Buxoro davlat universiteti




Download 2 Mb.
bet10/18
Sana02.06.2021
Hajmi2 Mb.
#14740
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Loyihani boshqarish. Endi loyihalar menedjeri sharxiga o’tsak bo’ladi. Loyihalar Menedjeri ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qism boshqaruvchi tugmalar va undan pastdagi ikkinchi qismda loyiha tarkibiga kiruvchi modullar nomi va ularning diskdagi o’rni ko’rsatilgan.

1.5- chizma. Loyihalar menedjeri.


Siz boshqaruvchi tugmalar yordamida loyihaga yangi fayllarni qo’shishingiz yoki olib tashlashingiz mumkin. Bu o’zgarishlar dastlabki faylga o’zgartirishlar kiritadi, ya’ni loyihaga yangi modul qo’shilsa unga yo’llanma DPR kengaytmali faylda avtomatik holda yoziladi(1.5- chizma).

Menyuning “File” bo’limini yuqoda kurib o’tdik. Quyida menyuning - “Edit”, “Search”, “View” va “Compile” bo’limlarini qisqacha ko’ramiz.

“Edit” menyusi “Undo” va “Redo” buyruqlarini saqlaydi, ular muharrirda ishlayotganda behosdan qilingan xatolardan (masalan, matnnnig kerakli qismi uchirib yuborildi) voz kechishga muljallangan.

“Cut”, “Copy”, “Paste” va “Delete” buyruqdari Windowsning boshqa dasturlaridagi kabi, lekin ularni faqat matnlarga emas, balki, ob’yektlarga ham qo’llash mumkin.

“Bring To Front”, “Send To Back”, “Align” va “Size” ob’yektlarning formada turishi va ularning o’lchamlarini boshqarishga mo’ljallangan.

“Search” menyusida “Find Error” (xatoliklarni qidirish) buyrug’i mavjud bo’lib, u dastur bajarilish vaqtidagi xatoliklarni topishga mo’ljallangan. Xatolik haqidagi xabarda chiqarilgan raqamni “Find Error” muloqot oyasiga kiritilsa va muhit dasturdagi xatolik sodir bulgan qismni kursatadi.

“View” menyusining tarkibi quyidagicha:

- Project Manager (Loyiha Menedjeri).

- Project Source -muxarrirga loyihaning bosh fayli (DPR) ni yuklaydi.

- Ekranda Object Inspector oynasini ko’rsatish yoki yo’qligini bildiruvchi

o’rnatma.

- Ekranda Alignment Palette kursatish kerak yoki yukdigini bildiruvchi

o’rnatma.

- Browser - dasturdagi obektlar ierarxiyasini namoyish qiluvchi vositani

chaqirish.



- Watch, Breakpoint va Call Stack - dasto’rni boshqarish bilan bog’lik va ularga

keyinroq to’xtalamiz.

- Component List - Komponentlar to’plami. Komponentlarni nomi bo’yicha qidirishda yoki sichqoncha yo’qligida qo’llaniladi.

- Window List - Delphi muhitida ochilgan oynalar ruyxati.

- Toggle Form/Unit, Units, Forms - forma va moe modullar

orasida utish, forma va modullar ruyxatdan tanlanadi.

- New Edit Window - muxarrirning kushimcha oynasini ochadi. Bu ko’pincha bir faylning ikki nushasini bilan ishlaganda qo’laniladi yaratadi.

- SpeedBar i Component Palette -ekranda namoyish qilish o’rnatmalari.

Menyuning “Compile” bo’limida loyihani ishga tayyorlash (compile) yoki qayta ishlash (build) mumkin. Agar Compile yoki Run tanlansa, Delphi faqat oxirgi kompilyastiyadan keyin o’zgartirilgan modullarni tayyorlaydi. Build all esa, loyiha tarkibidagi hamma modullar va dastur matnlarini tayyorlaydi. Syntax Check buyrugi esa, faqat dastur matni buyruqlari to’g’ri yozilganligini tekshiradi.

Eng pastki - Information buyrug’i dastur haqidagi umumiy ma’lumotlarni chikdradi.

“Run” bo’limidan dasto’rni ishga tayyorlash va dastur uchuy buyruq satri parametrlarini berish maksadida foydalanish mumkin.

“Options” tizim menyusining ancha murakkab qismidir. Siz bu erdan loyiha va Delphining butun ishchi muhit uchun o’rnatmalarni o’zgartirishingiz mumkin. “Options”HHHr etti buyrugi mavjud: Project - Environment - Tools - Gallery - Open Library - Install Components - Rebuild Library .



Dastlabki to’rt buyruq muloqot oynalarini chaqiradi. quyida menyuning “Options” bo’limiga qisqacha sharh keltirib o’tilgan:

Project-joriy loyihaga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qiluvchi parametrlarni o’rnatish.

Environment - dasturlash muhitining tuzilishini boshqarish (IDE). Masalan, bu erda muharrirda ishlatiladigan ranglarni o’zgartirish mumkin.

Tools - bosh menyuning Tools bo’limidagi tashki dasturlarni yuklash va ulardan voz kechish. Masalan, siz biror moduldan ko’p foydalansangiz, uni ro’yhatga qo’shib qo’yish mumkin.



Gallery-Forma va loyihalar eksperti uchuy spestifik o’rnatmalarni qo’llaydi. Oxirgi uchta buyruq; komponentlar to’plamini tuzishga yordam beradi.

Options | Project muloqot oynasi beshta asosiy sahifadan iborat:

Forms sahifasida loyihada ishlatiladigan barcha formalar keltirilgan;

Application sahifasida siz dastur uchuy kerak bo’ladigan sarlavha, yordam

fayli va belgilarni aniqlashingiz mumkin.

Compiler sahifasi dastur matnidagi xatoliklar, dastur bajarilish vakti atoliklari, uni tayyorlash kabi vazifalar bilan shugullanadi.

Linker sahifasida dasto’rni boglash sharoitlarini aniklash mumkin.



Download 2 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Download 2 Mb.