi). Uses Windows, Messages, SysUtils, Classes, Graphics, Controls, Forms, Dialogs; Modulingizni interfeys qismida standart modullarning bog’lanishi (chaqirilishi) bajariladi.

Undan so’ng formangiz tipi e’lon qilinadi. Loyihangiz yaratilishi vaqtida, Delphi ning sinflari asosida yangi tip e’lon qilinadi va ko’rsatilgan sinfni barcha imkoniyatlarini merosga oladi.

Type

TForm1 = class(TForm)



Private

{ Private declarations }

Public

{ Public declarations }



end;

Formaning barcha modullardan chaqirilishi mumkin bo’lgan qismi public da e’lon qilinadi private da esa chaqirilishi mumkin bo’lmagan qismi elon qilinadi.

var Form1: TForm1; // Bundan keyin TForm1 tipiga tegishli bitta o’zgaruvchi e’lon qilinadi.

Delphi ning barcha komponentalari, vizual komponentalar bibliotekasida saqlanadi Visual Component Library (VCL). Har qanday komponent hatto forma ham, o’ziga mos komponenta nomi oldiga T harfi qo’shiladi. Masalan: Forma, TForm sinfini barcha imkoniyatlarini merosga oladi. Nishon (Metka, Label) komponenti - TLabel sinfini va hokazo.

implementation // Modulingizni asosiy dastur qismi va bu erda barcha modullardan chaqirilishi mumkin bo’lmagan qismi.

Bundan so’ng bitta kompilyator direktivasi mavjud {$R *.dfm}.bunda mos ravishda bu modul bilan ishlaydigan forma ko’rsatilgan. Forma va formada joylashgan barcha komponentalar, Delphi da *.dfm kengaytmali faylda saqlanadi va bu fayllar matn fayli ko’rinishida bo’ladi.





Download 2 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Download 2 Mb.