Buxoro davlat universiteti




Download 0.51 Mb.
bet11/38
Sana13.06.2021
Hajmi0.51 Mb.
#14990
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Test topshirig’i - «test» (inglizcha-test-sinash, tekshirish, tadqiq qilish, o’rganish ma’nolarini bildiradi). Psihologiya va didaktikada «standartlashtirilgan topshiriq» ma’nosini anglatib, tekshirish natijasiga qarab, o’quvchilarning tayyorgarligini baholashni bildiradi. Test – bu o’quvchilarning bilimi, ko’nikma va malakasi, ijodiy faoliyat tajribasi, o’quvchida shakllangan munosabatlarni tekshirish vositasidir. Test berilgan ikki yoki undan ortiq yechimlardan to’g’risini tanlashga oid o’quv topshirig’i bo’lib, uning vositasida o’quvchilarning o’zlashtirishi baholanadi. Testga misollar keltiramiz.

6-topshiriq: Katakcha o’rniga shunday sonni yozingki, to’g’ri javob hosil bo’lsin. 5<…

a) 5 b) 6 s) 4

7-topshiriq: Turli raqamlardan tuzilgan eng kichik olti honali sonni toping:

A) 195432 b) 124673 s) 102345 d) 123456

O’quvchilar hotirasiga mo’ljallangan mustaqil ishlar ham ko’nikma, malakalarni rivojlantirish omilidir. Ular ham o’quv topshiriqlari vositasida tashkil etiladi. Mustaqil ish to’g’risida quyidagicha bilimlarni qayd etamiz: mustaqil ish ham o’quv topshirig’i asosida o’tkaziladi; mustaqil ishni bajarish talabini o’qituvchi qo’yadi; o’quvchilar o’qituvchi talabiga javob qaytarish uchun o’z faoliyatlarini tashkil etib, boshqarishadi; erishilgan natija o’quvchining shahsiy–induvidual hatti-harakati mahsuli sifatida hosil bo’ladi va faoliyatda saqlanadi.

O’quvchilar hotirasiga mo’ljallab tashkil etiladigan mustaqil ishlarga o’quvchi faoliyatining erkinligi topshiriqni (o’qituvchidan) qabul qilish va uni bajarish (echim) bilan bog’langan. B.P.Esipov mustaqil ishlarga ta’rif berganda ularning shu hususiyatini hisobga olgan: «Mustaqil ish – bu shunday o’quv topshirig’iki, u o’qituvchining bevosita ishtirokisiz, ammo uning ko’rsatmalariga ko’ra mahsus ajratilgan vaqtda bajariladi. Shu bilan birga, o’quvchilar topshiriqqa qo’yilgan maqsadga ongli erishish uchun o’zlarining amaliy va aqliy intilishlarini mustaqil amalga oshirishadi».

B.P.Esipovning mustaqil ishlarni tashkil etish metodikasiga oid qarashlari hozirgi payt maktab amaliyotida to’liq o’z aksini topgan. Mustaqil ishlar uchun alohida vaqt ajratish, ulardan dars jarayonining barcha bosqichlarida foydalanish, ta’lim jarayonida ularning borishini ajratib ko’rsatish uchun belgi (masalan, daftarlarga «mustaqil ish» deb yozdirish) qo’ydirish, har bir mustaqil ish natijasini sinfda muhokama qilish. Bular pedagogik amaliyotning ajralmas qismiga, mustaqil ishlarni o’tkazishning algoritmiga aylangan.





Download 0.51 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Download 0.51 Mb.