Ta’lim-tarbiya sharoitida qo’llanadigan topshiriqlar




Download 0.51 Mb.
bet9/38
Sana13.06.2021
Hajmi0.51 Mb.
#14990
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
3. Ta’lim-tarbiya sharoitida qo’llanadigan topshiriqlar. Barcha o’quv predmetlari vakillari bunday topshiriqlarni ta’limga tatbiq qilib, ta’limdan ko’zlangan maqsadlarni amalga oshirishadi. O’qitish va o’rganish jarayonlariga tatbiq qilib, o’quvchilarning bilimi, ko’nikmasi, malakasi, ijodiy faoliyat tajribasi, tabiat, jamiyat, ong hodisalariga munosabatini shakllantirib, inson shahsini rivojlantirishga yo’nalgan topshiriqlarni «o’quv topshirig’i» deb tushunamiz.

«O’quv topshirig’i» atamasi psihologiya, didaktika va matematika fanlari sohasida qo’llanadigan umumiy, mazmundor, ko’p qirrali kategoriyadir. Undan ta’limning barcha bo’g’inlarida (maktabgacha ta’lim, boshlang’ich ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, kollej va h.k.), o’zlashtirishning barcha bosqichlarida (o’quv materialini o’rgatish va mustahkamlash, takrorlash va malaka hosil qilish, bilim va malakalarni umumlashtirish, ta’lim natijalarini nazorat qilish va h.k.) foydaniladi. O’quv topshiriqlarining nimaga (o’rganilgan bilimlar va tafakkurga) mo’ljallanganligini inobatga olib, ularni ikkita guruhga ajratib o’rganamiz: qayta esga tushirish (hotira)ga mo’ljallangan va ijod qilish (tafakkur)ga oid topshiriqlar.





Download 0.51 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Download 0.51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim-tarbiya sharoitida qo’llanadigan topshiriqlar

Download 0.51 Mb.