V. Masalalarni turli usullarda yechishga doir topshiriqlar




Download 0.51 Mb.
bet19/38
Sana13.06.2021
Hajmi0.51 Mb.
#14990
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38
V. Masalalarni turli usullarda yechishga doir topshiriqlar.

Masalani turli usullarda yechish bilan o’quvchilarni 1-sinfdan ikki amalli masalalarni o’rganish jarayonidan boshlab tanishtirib borish mumkin. Bu, asosan, songa sonlarni bo’laklab qo’shish (masalan, 16+3=16+2+1), sondan sonlarni bo’laklab ayirish (masalan, 16-3=16-2-1), songa yig’indini qo’shish va yig’indiga sonni qo’shish qoida va xossalariga asoslangan holda masala mazmunidan kelib chiqib o’rganila boshlanadi.

Echilgan masalaning to’g’riligini aniqlash uchun masalani boshqa usulda yechish amalda ko’proq uchratiladi. Bu masala yechimini tekshirishning bitta yo’li. Ammo o’quvchilarni masalani turli usullarda yechishga o’rgatish o’quvchida mustaqil fikrlash, ijodiy faoliyatni rivojlantiradi.

Quyida turli usullar bilan yechish mumkin bo’lgan ayrim topshiriqlarni ko’rib chiqamiz.

1-topshiriq: Sobirning 5 ta ertak kitobi bor edi. Uning tug’ilgan kuniga oyisi 2 ta va opasi 1 ta ertak kitob sovg’a qilishdi. Sobirning ertak kitoblari nechta bo’ldi?

Ushbu masala ikki amalli masala bo’lib, u 1-sinf o’quvchilari tomonidan 5+2+1=8 (ta) deb yechilishi tabiiy hol. Chunki o’quvchilar ikki amalli masalalar bilan tanishayotgan davrda ularning 10 ichida sonlarni qo’shish va ayirishga doir hisoblash ko’nikmalari yaxshi shakllangan bo’ladi. O’quvchilarga bu masalani «Boshqa usullarda yeching!» deb topshiriq berilsa, o’quvchilar o’ylanib qolishadi. Chunki ularda masalani boshqa usulda yechish malakasi hali shakllanmagan bo’ladi. Shunda o’qituvchi o’quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilishi mumkin:

– Sobirning nechta ertak kitobi bor ekan? (5 ta)

– Unga yana kimlar kitob sovg’a qilishibdi? (Oyisi va opasi)

– Opasi nechta kitob sovg’a qilibdi? (1 ta). Oyisichi? (2 ta)

– Sobirning o’zining kitoblari (5 ta), opasi sovg’a qilgan kitoblar (1 ta), oyisi sovg’a qilgan kitoblar (2 ta), hammasi nechta bo’lar ekan? Uni qanday yozamiz? (5+1+2=8 (ta))

Demak, masalani biz 2-usulda yechdik, ya’ni Sobirdagi kitoblar soniga avval opasi bergan kitoblar sonini, so’ngra oyisi bergan kitoblar sonini qo’shib, Sobirdagi barcha ertak kitoblar sonini topdik.

– O’ylangchi, masalani yana boshqa usul bilan yechish mumkinmi? O’quvchilar ichidan masalani 3-usulda yecha oladigan o’quvchi topilishi ehtimoldan xoli emas. Bu 3-usul yechimi bo’yicha o’quvchi taxminan quyidagicha mushohada qilishi mumkin: Sobirga oyisi 2 ta, opasi 1 ta ertak kitob sovg’a qilishgani sababli, unga (2+1) ta kitob sovg’a qilindi. Sobirning o’zida 5 ta kitob bor. Demak, Sobirning kitoblari 5+(2+1)=5+3=8 (ta) bo’ldi.

Albatta, bu masalani uch usulda bajarilishi songa yig’indini qo’shishning 3 holiga asoslangan bo’ladi. Ammo bu qoida aytilmay masalani yuqoridagidek muhokama qilib bajarish orqali o’quvchilarda masalani turli usullarda yechish malakasi shakllanadi.

2-topshiriq: (3-sinf matematika darsligining 73-betidagi 390-masala) Ishchi 20 ta detalni tayyorlash uchun 5 minut sarfladi. Agar u bir minutda bittadan ortiq detal tayyorlasa, 40 minutda nechta detal tayyorlaydi?

Ushbu masalaning qisqa shartini jadvalda berish maqsadga muvofiq.




1 minutda

Sarflangan vaqt

Detallar soni

Tayyorlashi kerak

?

5 minut

20

Tayyorladi

?, 1 ta ortiq

40 minut

?

Jadvalga qarab masalaning turli yechim usullarini keltirish mumkin.

1-usul: (Birin-ketin amal bajarib, har bir amal natijasini izohlab, yechimini keltiramiz)

1) 20:5=4 (ta detal) – 1 minutda tayyorlashi kerak.

2) 4+1=5 (ta detal) – 1 minutda tayyorladi.

3) 5∙40=200 (ta detal) – 40 minutda tayyorladi.



2-usul: (Savol qo’yib masala yechimini keltiramiz)

1) Ishchi 5 minutda nechta ortiq detal tayyorladi?

1∙5=5 ta detal.

2) Ishchi 5 minutda nechta detal tayyorladi?

20+5=25 ta detal.

3) 40 minut ichida 5 minutdan necha marta bor?

40:5=8 marta.

4) Ishchi 40 minut ichida nechta detal tayyorladi?

25∙8=200 ta detal.

3-usul: (Savol qo’yib masala yechimini keltiramiz)

1) 40 minut ichida 5 minutdan necha marta bor?

40:5=8 marta.

2) Ishchi avvalgidek ishlaganida 40 minutda nechta detal tayyorlagan bo’lar edi?

20∙8=160 ta detal.

3) Ishchi 1 minutda 1 ta ortiq detal tayyorlasa, 40 minutda nechta ortiq detal tayyorlagan bo’ladi?

1∙40=40 ta detal.

4) Ishchi 40 minut ichida nechta detal tayyorladi?

160+40=200 ta detal.

Albatta, bu uch usuldan 1-usulda masala yechimi ratsionalroq bo’ladi, ammo ikkinchi, uchinchi usullarda yechim yo’liga o’quvchilarni jalb qilish, ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, ijodiy faoliyatini oshirishga xizmat qiladi.

Ko’pgina geometrik shakl yuzalarini hisoblashga doir topshiriqlarni bajarishda turli yechim usullarida yechishni o’quvchilardan talab qilish orqali o’quvchilarning topqirligi, mantiqiy fikrlashi ortadi, zehni o’tkir bo’ladi.



Download 0.51 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38




Download 0.51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



V. Masalalarni turli usullarda yechishga doir topshiriqlar

Download 0.51 Mb.