• Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi




    Download 0.51 Mb.
    bet5/38
    Sana13.06.2021
    Hajmi0.51 Mb.
    #14990
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
    Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Boshlang’ich sinflar uchun matematikadan kompyuterli ijodiy topshiriqlar tizimini yaratish va undan foydalanish metodikasini ishlab chiqish.

    Tadqiqotning ilmiy farazi: Boshlang’ich sinflarda matematikadan kompyuterli ijodiy topshiriqlardan foydalanib, mashg’ulotlar o’tilsa, o’quvchilarning o’zlashtirish samaradorligi oshadi, matematika faniga bo’lgan qiziqishi ortadi.

    Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi: Boshlang’ich matematika kursi asoslari fanining fundamenti asoslariga A.M.Pishkalo, V.Monoxov, Y.M.Kolyagin, L.P.Stoylova, N.Ya.Vilenkin, I.K.Andronov, N.G’aybullayev, M.Tajiyev, J.Ikromov, N.Hamidova, B.S.Abdullayeva; boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi faniga N.B.Istomina, A.M.Pishkalo, M.I.Moro, M.Bantova, L.Sh.Levenberg, M.Y.Jumayev, R.Ibrohimov, A.Sodiqova, Z.Tadjiyeva, Sh.Rayhonov, N.Bikbayeva, M.Zayniddinova, O.Xalillayev, A.Nurmetov kabi olimlar salmoqli hissa qo’shgan. Umumta’lim maktablarida o’qitiladigan o’quv predmetlari bo’yicha ta’limni kompyuterlashtirish muammosi keng o’rganilmagan. Xususiy metodika yo’nalishdagi izlanishlarda V.V.Anisimov, E.V.Ashkunidze, B.B.Besedin, M.Voxidov, A.A.Volodin, O.I.Juravleva, N.A.Kim, L.S.Nurakova, A.V.Yakubov va boshqalar matematikani; O.N.Basina, V.V.Trishin, B.B.Qodirov, V.P.Kaseva, A.Y.Kolyagin, A.S.Lesnevskiy, respublikamiz olimlaridan A.A.Qodirov, T.R.Azlarov, A.Bahromov, M.Ziyoxo’jayev, F.Zokirova, G.Yunusova, V.Qobulov, A.Hayitov kabi qator tadqiqotchilar o’z yo’nalishlarida ta’limni kompyuterlashtirishning turli muammolarini o’rganganlar. Bugungi kunda boshlang’ich ta’limda o’quv darslari uchun multimediyali dasturlar ishlab chiqilgan. Jumladan 1- va 2- sinflar matematikadan ayrim mavzular yuzasidan multimediyali o’quv qo’llanma va vositalar tizimi O’zbekistonlik olimlar B.S.Abdullayeva, M.Toshpo’latovalar tomonidan yaratilgan.

    Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishni takomillashtirish yuzasidan tadqiqot ishlarida olimlar boshlang’ich sinflarda matematikani tabaqalashtirgan holda o’qitish (N.U.Bikbayeva), boshlang’ich sinflarda matematik masalalarni yechishda grafik tasvirlardan foydalanish usullari (L.Sh.Levenberg), kichik yoshdagi o’quvchilarning 4-5-sinflarda matematika bo’yicha mantiqiy tayyorgarligi (T.Kamolova), boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematika darslarida o’quv faoliyatini faollashtirish muammolari (SH.R.Rayhonov), boshlang’ich sinflarda o’quvchilarda uzunlik va yuza kabi miqdorlar to’g’risidagi tushunchalarni shakllantirish maslalari (M.Salixova), kichik maktab yoshidagi bolalarda miqdoriy, statistik bilim elementlarini shakllantirish (N.Xoliqova), og’zaki matematik mashqlar sistemasi yordamida boshlang’ich sinf o’quvchilarning hisoblash malakalarini shakllantirish (M.Zayniddinova), boshlang’ich maktab o’quvchilarida bilish faoliyatini shakllantirishning didaktik asoslari (R.Ibragimov), boshlang’ich sinf matematika darslarida ijodiy topshiriqlar tizimi (F.Qosimov) kabi mavzularda tadqiqot ishlarini olib borgan.





    Download 0.51 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




    Download 0.51 Mb.