Form, Forma va uning xususiyatlari va holatlari




Download 2 Mb.
bet11/18
Sana02.06.2021
Hajmi2 Mb.
#14740
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Form, Forma va uning xususiyatlari va holatlari (komponent konteyner) Forma Delphi ning asosiy komponenti xisoblanadi va bunda loyihangizdagi barcha bajarilishi kerak bulgan loyihalashtirish va dasturingizni bajarilishi kerak bulgan ishlari bajariladi. Delphida tuziladigan dasturlar biror forma asosida qilinadi. Delphi da har bir yangi hosil qilingan formaga unga mos bo’lgan modul avtomatik tashkil qilinib tuziladi.

Bu esa dasturchi uchun juda qulay imkoniyat, ya’ni uning ishini tezlashtirishga yordam beradi. Bu formaning shaklini tanlash, unda kompanentalarni joylashtirish bizning ixtiyorimizda bo’ladi. Formaga biror kompanentani qo’ymoqchi bo’lsak, shu kompanentaning ustida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosiladi va komponenta formaning urtasiga joylashadi yoki komponent ustida sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosib va formani ixtiyoriy joyida sichqonchaning chap tugmasini

bosib komponentni joylashtirish mumkin. Biz uni xohlagan joyimizga surib kuchirishimiz mumkin.

Form, Forma komponentining holatlari.

OnActivate- Forma oynasi faol (aktiv) bo’lish jarayonida.



OnDeActivate- Forma oynasi faolligini (aktivligini) yukrtganda.

OnClose- Forma oynasi yopilayotganda



OnCloseQuery- Forma oynasi yopilguncha bajariladi. Forma oynasini yopilishi uchun surov yuboriladi, shuning uchun bu holatdan forma oynasi yopilishini tasdiklash mumkin.

OnCreate- Forma yaratilayotganda



OnCloseQuery- Forma oynasi yopilguncha bajariladi. Forma oynasini yopilishi uchun surov yuboriladi, shuning uchun bu holatdan forma oynasi yopilishini tasdiklash mumkin.

OnCreate- Forma yaratilayotganda

OnDestroy- Forma oynasi (unichtojaetsya) yukrtilayotganda

OnHide- Forma oynasi ko’rinmas holatiga utayotganda (formaning Visible xususiyat false bulganda)

OnShow- Forma oynasi ko’rinadigan holatiga utayotganda (formaning Visible xususiyat true bulganda)

OnClick- Forma oynasida sichqoncha bir marta bosilganda

OnDblClick- Forma oynasida sichqoncha ikki marta tez bosilganda

OnKeyDown- Klaviatura tugmasi bosilganda, bajariladigan holat

OnMouseMove- Sichqoncha tugmasi bu komponenta ustida xarakatlanayotganda bajariladigan holat.

Ko’proq foydalaniladigan Komponentlar Standart bo’limida joylashadi. (1.6-chizma). Formaga Komponentni o’rnatish uchun, komponentlar palitrasidan kerakli komponentni tanlab, uning piktogrammasi ustida sichqonchaning chap tugmasini 2 marta bosish kerak. Shundan sung komponentni xohlagan joyga joylashtirib, uning burchaklaridan sichqoncha tugmasi yordamida o’lchamlarini o’zgartiramiz. Natijada formada komponent standart o’lchamda hosil bo’ladi.


1.6- chizma. Standart bo’limida


Standart bo’limi o’z ichiga tez-tez foydalaniladigan komponentlarni oladi. Komponent o’lchamlarini uni formaga o’rnatish jarayonida berish mumkin. Bu uchun komponentni palitradan ajratib olgach, komponentning chap yuqori burchagi formaning qaysi nuqtasida joylashishi lozim bo’lsa, sichqoncha belgisini o’sha joyga ko’chirib, sichqonchaning chap tugmasi bosiladi, uni bosib turgan holatda kursorni komponentning quyi o’ng nuqtasi formaning kayerida joylashishi kerak bo’lsa o’sha joyga ko’chirib, keyin tugma qo’yib yuboriladi. Formada kerakli o’lchamdagi komponent hosil bo’ladi.

De lphi dagi har bir komponent nomlanishiga va tartib raqamiga ega. Masalan, formaga 2 ta Edit komponentini urnatsak, ular Edit1 va Edit2 kabi nomlanadi. Dasturchi Name xususiyati qiymatini o’zgartirish yo’li bilan komponent nomini o’zgartiradi. Oddiy dasturlarda komponent nomi odatda o’zgartirilmaydi.

Har bir komponent ustida 3 xil amal bajarish mumkin, ya’ni uni xususiyatini o’zgartirish mumkin, u ustida qandaydir hodisa bajarish mumkin va u ustida qandaydir usul qo’llash mumkin.

Delphi da biror komponentga biror amalni boglamokchi bo’lsak Delphi o’zi shu komponent nomiga tanlangan hodisa nomini birlashtirib qism dastur (prostedura) qilib beradi. Yaratilgan qism dasturga bajariladigan amallar ketma-ketligini kiritamiz. Quyida misolning qism dasturi keltirilgan.

procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);

begin


Edit3.Text:=inttostr(strtoint(Edit1.Text)+

strtoint(Edit2.Text)) ;

end;

Edit komponentiga ma’lumotlar satr kurinishda saqlanadi.




Download 2 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Download 2 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Form, Forma va uning xususiyatlari va holatlari

Download 2 Mb.