• 3-bob yuzasidan xulosalar…………………………………………………...… 74 XULOSA………………………………………………………………………... 75 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………. 76
  • ILOVALAR…………………………………………………………………….. 82 KIRISH Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi
  • -bob yuzasidan xulosalar……………………………………………………... 60




    Download 0.51 Mb.
    bet3/38
    Sana13.06.2021
    Hajmi0.51 Mb.
    #14990
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
    2-bob yuzasidan xulosalar……………………………………………………... 60
    III BOB. BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA TA’LIMIDA KOMPYUTERLI IJODIY TOPSHIRIQLARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI............................................................................................. 62
    3.1. Tajriba sinov ishlarini tashkil qilish................................................................ 62
    3.2. Tajriba sinov natijasi……………………………………………………...… 63
    3-bob yuzasidan xulosalar…………………………………………………...… 74
    XULOSA………………………………………………………………………... 75
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………. 76
    ILOVALAR…………………………………………………………………….. 82

    KIRISH
    Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi: Vatanimiz mustaqillikka erishgach, hayotimizning barcha jabhalarida bo’lganidek, xalq ta’limi sohasida ham ulkan vazifalar belgilandi: davr talabiga mos ta’lim tizimini asoslash, ta’limning yangi konsepsiyasi, dastur, darsliklarini yaratish, maktablarning moddiy bazasini yaxshilash, xalqaro me’yoriy talablarga javob beradigan binolar qurib, ishga tushirish; ta’lim jarayoniga yangi pedagogik g’oyalarni olib kirish, ta’limga texnologik yondashish yo’li bilan ta’lim tarbiya ishlarining samaradorligini oshirish; ta’lim jarayoniga amal qiladigan teskari aloqani butunlay yangilash; o’quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy texnikani olib kirish, ta’limni kompyuterlashtirish va hokazo.

    Keng qamrovli bu vazifalar jamiyatni iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy, huquqiy, ma’naviy rivojlantirish bilan uzviy bog’liq bo’lib, ularning markazida inson omili yotadi. Zotan, mamlakatning bundan keyingi taraqqiyoti, obodligi, to’kin-sochinligi, qolaversa, davlatimizning uzluksiz rivojlanishi ham ko’p jihatdan yoshlarni qanday tarbiyalab, ta’lim berishimizga bog’liq.

    Yoshlarda mustaqil fikrlash layoqatini o’stirish ularni hur va ozod vatanning erkin fuqarolari qilib tarbiyalash ko’p jihatdan o’quvchilar nazariy va amaliy tayyorgarligining sifatini yaxshilashga, buning uchun esa ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarni tadbiq qilish hamda ta’limni kompyuterlashtirishga bog’liq. Bu muammoning o’ta muhimligini uqtirib I.A.Karimov bunday deb yozgan edi: “Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma’naviy barkamollik bilan, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovat va ruhiy-ma’naviy salohiyat-ma’rifatli insonning ikki qanotidir”1.

    Prezidentimizning asarlari, “Ta’lim to’g’risida” gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o’quv-tarbiya jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni olib kirish, axborot texnologiyalardan keng foydalanish ta’limni kompyuterlashtirish uchun g’oyaviy, iqtisodiy, qonuniy shart sharoitlar yaratildi.

    Hozirgi paytda ta’limga axborot texnologiyalarini jadal tadbiq etish, ta’lim jarayonini kompyuterlashtirish yetakchi pedagogik-metodik g’oyaga aylangan. Darhaqiqat, 2002-yil 30-mayda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida”gi Farmoni, ushbu farmonni amalga oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-iyundagi “2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi” to’g’risidagi qarori2 fikrimiz dalilidir.

    Bugungi kunda ta’lim jarayonida axborot texnologiyalardan foydalanishning masalasi ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o’z o’rnini topmoqda. Boshlang’ich ta’limda ham kompyuter topshiriqlarni qo’llash o’quvchi mantiqiy tafakkuri rivojiga muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Boshlang’ich ta’lim va uning rivoji xususida Prezidentimiz I.A.Karimov Oliy Majlisning IX sessiyasida “Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” nomli so’zlagan nutqlarida batafsil to’xtalib tadqiqotchilar oldiga qator muammolarni qo’ydilar. Bular jumlasiga:

    - boshlang’ich sinflar mohiyati (“Zamonaviy boshlang’ich ta’limining o’zi nimadan iborat bo’lishi kerak”);

    - boshlang’ich sinf o’quvchilarining real o’quv imkoniyatlari (“Norasida bolaning miyasi ongi nimani o’ziga singdira oladi”);

    - shaxs kamolotida mustaqil fikrlashning o’rni (”Bolalar qaysi sinfdan boshlab mustaqil fikr yurita boshlaydi”);

    - ta’lim subyektlari – o’qitish va o’qish faoliyatining o’zaro munosabati (”O’qituvchi va o’quvchi munosabatida ongli intizom”);

    - bolalarni mustaqil fikrlashga maxsus o’rgatish lozimligi (”O’qituvchining bosh vazifasi o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat...”).

    Prezidentimiz o’quvchilarning mustaqil fikr yuritishiga alohida to’xtalib quyidagi fikrni bildirdilar: ”Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan qilib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa, berilgan ta’limning samarasi past bo’lishi muqarrar. Albatta bilim kerak. Ammo bilim o’z yo’liga mustaqil fikrlash ham katta boylikdir”3.

    O’quvchida mustaqil fikrlashga, ijodkorlik ruhida tarbiyalashda ijodiy mazmundagi o’quv topshiriqlari muhim ahamiyat kasb etadi. Kuzatish va tajribalar shuni ko’rsatadiki boshlang’ich sinf o’quvchilari matematikadan ijodiy mazmundagi o’quv topshiriqlarini bajarishda qiynalishmoqda. Bunday o’quv topshiriqlarini bajarishda kompyuterdan unumli foydalanib, matematika ta’limida kompyuterli ijodiy topshiriqlardan foydalanishni taqozo qilmoqda. Shu nuqtai nazardan tanlangan mavzu dolzarbdir.

    Qator tadqiqotlarda ta’limni kompyuterlashtirishning pedagogik, psixologik va metodik muammolari yoritilgan. Bular qatoriga N.F.Talizina, A.A.Matyushkin, Y.A.Ponomaryov, B.S.Gershunskiy, V.G.Jitomerskiy, A.A.Kuznetsov, V.M.Manaxov, V.V.Anisimov, M.Vohidov, A.A.Volodin, O.I.Juravlyova, A.V.Yakubov, V.V.Grishkun, B.B.Qodirov, G.Yunusova, A.A.Abduqodirov, A.G’.Hayitov, F.Zokirova, T.Azlarov, A.Bahromov, M.Ziyoxo’jayev, Z.Sharipova, M.Oripov, U.Yuldashev, V.Qobulov kabi olimlarni tadqiqotlarini keltirish mumkin.

    Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishni takomillashtirish muammosi yuzasidan A.M.Pishkalo, M.I.Moro, L.P.Stoylova, N.F.Istomina, B.S.Abdullayeva, M.E.Jumayev, Z.Tadjiyeva, M.Zayniddinova, R.Ibragimov, J.Ikromov, A.Sadikova, Sh. Rayhonov, M.Toshpo’latova kabi olimlar izlanish olib borishgan. Ammo shuni ta’kidlash joizki, boshlang’ich sinf matematika ta’limida kompyuterli ijodiy topshiriqlar tizimini yaratish alohida dissertatsion tadqiqot sifatida o’rganilmagan.



    Download 0.51 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




    Download 0.51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob yuzasidan xulosalar……………………………………………………... 60

    Download 0.51 Mb.