Hotiraga mo’ljallangan topshiriqlar




Download 0.51 Mb.
bet10/38
Sana13.06.2021
Hajmi0.51 Mb.
#14990
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38
1. Hotiraga mo’ljallangan topshiriqlarni ta’limga tatbiq etishda o’quvchilarning u yoki bu mavzu doirasidagi tayyorgarligi hisobga olinadi.

Misollar keltiramiz:

1-topshiriq: Sonlar qatorida 1 va 3 sonlari orasidagi hamda 3 va 5 sonlari orasidagi sonlarni ayting.

2-topshiriq: Bir o’quvchida 3 ta daftar, ikkinchisida undan 1 ta ortiq daftar bor. Ikkinchi o’quvchida nechta daftar bor?

Birinchi topshiriq 10 ichida raqamlash mavzusiga oid bo’lib, o’quvchi 1 va 3 sonlari orasida joylashgan natural son 2 ni hamda 3 va 5 sonlari orasidagi natural son 4 ni topib aytadi.

Ikkinchi topshiriq 10 ichida qo’shish va ayirish amallarini bajarishga doir bo’lib, o’quvchilar masalani 3Q1q4 (daftar) deb yechimini ko’rsatishadi. Ҳar ikkala holatda ham o’quvchi oldingi bilimlarni, ya’ni 1 dan keyin keluvchi son 2, shuningdek, 3Q1q4 ekanligini esga tushirib faoliyat ko’rsatadi. Bunday tajribaga o’quvchi ko’p duch kelgan. U o’z faoliyatida oldin uchragan tajribani takrorlab, o’z tasavvurlarini esga tushirib faoliyatni amalga oshiradi. Oldingi tajriba, oldin hosil qilingan tasavvur (bilim)larni esga tushirib bajariladigan topshiriqlarni hotiraga mo’ljallangan o’quv topshiriqlari deb tushunamiz.

O’quvchilar hotirasiga mo’ljallangan o’quv topshiriqlarining psihologik asosini hotira hodisalari – o’rganilgan bilimlarni esga tushirish, bilim va faoliyat usulini hotirada tiklab, aytilgan o’quv holatiga tatbiq etish, tatbiq etilayotgan bilim va faoliyat usullarini yanada aniqlashtirish tashkil etadi. Qayta hotiralashga oid mustaqil ishlarni bajarishda, asosan, o’quvchining hotirasi ishlaydi.

Mashq - u yoki bu mavzu doirasida bilim, faoliyat usullarini bir hil o’quv sharotida bajarishga oid o’quv topshirig’idir. Mashq qilish jarayonida bilimlar esga tushiriladi; esga tushirilgan bilim, faoliyat usuli aytilgan (berilgan) o’quv holatiga tatbiq qilinadi; mashq qilish natijasida sub’ekt (shahs) faoliyati takomillashtiriladi. Bu hodisani nazarda tutib, ayrim mutahassislar «mashq qilinadi» iborasini ishlatishadi. O’quv topshirig’i bajariladi, mashq qilinadi.

O’quv topshirig’ini bajarish yo’li bilan o’quvchi masala yechimini topsa, mashq qilish yo’li bilan o’z bilimi, faoliyat usullarini takomillashtiradi. Matematika darslarida qo’llaniladigan mashqlarni ikki guruhga ajratib o’rganamiz: Trenirovka qilishga oid mashqlar, ijodiy mashqlar.

Trenirovka - bu bir hil bilim, faoliyat usulini bir hil sharoitda takrorlash demakdir. Uning mohiyati hatti-harakatlarni oddiy takrorlash bo’lib, uning vositasida faoliyatning u yoki bu sifati yanada takomillashtiriladi.

3-topshiriq: Olti sonidan keyin keluvchi sonni ayting.

4-topshiriq: Etti sonidan keyin keluvchi son ifodalangan raqam kartochkasini ko’rsating.

5-topshiriq: Sakkiz soni qanday sondan keyin keladi? Shu son ifodalangan raqamli kartochkani ko’rsating.

Trenirovka paytida uch narsa takrorlanadi. 10 ichidagi sonlar qatorida berilgan sondan keyin keluvchi sonni topib, uni aytish; sonlar qatorida berilgan son (7) dan keyin keluvchi son (8)ni to’g’ri topish va uni raqamli kartochkada ko’rsata bilish; berilgan son (8) qanday son (7)dan keyin kelganini aniqlash va kartochkada ko’rsata bilish. Ayniqsa, matematika darslarida og’zaki hisob mashqlarini o’tkazish trenirovka (ko’nikmalarni malaka darajasiga ko’tarishga mo’ljallangan) mashqlari vazifasini bajaradi. Aytilgan sharoitda bilimni takrorlab faoliyatni amalga oshirish ko’nikmalarning takomillashib, malakaga aylanishiga olib keladi. Shunday qilib, trenirovka topshiriq (o’z–o’ziga topshiriq) asosida o’tkaziladi.





Download 0.51 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38




Download 0.51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hotiraga mo’ljallangan topshiriqlar

Download 0.51 Mb.